Agzamova Nazifa
Dunyo qarashi va bilimi keng bu ayolsiz institutning bir tomoni bo‘shab qolgandek tuyuladi. Hamma muammolarni birovning dilini og‘ritmay , bosiqlik va ayni damda uzoqni o‘ylab mulohaza bilan hal qilishga harakat qiladi.
Nazifa Valievna Toshkent shahrida harbiy xizmatchi oilasida tavallud topgan. Qiziqishi ToshMI ga yetakladi va institutni 1974 yil «Pediatriya ishi» mutaxassisligi bo‘yicha tamomladi.
1989 yili «Jinsiy shakllangan va jinsiy shakllanmagan xayvonlarda eksperimental gepatitda S-metilmetion kobalt xloridi va S-metilmention xloridni jigarning funktsional xolatiga ta’siri» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
1997 yildan beri institutda klinik farmakologiya kursidan dars berdi, 2000 yildan beri esa ushbu kafedraning mudiri.
Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent N.V.Agzamova 30 dan ortiq ilmiy ishlar, ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar muallifi.
Uning tomonidan hayvonlarda gepatit kasalligiga ko‘ra jigarning monooksigenoz tizimi fermentlariiing faolligi o‘zgarishi birinchi bor tadqiq qilingan.
Kafedra mudiri sifatida darslarni yuqori uslubiy saviyada o‘tkazishga katta ahamiyat bermoqda. O‘quv jarayoniga zamonaviy o‘qitishning uslublari, yangi texnologiyalar, yosh o‘qituvchilarning o‘qitish darajasini yuqori saviyaga ko‘taruvchi yangi yondashuvlarni joriy etishga katta e’tibor beradi. O‘z o‘qitish faoliyatida o‘quv dasturlari tuzishda, imtihonlarni qabul qilishda talabalar bilim va ko‘nikmalarining nazorati uslublarini ishlab chiqishda horij tibbiyot maktablarida egallayotgan tajribalaridan foydalanadi. Shuningdek, magistrantlarga menejment asoslari bo‘yicha ma’ruzalar o‘qiydi.
U o‘z ilmiy-pedagogik zaxirasini chet el ilm dargohlari, chunonchi Angliyaning Imperial kollej, Germaniyaning Osnabryuk universiteti, Qozog‘iston va Qirg‘iziston tibbiy akademiyalaridagi tajribalarini o‘quv jarayoniga joriy qilish, oliy ta’lim muassasalari aro o‘tkazilgan seminar va anjumanlardan to‘laqonli foydalanish, malakasini muntazam oshirish orqali boyitib boradi. Institutning jamoat ishlarida faol ishtirok etadi. U institut ilmiy kengashi, pediatriya fakulteti ilmiy kengashi a’zosi, institut uslubiy kengashi raisasining muovini, O‘zRSSV Farma qo‘mitasining a’zosi. Shuningdek, institut o‘quv bo‘limining boshlig‘i, pedagoglar universitetining direktoridir.
N. Agzamova o‘z fikrini doimo to‘g‘ri va adolatli ifodalaydi. Adolatsizlikka ko‘z yumib keta olmaydi, fikrini isbotlashga, to‘g‘ri, o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni qaror toptirishga harakat qiladi.
Farzaidlari ham oliy ma’lumotli. Qizi magistrant, o‘g‘li yurist.