O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abdurahmanov To‘lonboy

Fizika - matematika fanlari nomzodi, dotsent

    1934 yil 5 yanvarda  Farg‘ona viloyati  Oltiariq  tumanining  Eskiarab  qishlog‘ida  tavallud  topgan. 1940 yilda Eskiarab  qishlog‘idagi 7 - o‘rta maktabning 1 - sinfiga  o‘qishga  qabul qilindi. Maktabda 7 - sinfgacha talim oldi va o‘qishni  tuman markazidagi  hozirgi  1 - maktabda davom ettirdi. 1950 yili  o‘rta  maktabni tamomlab, Farg‘ona  davlat  pedagogika  institutining  fizika - matematika  fakultetiga o‘qishga kirdi. 1954  institutni imtiyozli diplom bilan tamomladi. U yosh  mutaxassislar qatori o‘zi talim olgan  fakultetning  matematik  analiz  kafedrasiga  o‘qituvchilik lavozimida  ishga qoldirildi.
     T.abdurahmanov yosh mutaxassis  o‘qituvchi sifatida 1954 - 1958 yillari kafedrada ustoz  o‘qituvchilar J. X. Karimov, G. T. Sokolov, I. I. Inomov, X. X. Karimovlar rahbarligida o‘quv, ta’lim - tarbiya va pedagogik mahorat sirlarini qunt bilan o‘rganib bordi va 1957 yili matematik analiz kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimiga o‘tkazildi.
    U 1959 yilda sobiq kursdoshlari Q. Boyqo‘ziyev, Q. Sarimsoqov va M. Mamatovlar bilan birga Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining matematika kafedrasiga ehtimollar nazariyasi mutaxassisligi bo‘yicha aspiranturaga kirdi. 1961 yili Farg‘ona davlat pedagogika instituti matematik analiz kafedrasi qoshida aspirantura ochilishi munosabati bilan aspiranturadagi o‘qishini Toshkentdan ushbu institutga ko‘chirib keldi va uni 1962 - yili dekabr oyida tamomladi. Aspiranturani tamomlagandan so‘ng, 1963 yildan Farg‘ona davlat pedagogika instituti fizika - matematika fakultetining matematik analiz kafedrasida, ya’ni o‘zi faoliyat olib borgan kafedrada katta o‘qituvchi lavozimida ish boshladi.
    T. Abdurahmonov 1967 yil 25 yanvarda O‘zbekistan FA Matematika institutida “Ko‘p belgili statistik nazorat” mavzusida O‘zFA akademigi S. H. Sirojiddinov ilmiy rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, fizika - matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
    Yosh olim 1967 - 1972 yillari matematika fakulteta o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib, fakultetda o‘quv jarayonini tashkil etish, iqtidorli talabalar bilan mustaqil ishlarni yo‘lga qo‘yish, talabalar malakaviy amaliyotlarini tashkillash, kafedra va fakultetda o‘qituvchilar ilmiy - metodik ishlari salohiyatini yuksaltirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha namunaviy ishlarni amalga oshirdi.
    1972 yili OAK qaroriga asosan “Algebra va sonlar nazariyasi” kafedrasi dotsenti ilmiy unvonini olishga sazovor bo‘ldi.
    1974 - 1985 yillari matematika fakulteti geometriya kafedrasi mudiri lavozimida ishladi. Kafedra mudiri sifatida o‘quv jarayoniga oid katta ishlarni amalga oshirdi.
    T. Abdurahmonov 1982 yili “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni, 1991 yili esa “O‘zbekistan xalq maorifi a’lochisi” nishoni, O‘zbekistan xalq ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, viloyat, shahar, oliygoh rahbariyatlari tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. U xalqaro, respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy anjumanlar ishtirokchisi va tashkilotchisi bo‘lib, 30 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir.
    U nafaqa yoshida bo‘lsa ham, hozirda o‘zi istiqomat qilib turgan 5 - sonli Ahmad al - Farg‘oniy mahallasida fuqarolar o‘rtasida tarbiyaviy masalalarni tashkillash bo‘yicha maslahatlar berib keladi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5