O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abdurahimova Farida

    Toshkent shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Abdurahimova Farida Yo‘ldoshevna nafaqat zukko rahbar, ayollar masalalari bo‘yicha yetuk mutaxassis, mohir tashkilotchi, balki yoshlar tarbiyasi, qizlar odob-axloqi, oilalar mustahkamligi to‘g‘risidagi qator-qator ilmiy va ommabop kitoblari, risolala- ri, maqolalari bilan tanilgan ijodkor, pedagogika sohasidagi ilmiy ishlari, izlanishlari, ilmiy o‘quv dasturlari bilan ko‘zga ko‘ringan yetuk olima hamdir. Farida Yo‘ldoshevna pedagogika fanlari nomzodi, yuksak xizmatlari uchun "Do‘stlik" va "Fidokorona xizmatlari uchun" ordenlari bilan taqdirlangan. Farida Abdurahimova ToshDU (Hozirgi O‘zMU) ning Jurnalistika fakultetini tugatgan. Respublika gazetalarida muxbir, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib faoliyat yuritgan. 1995- yildan boshlab Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlab kelmoqda. 2004 – yil va 2009- yillarda ikki marta Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylangan.  Abdurahimova Farida Toshkent shahrida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha talay ezgu ishlarni amalga oshirmokda. Turli sohalarda ayollar ichiga kirib borib, ularning muammolarini hal etish, qo‘llab-quvvatlash, qizlarni oilaga tayyorlash, mahallalarda ayollarning o‘rni, oilalar mustahkamligiga erishish, ayollar salomatligini saqlash, ularni ish bilan ta’minlash kabi talay masalalarda aniq va dolzarb yumushlarni bajarib, barchaning hurmat-e’zoziga sazovor bo‘lgan. Farida Yo‘ldoshevna o‘zining pedagogik faoliyatida yoshlar tarbiyasiga oid kitoblar, risolalar yozib nufuzli nashriyotlarda chop etgan. Ta’lim tizimini rivojlantirish uchun o‘zining taklif va mulohazalari, ilmiy-amaliy anjumanlarda o‘z ma’ruzalari bilan faol qatnashib kelmoqda va ilm olamida ham o‘z nufuzli o‘rniga ega olimalar qatorida tilga olinmokda. Pedagogika fanlari nomzodi, olima Abdurahimova Farida Yo‘loshevnaning chop etilgan kitob va maqolalari asosan oila, ayol, farzandlar tarbiyasiga bag‘ishlangandir. Jumladan, so‘nggi yillarda: "Mahallada qizlarning sog‘lom turmush tarzi", "Ayol o‘zi bir dunyo", "Oila - ma’naviyat va qadriyat beshigi", "Oila qo‘rg‘onini mustahkamlash - jamiyat farovonligi", "Oila, jamiyat, qonun", "Faxriya ayollar - yurt tayanchi" kabi kitoblari nashr etilgan. "Davlat, Jamiyat, Oila va yoshlar tarbiyasi muammolari" to‘plami, "Yoshlar ma’naviy madaniyatini shakllantirishda xotin-qizlar qo‘mitalarining vazifalari", "Mamlakatimiz ilm-fani, madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati taraqqiyotida olima ayollarning o‘rni" ilmiy-nazariy konferentsiya materiallari to‘plami, "Mahallada qizlarni sog‘lom turmush tarzi asosida oilaga tayyorlashning pedagogik asoslari" nomli ma’ruza, "Olima ayollarning fan-texnika taraqqiyotida tutgan o‘rni" mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya anjumani ma’ruzalar to‘plami, "Ayol va jamiyat" ma’ruzasi, "Oiladagi sog‘lom muhit - sog‘lom millat garovi", "El-yurt xizmatida", "Sog‘lom oila - sog‘lom jamiyat", "Mahallada yoshlarning reproduktiv salomatligini mustahkamlashning usul va yo‘llari", "Ayol va mustaqillik", "Ayollar ma’naviyatida milliy qadriyatlar mushtarakligi", "Til ta’limi samaradorligini oshirishda pedagogik tex- nologiyalarning ahamiyati" kabi maqolalarida Farida Yo‘ldoshevna pedagog, ijodkor, olima, rahbar va yetuk mutaxassis sifatida ayollar masalalariga qayta-qayta to‘xtalib o‘tadi. Abdurahimova Farida qalami o‘tkir jurnalist, masalalar, muammolarni o‘ta ziyraklik bilan ilg‘ab olib, yechimini izlaydigan zukko ijodkor. Uning televidenie va Toshkent teatrlarida ko‘plab asarlari qo‘yilgan. Jumladan: ko‘pchilik jonu dili bilan ku- zatib, ko‘rib borgan O‘zbekiston televideniesi orqali namoyish etilgan "Qirq tog‘oraning qirq nog‘orasi" nomli 40 qismli teleserialning g‘oya mualliflaridan biridir. Ssenariyda to‘y-hashamlarda ortiqcha sarf-xarajatlarni ixchamlashtirish masalasi ko‘tarilgan. 2003-yil Milliy teatrda uning g‘oyasi bilan "Umr shomidagi baxt" spektakli sahnalashtirildi. Shuningdek, 2008-yili yana Milliy teatrda sahnalashtirilgan "Omonat dunyo", "Tortadurman jabrini" nomli spektakllar ham Farida Abdurahimovaning g‘oya muallifligida sahnalashtirilgan. Olima "Saodat", "Sanam" jurnallari va "Toshkent oqshomi", "Vecherniy Tashkent" gazetalarining tahririyat a’zosi hamdir. Abdurahimova Farida katta bir xonadonning to‘kis bekasi, komil farzandlarning mehribon onasi, nabiralarining sevimli buvijonisi bo‘lish bilan birgalikda nuroniy, fayzli, bag‘ri keng onaxonga farzand, opa-singillarga, jigarlarga g‘amxo‘r opadir. Xoh oilada, xoh ishda bo‘lsin unga havas qiladilar, u kabi bo‘lishga intiladilar, u bilan suhbatga oshiqadilar, undan maslahatlar oladilar. Bu har qancha yuqori mavqega chiqmasin o‘sha-o‘sha kamtarin va samimiy, kuyinchak bo‘lgan keng va toza yurak sohibasiga talpinishdir balkim...



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar20



Ijtimoiy-gumanitar fanlar20



Tabiiy fanlar40



Filologiya20