O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Akbarov Habibulla Asatovich

Akbarov Habibulla Asatovich (1936.24.3, Toshkent) - geolog olim. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1994). Geologiya-mineralogiya fanlari direktori (1986), professor (1992). O‘rta Osiyo politexnika institutining geologiya-qidiruv fakultetini tugatgan (1958). O‘rta Osiyo geologiya va mineral xom ashyo institutida sektor mudiri (1968-79), bo‘lim mudiri (1979-86), direktor o‘rinbosari (1987-91). 1992-96 yillarda ToshDTU prorektori va ayni vaqtda shu universitet foydali qazilma konlari kafedrasi mudiri. 1996 yildan O‘zbekiston FA Yer haqidagi fanlar bo‘limi raisi va fanlar akademiyasi Prezidiumi a’zosi (1997 yildan). Akbarovning ilmiy ishlari endogen ruda konlari va maydonlari tuzilishi, ularning paydo bo‘lish va joylashish qonuniyatlarini o‘rganish, rudalarni izlash va bashoratlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Tabiiy muhitni muhofazalashning geologiya asoslari, T., 1996 (hammuallif).



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar20



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar70



Filologiya5