O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abdurahmon Sa’diy

Filologiya fanlari doktori, professor

     1889  yil 14 aprelda Ufa guberniyasiga  qarashli Taymev qishlog‘ida  tug‘ildi. Dastlabki ma’lumotni  otasining  maktabida olgan Abdurahmon 13 yoshida  Orenburgdagi “Muhammadiya”madrasssiga  kirib o‘qiy  boshladi. 1905 yilda  madrasini bitirb, muallimlik  bilan shug‘ullanadi. 1908 - 1911 yillarda  o‘qish  uchun  Turkiyaga  keldi va Istanbul universitetining filologiya  fakultetida ta’lim oldi. Universitetni  tamomlab, yurtiga qaytdi va Oqtepa, Olmaota, Yekaterinburg  shaharlaridagi  tatar  maktablarida  o‘qituvchilik qildi.
    1921 yilda u O‘zbekistonga keldi va umrining oxirigacha shu yerda yashadi. 1921 - 1925 yillarda Samarkand o‘qituvchilar tayyorlash bilim yurtida (keyin u pedakademiyaga aylantirilgan), poytaxt Toshkentga ko‘chgach, dastlab xotin -  qizlar pedbilim yurtida, O‘rta Osiyo davlat universitetida, Fayl ar qo‘mitasida ishladi.
    Bu yillarda u ilmiy - tadqiqot ishlari bilan astoydil shug’ullandi. 1924 yilda “Amaliy ham nazariy adabiyot darslari” nomli darsligini yaratdi. Bu kitob adabiyot nazariyasi bo‘yicha Uzbekistonda yaratilgan ilk manba sifatida katta ahamiyatga egadir. Keyin ham olim mumtoz va zamonaviy adabiyot muammolariga bag‘ishlangan ko‘plab tadqiqotlar e’lon qildi. Samarali ilmiy - tadqiqotlari va pedagogik faoliyati uchun A.Sa’diyga 1930 yilda dissertatsiya yoqlamay, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasi va professorlik unvoni berildi.
    O‘sha paytdagi o‘zaro siyosiy - mafkuraviy tortishuvlar tufayli Sa’diy bir muddat Toshkentdan chetga chiqishga majbur bo‘ldi. Olim Farg‘onadan panoh topdi va 1935 - 1937 yillarda Fargona davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasiga mudirlik qildi. 1938 yildan yana Toshkentga qaytib, Fanlar qo‘mitasida faoliyatini davom ettirdi.
    Sa’diy Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan shoir asarlarini nashrga tayyorlash, arab yozuvidan Kirill yozuviga o‘tkazish hamda ijodi bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar olib borish bilan shugullandi. Buning natijasida II Jahon urushidan keyin “Alisher Navoiy ijodi - o‘zbek mumtoz adabiyoti taraqqiyotining yuqori bosqichi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi (1948). Shundan so‘ng u vafotiga qadar (1956)  hozirgi  O‘zbekiston Milliy  universitetida  o‘zbek adabiyoti  tarixidan dars beradi. Abdurahmon  Sa’diyning  Toshkent, Farg‘ona , Buxoro  oliy o‘quv  yurtlari uchun  M.Yunusov, A. Ibrohimov, S.Aliev  kabi ko‘plab  mutaxassislarni tayyorlashda  hissasi katta bo‘lgan.

 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya80