Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent
M.M.Abidov 1929 yil 29 dekabrda, Toshkentda xizmatchi oilasida tavallud topdi.
Otasi Murodxo‘ja ota o‘z davrining ziyoli insonlaridan bo‘lib, savdo tizimida xizmat qilgan. Onasi Xonimxon aya bilan farzandlarini ilmli bo‘lishi uchun katta hissa qo‘shganlar. Matlabxo‘ja Toshkent shahriniig 22 - o‘rta maktabini “oltin” medal bilan bitirib, 1948 yili Toshkent davlat tibbiyot institutining davolash fakultetiga o‘qishga kirdi. Uni 1955 yilda muvaffakiyatli tamomlab, shu institutning teri - tanosil kasalliklari kafedrasi qoshidagi klinik ordinaturaga yo‘llanma oldi.
So‘ng Toshkent viloyati teri - tanosil dispanserida va keyinchalik 15 yil davomida ToshDavTI kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritdi. M.M.Abidov 1968 yilda professor A.A.Akovbyan rahbarligida “Vitiligo bilan kasallangan bemorlarni ayrim fu¬rokumarin preparatlar bilan davolashda klinik - gistoximiyaviy tekshiruvlar” mavzusiga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqladi va 1972 yilda shu kafedra dotsenti etib tayinlandi.
1974 yil yanvar oyida M.M.Abidov O‘zbekistan Sog‘liqni (saqlash vazirligiga qarashli teri - tanosil kasalliklari ilmiy tekshirish institutining direktori etib tayinlanadi. M.M.Abidovning tashabbusi bilan g‘olib Ittifoqda birinchilar qatorida, istitu
qoshida urogenital xlamidioz va ureaplazmozni laborator diagnoz tikasi va davolash usullarini o‘rganish bilan shug‘ullapuvchn kichik urologiya ilmiy guruhi tashkil qilindi. Uning izlaiishlari 70dan ortiq ilmiy ishlarida namoyon bo‘ldi. M.Abidovning faol ishtirokida O‘zbekistonning Dermatovenerologlarining II s’ezdi bo‘lib o‘tdi va unda butun dunyodan olimlar eshtirok etishdi.
M.M.Abidov 1969 - 1974 yillarda ToshDavTP stomatologiya fa- kultetining dekan o‘rinbosari, keyinchalik institutning kasaba uyushmasi raisi lavozimida ishladi. M.M.Abidov 1974 - 1985 yil Res¬publika Sog‘liqni saqlash vazirligining “Dermatologiya va venerologiyaning ilmiy asoslari” bo‘yicha muammoli komissiyaning rahbari. Sobiq Ittifoqda markazlashgan “Vestnik dermatologii i venerologii” oynomasi redaktsiya hay’yati a’zosi, Respublika dermatovenerologlar ilmiy jamiyatining rahbar o‘rinbosari vazifalarini bajargan. Og‘ir xastaligiga qaramay umrining so‘nggi kunlarigacha u bor kuchini institutning yangi binosining qurib bitirishga sarfladi...
Zumradxoi Moskva shahrida Stomatologiya institutini “qizil” diplom bilan bitirib kelgan birinchi o‘zbek ayoli bo‘lgan. Umrining oxirigacha Toshkent tibbiyot institutida faoliyat yuritgan. Shu davr ichida millionlab bemorlarga yordam qo‘lini cho‘zib, “zaychya guba”, “volchya past” kabi og‘ir xastaliklarni jarrohlik yo‘li bilan tuzatgan, ularni mazmunli, to‘lakonli hayotga qaytargan shifokor edi. U 1973 yili nomzodlik dissertatsiyasini Ukrainaning Kiev shahrida muvaffaqiyatli yoqlagan.
Xa, Zumradxoi ona ham Matlabxo‘ja aka singari nafaqat O‘zbekistonda, balki butun sobiq ittifoqda ham eng yetakchi mutaxassis sifatida tan olingan. Bu ikki fidoiy inson, jonkuyar shifokorlar, beqiyos ilm va tajriba sohiblari o‘zlariga haykal ko‘yib ketdilar. Bukun ularning tabarruk izlaridan borayotgan farzandlari Surayyoxon (“Fedorovich» nomidagi shifoxona bosh shifokoi), Alisher Matlabxo‘jaevich (“Davr fayz medical” xususiy klinikasi bosh shifokori), Saodatxon Matlabxo‘jaevna (Respublika perinatal markazi shifokor laboranti) lar ham o‘z kasblarining mohiri. Uch nafar nabiralari ham bobo va buvining munosib vorislari bo‘lib, elning koriga yarayaptilar. Ha, daraxt tomiridan suv ichadi-da!