O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abdurahmonova Munavvar Yo‘ldoshevna

Abdurahmonova Munavvar Yo‘ldoshevna    Abdurahmonova Munavvar Yo‘ldoshevna 1945 yiliiig 4 avgustida Toshkent shahrida tug‘ilgai. Sakkiz farzandi bo‘lgan oilada tarbiya topdi. Iqtidorli qiz maktabda o‘qib yurgan kezlaridayok ustozlarining umidiga aylandn. Fizika o‘qituvchisi «Sen albatta fizik bo‘lasan» desa, matematika muallimi «Sen matematik bo‘lasan» derdi. Adabiyot o‘qituvchisi esa uning yozgan mashqlarini ko‘rib berar, kelajagidan umid qilib qo‘shimcha saboqlar o‘tardi.
    Munavvar adabiyotga bo‘lgan mexri tufayli adabiyot to‘garagiga faol qatnashib yurdi. 9-sinfda o‘qiyotganida ilk she’ri bolalar nashrida dunyo yuzini ko‘radi. O‘rta maktabni muvaffaqiyatli tamomlaganidan so‘ng u Toshkent Davlat universitetining (xozirgi Milliy universitet) filologiya fakultetiga o‘qishga kirdi. Dorilfununda o‘qib yurgan kezlariyoq ilmiy ish bilan shug‘ullana boshladi. Uni ayniqsa adabiy jarayon muammolari qiziqtirdi. Universitetni bitirish arafasida Kiev shahrida bo‘lib o‘tgan talabalar anjumanida «Yosh yozuvchilar ijodida xarakter yaratish maxorati» mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza matnlari kitobcha bo‘lib chiqdi. Universitetni imtiyoz bilan tugatgach, 1968 yilda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshidagi O‘zbekiston Entsiklopediyasi bosh redaktsiyasining adabiyot bo‘limiga ilmiy muxarrir sifatida ishga qabul qilindi. So‘ngra katta muharrir, yetakchi muxarrir lavozimlarida ishladi. Ish jarayonida sirtqi aspiranturaga kirdi. M. Abduraxmonovaning nomzodlik dissertatsiyasi «Abdulla qodiriyning psixologik tasvirlash maxorati» deb nomlangan edi. Sevimli yozuvchisining ijodini butun borlig‘i bilan o‘rganishga kirishgan Munavvar o‘z ilmiy ishida A. Kodiriy qaxramonlarining ruxiy olamini yaratishdagi maxoratini ochib berishga harakat qildi. 1977 yilda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Shu yili uning «Ruhiy dunyo tasviri» risolasi ham bosmadan chikdi. 1981 yilda chop etilgan «So‘z san’ati» kitobida ham uning qator o‘zbek yozuvchilari ijodi tahlil etilgap ilmiy maqolasi bosilib chiqqan. Yillar davomida O‘zbek entsiklopediyasi hamda davriy matbuot sahifalarida uning ikki yuzga yaqin maqolalari chop etildi. Uning samarali mehnati A.Beruniy nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etilganida chinakam bahosini topdi. U 1993 — 1995 yillar mobaynida Xalq ta’limi vazirligining O‘quv-metodik markazida turli sohalar bo‘yicha o‘quv-metodik dasturlarga muharrirlik qildi. 1996 — 2005 yillarda oliy toifali o‘kituvchi sifatida 300-litsey va 20-kasb-hunar kollejida yosh avlodga ta’lim-tarbiya berdi.
    M.Abdurahmonova Toshkent shahar Sergeli tumanidagi «O‘zgarish» mahallasining faollaridan. Uning maqsadi ezgulik istagan yurtdoshlarimizning niyatlari bilan mushtarak: el-yurt og‘irini yengil qilib, duosini olish, odamlar orasida bo‘lib, imkoni boricha yaxshilik qilishdir
 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar10



Filologiya70