1942- yili Toshkent shaxrida dunyoga kelgan Ahrorov Umidjon bolaligidan ilmga ixlos qo‘ydi. Otalari Bakir aka o‘qituvchi bo‘lgani uchunmi, opasi Dilbarxon hamda akalari Zukrilla va Nozimjon ham kitob o‘qishni kanda qilishmasdi. Shuningdek, onalari Marxamtxon opani urintirmaslik uchun uy yumushlarini ham navbatma-navbat bajarib ketaverishadi.Umidjonga onasi bilan ovqat pishirish yoqardi. Ota ham o‘g‘lidagi qobiliyatini g‘is qilib , “ ko‘zi pishsin” deya, bazan oshpaz do‘stlarining oldida qoldirib keladigan bo‘ldi. “Qunt qilsa katta oshpazlarga ham dars beradigan bo‘ladi”,- deyishardi ular Bakir akaga o‘g‘lini maqtab ... Oshpazlar Ahrorov Umidjon kelajagini bashorat qilishgan ekan o‘shanda!....Umidjon Ahrorov 1959- yili Toshkentdagi 16-maktabni alo baholarga tugatib bir yillik pazandalik bilim yurtida tahsil oldi1965- yili esa Samarqand davlat kooperativ institutiga kirib “ umumiy ovqatlanish muhandis –texnologi” mutaxassisi degan sharafli kasb sohibi bo‘ldi. Uni tugatgach ilmiy izlanishlarini davom ettirdi. Soha bo‘yicha 1983- yili Moskva shahridagi Savdo institutida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Mehnat faoliyatini 1960- yili Elektron texnika zaodi qoshidagi 8- sonli oshxonada oddiy oshpazlikdan boshladi. Ikki yillik harbiy xizmatdan so‘ng Toshkent shahar oshxonalar trestiga qarashli oshxonalarda oshpaz, oshpaz-brigadir ,ishlab chiqarish va oshxona mudiri kabi lavozimlarda ishladi.Umidjon Ahrorov ota izidan borib 1971-yili Toshkent savdo texnikumida yoshlarni pazandalikning sirli olamiga oshno qildi. Keyingi yillar u orzular yetagida umr pillapoyalaridan olg‘a odimlay boshladi .... Toshkent davlat politexnika institutining kimyo- texnologiya fakulteti “Umumiy ovqatlanishni tashkil etish va uning texnologiyasi” kafedrasida katta o‘qituvchi, mazkur fakultet Buxoro shahriga ko‘chirilgach,1980-1985-yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi institutida katta o‘qituvchi, 1985- yildan Toshkent shahar restoranlar trestida bosh mutaxassis bo‘lib xizmat qildi. 2002-yili esa tajribali murabbiyni Toshkent kimyo- texnologiya institutining yangi tashkil etilgan “Konservalangan oziq –ovqat mahsulotlari” kafedrasiga “umumiy ovqatlanishna tashkil etish va uing texnologichsi”mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga ishga talif qilishdi. U o‘quv jarayonining barcha mayoriy xujjatlarini qiyomiga yetkazgach dotsent lavoziida ishlay boshladi.Shuningdek,Toshkent mehmonxona xo‘jaligi va servisi kolleji o‘quvchilariga ham soha bo‘yicha saboq berib kelmoqda.Umidjon Ahrorov 60dan ziyod ilmiy ish va uslubiy qo‘llanma, jumladan, 4 o‘quv qo‘llanma,28 ilmiy maqola (O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya jurnallarida), 5 uslubiy qo‘llanma , ilmiy-ommaviy maqolalar muallifidir. Vazirlik va institut rahbariyatining topshirig‘iga binoan Umidjon aka mehnatining hosilasi –ilk marotaba o‘zbek tilida lotin grafikasida “Taom tayyorlash texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi chop etildi.Shuningdek, O‘zbek milliy entsiklopediyasining 9- jildida “Umumiy ovqatlanish” , 10- jildida “Qandolatpazlik” kabi tarixiy maqolalari yoritildi.Soha bilimdoni Umidjon Bakirovichning “ O‘zbek milliy pazandachiligi texnologiyasi” va “ Xorijiy mamlakatlar pazandachiligi texnologiyasi” nomli ikki o‘quv qo‘llanmasi (darsligi) ham yaqinda nashrdan chiqdi.Ustoz O‘zbekiston oshpazlar uyushmasining azosi sifatida pazandachilik sohasi bo‘yicha xalqaro, respublika va shahar miqyosida o‘tkaziladigan ko‘rik –tanlovlar , kitob taqdimoti va boshqa ko‘plab tadbirlarda faol ishtirok etadi. Toshkent shahar savdo departamentining soha bo‘yicha maslahatchisi hamdir. U ishdagi yaxshi natijalari uchun 1997- yili “ O‘zbeksavdo” aktsionerlik kompaniyasining “Savdo alochisi” ko‘krak nishoni va qator faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. Ahrorov Umidjon turmush o‘rtog‘i Rixsixon aya ( tibbiyot xodimi) bilan bnsh farzandni tarbiyalab elga qo‘shgan. Yillar sinovidan o‘tkazgan murabbiy o‘n yetti nabirasiga kelajakda yurtga munosib farzand bo‘lishlari uchun o‘git berishdan charchamaydi .Uning bu hayotdan topgan hikmati oddiy va poydor :”Bilganning bilagi tolmas!”