O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Alimova Halima

Alimova Halima    Oilaning o‘ninchi farzandi bo‘lib  dunyoga  kelgan  Halimaxon  urush  davrida turli  millatga  mansub besh nafar  yetim  bolalarni, o‘zlarining  to‘qqiz o‘g‘il va bir qizlarini qatori  bag‘irlariga olib  voyaga  yetkazgan, Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on  tumanidagi  mehridaryo   Olimjon ota va  Tojixon  aya  xonadonida  ulg‘aydi.  O‘rta  maktabni  imtiyozli tugatib, Toshkent  To‘qimachilik  institutiga o‘qishga kirdi.
  1961  yili  uni a’lo yakunlab yo‘llanma bilan Marg‘ilon ipak kombinatida smena masteri bo‘lib ish boshladi. Undagi g‘ayrat, ishlab chiqarish sirlarini anglashdagi keng tafakkur, zukkolik va donolik tez orada uni ko‘pchilikka tanitdi. Hayot pillapoyalaridan o‘z mehnati tufayli sekin - asta ko‘tarila bordi. Ishonch, xurmat, e’tibor qozondi, tsex boshlig‘i bo‘lganda undagi tashkilotchilik, odamlar ko‘ngliga yo‘l topa olish qobiliyatlari namoyon bo‘ldi. U Marg‘ilon shaxar, Farg‘ona viloyat yoshlar tashkilotlarida, so‘ng yana kombinatga raxbar lavozimlarida ishladi. O‘zidagi qobiliyat, iroda, fidoyilikni mexnat faoliyati bilan uyg‘unlashtirdi. Ishbilarmon raxbar, mexribon ustoz, jonkuyar tashkilotchi bo‘lib tanildi, shu bilan birga respublika to‘qimachilik va yengil sanoatini rivojlantirish borasida o‘qib, o‘rgandi, izlandi. Ishlab chiqarishdan ajralmagan xolda texnika fanlari bo‘yicha 1983 yili nomzodlik va 1994 yili doktorlik dissertatsiyalarini yoqladi. 1991 yili professorlik unvoniga sazovor bo‘ldi. Olimaning barcha ilmiy  ishlari yo‘nalishi to‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyasini takomillashtirish, maxsulotlarning yangi xillarini yaratishga qaratilgan. Ayniqsa, ipakning chiqindisiz texnologiyasini yaratish borasidagi ilmiy ishlari diqqatga sazovordir. “Ipakning kalta chiqindilaridan sifatli qog‘oz ishlab chiqarishga xom ashyo tayyorlash texnologiyasi” xalqaro patentiga musharraf bo‘ldi. Ushbu usul xozirgi kunda mamlakatimizda “Davlat belgisi” qog‘oz fabrikasida amaliyotda qo‘llanilmoqda.
  Barcha oliy o‘quv yurtlarida yuritilayotgan tabiiy ravishda beshta ximoyaga ega bo‘lgan “qalbakilab bo‘lmaydigan” “akademik guvoxnoma” qog‘ozi muallifi xam H. Alimovadir. 200 ga yaqin ilmiy ishlari, shu jumladan, 17 ta patent, 7 ta monografiya va darsliklari chop etilgan. Ikkita darsligi uchun respublika ko‘rik - tanlovlari g‘olibi sifatida diplom va mukofotlar bilan taqdirlangan. O‘ndan ziyod texnika fanlari doktori va fan nomzodlarini tayyorlagan va tayyorlab kelmoqda. U yigirma yil davomida (1970 — 1990) Yengil sanoat vaziri o‘rinbosari, Davlat reja qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Respublika kasaba uyushmalari kengashi raisi bo‘ldi. Jamoatchilik asosida O‘zbekiston xotin - qizlar qo‘mitasining raisi (1984 — 1991), “Sog‘lom avlod uchun” Xalqaro jamg‘arma raisi o‘rinbosari (1992 1998) lavozimlarida samarali mexnat qildi. Frantspya, AQSh, Gretsiya, Germaniya, Turkiya, Yaponpya, Xitoy, Braziliya, Tayland, Koreya, Avstriya, Mo‘g‘uliston va boshqa davlatlardagi xalqaro anjumanlarda, oliy o‘quv yurtlarida o‘z ma’ruzalari bilan qatnashgan.
  Ilmiy saloxiyati, tajribasi va tashkilotchanligi  tufayli 1990 yili H. Alimova Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat institutiga rektor etib tayinlandi. Uning 15 yillik rektorlik faoliyati mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish, institutning modiy - texnika bazasini tayerlash, kadrlarni rivojlanib borayotgan to‘qimachilik va yengil sanoat talablariga mos keladigan darajaga ko‘tarish davriga to‘g‘ri keldi. U professor - o‘qituvchilar, institutning barcha jamoasini “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni tezroq amalda tatbiq etishga jalb qilgan holda buning uddasidan chiqdi, 8 million dollarlik chet el investitsiyalarini; Yapon hukumati, Yevropa ittifoqi, Germaniya mashinasozlari grantlari jalb etilib, o‘quv va ilmiy laboratoriyalarni eng zamonaviy dastgoh, uskunalar va komiyuterlar bilan jihozlashga, institut reytingini birinchi o‘ringa ko‘tarishga muvaffaq bo‘lindi. Bundan tashqari nnstitut Xalqaro To‘qimachnlik Akademiyasi, (Shveytsariya, 1995) “Xalqaro ipak uyushmasi” (Frantsiya, AQSh, 1997), Matbaa oliy o‘quv yurtlari uyushmasi (Germaniya, 1996) tashkilotlariga a’zo bo‘ldi, 22 turdagi oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik o‘rnatildi, 300 ga yaqin professor - o‘qituvchilar, yosh olimlar, aspirant va talabalarning chet elda malaka oshiripglariga erishildi. Jamoa a’zolarining ijtimoiy himoyasiga katta e’tibor qaratildi.
  Professor Halimaxon Alimova xalqaro To‘qimachilik Akademiyasining(1995) a’zosi, Ivanovo To‘qnmachilik Akademiyasi (1993), Xitoy Sechuan yengil va qog‘oz sanoat institutlarining (1994) Faxriy irofessori unvonlariga, diplomlariga sazovor bo‘lgan. Uning mehnatlari o‘z vaqtida hukumatimiz tomonidan yuksak baholanib “Hurmat belgisi” ordeni bilan takdirlangan. Ikki chaqiriq davomida Oliy kengash deputatligiga saylangan. “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan va “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim fidoyisi” nishoni bilan mukofotlangan.
  Ayni kunlarda Halima opa Alimova mehnat faoliyatini institutning “Ipak texnologiyasi” kafedrasi professori sifatida davom ettirib, talabalarga saboq beryapti. Opaning jamoatchilik faoliyatlari ham hamon jo‘shqin: regional rektorlar kengashi raisi, shahar xotin - qizlar kengashi a’zosi. Toshkent shahar kengashining deputatlar saylov komissiyasining rais o‘rinbosari.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5