O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Aripova Tamaraxon O‘ktamovna

Aripova Tamaraxon O‘ktamovna    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya instituti direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Aripova Tamaraxon O‘ktamovna Yevropa Ilmiy - sanoat palatasining tibbiyotga qo‘shgan katta hissasi va namunali professional faoliyati uchun “Oltin medal” va “Di Merito” diplomi bilan mukofotlangan. Shuningdek, tibbiyotning immunologiya sohasida yetuk va taniqli olima “Mustaqillikning 20 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
  Tamaraxon Aripova mazkur vazifada 2003 yildan ishlamoqda. Uning ilmiy yo‘nalishlari ikkilamchi immunodefitsit holatlarni (OIV/OITS (odam immuntanqisligi virusi (VICh) /ortirilgan immuntanqisligi sindromi (SPID)) V va S gepatitlar, TOKSN - infektsiyalar, onkologik, allergik, endokrin va autoimmun kasalliklar) rivojlanish mexanizmlarining immunologik va immunogenetik tekshirish va ularning asosida kattalar va bolalarda immunologik va genetik tashxis qo‘yishning yangi usullari va texnologiyalarini ishlab chiqish hamda O‘rta Osiyo populyatsiyalari etnogenezini o‘rganishga qaratilgan.
  Tamaraxon Aripova 300 dan ortiq (ulardan 185 tasi mustaqillik yillarida) ilmiy ishlar, 8 ta monografiya chop etgan, 5 patent, 2 ta xalqaro mualliflik guvohnomasi, 15 ta uslubiy tavsiyalar muallifi.
  Uning  hammualliflikda  chop  etilgan  monografiyalari qatoriga “Immunofiziolgiya va stress”, “Yangi mahalliy polifunktsional immunomoulyatorlar”, “Pestitsid intoksikatsiyalarda immunitet va immunokorrektsiya”, “Sintetik va tabiiy immunomodulyatorlar”, ”Xorazm viloyagida oshqozon - ichak tizimining raki”, “Grippni davolash va profilaktikasida yangilik”, “Mahalliy sharoitda o‘sadigan qoraqiz o‘tining allergiyaga qarshi va immunomodullovchi xususiyatlari” kiradi.
  Uning rahbarligida tibbiyot sohasida 7 nafar fan doktori va 15 ta fan nomzodi tayyorlangan.
  Professor Aripova Tamaraxon O‘ktamovnaning tahriri asosida O‘zbekiston Respublikasi aholisining immun statusi xaritasi, immunologik va genetik pasportlari ishlab chiqildi. Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib odam qonining periferik  hujayralarida viruslar genomini (OIV, V vg gepatit viruslari, tsitomegalovirus, oddiy g pes virusi, Epshteyn - Barr virusi va b.q.) aniqlash  uchun yangi usul ishlab chiqildi va amaliyotga  kiritildi, ishlab chiqilgan “O‘zing yasa” degan PSR amplifikatorini (polimeraznotsepnaya raktsiya (polimeraza zanjirli reaktsiya) talabalar o‘zlari  mustaqil yasab polimeraz zanjir reaktsiyasi medini o‘rganishadi. Institut Frantsiya, Olmon Buyuk Britaniya, Yaponiya, Rossiya, Qirg‘iziston mamlakatlari olimlari bilan birgaliqda Markaziy: Osiyo va Kavkaz orti xalqlari populyatsion - gene tadqiqotlari o‘tkazdi, 30 tadan ko‘proq etnoslar t shirildi, barcha Markaziy Osiyo populyatsiyalarining  DNK banki (2000 dan ko‘proq namunalar) yaratildi. 
  Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib odam qonining periferik hujayralarida viruslarning genomini  (V va S gepatit viruslari, tsitomegalovirus, oddiy  gerpes virusi va b.q.) aniqlashning   yangi usuli ishlab  chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga kiritilgan. 
  Aripova Tamaraxon O‘ktamovna “Nazariy va  klinik   tibbiyot jurnali” redaktori, “Infektsiya, immunitet va farmakologiya” jurnali va “Immunolog (Rossiya, Mosqva) jurnallari tahririyatining azosi. U MDH davlatlari allergolog va immunolog xalqaro jamiyatining a’zosi, O‘zbekistonda bolalarda  astmaning oldini olish va davolash bo‘yicha  ISAAC xalqaro dasturi koordinatori, InterPregen xalq konsortsiumi 7 ramkali Yevrosoyuz dasturining O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha mas’ul vakilidir. Professor Aripova rahbarligida 2011 yil Markaziy Osiyoda birinchi marotaba Yevrosoyuznig ramkali dasturi asosida “Markaziy Osiyo va Yevropa populyatsiyalarida preeklampsiyaning (patologiya chek beremennыx) genetik tadqiqotlari” mavzusida  mablag‘i 5mln  yevroga teng bo‘lgan byudjet olindi . 2006 yilda institut qoshida “Immunogen   test”  ilmiy - tashxis markazi tashkil qilindi. 2013 yilning yanvar oyida esa “Immunologiya, tibbiy genet va biotexnologiya” yo‘nalishlari bo‘yicha Biomeditsina  innovatsiya ilmiy - o‘quv markazi tashkil etildi U Xalqaro allergolog va immunolog assotsiatsiyasi a’zosi (Moskva) va Toshkent shahar  olima ayollar assotsiatsiyasi raisi.
  Professor Aripova Tamaraxon O‘ktamovna Respublikamizning tibbiyot sohasidagi ilmiy jamoatchiligi orasida hurmat qozongan.
 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5