O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Asqad Muxtor

    Asqad Muxtor (taxallusi; familyasi Muxtorov, 1920.12.23, Farg‘ona - 1997.04.17, Toshkent) — O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1980). O‘rta Osiyo universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1942). Andijon pedagogika institutida kafedra mudiri (1942-1945). "Yosh leninchi", "Qizil O‘zbekiston" gazetalarida mas’ul kotib, bo‘lim mudiri (1945-1948). O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi kotibi (1957-1969, 1985-1988), uyushma boshqaruvi raisining o‘rinbosari (1965), "Sharq yulduzi" (1960-1965), "Guliston" (1969-1980) jurnallari, "O‘zbekiston adabiyoti va san’ati" gazetasi bosh muharriri (1981-1982).
    Dastlabki dostoni — "Bizning avlodlar" (1939) Buxoro mehnatkashlarining o‘tmish hayoti haqida. Adib ijodida o‘zbek xalqining ma’naviy kamolotini ko‘rsatish masalasi muhim o‘rin egallagan. Bu niyatini u o‘zbek ishchi sinfi hayotini tasvirlash orqali amalga oshirishga intiladi. Shu jihatdan "Po‘lat quyuvchi" (1947) poemasi bilan "Daryolar tutashgan joyda" (1950), "Opa-singillar" (1954), "Tug‘ilish" (1961) asarlari o‘rtasida mushtaraklik bor. "Davr mening taqdirimda" (1964), "Chinor" (1969) romanlarida mehnat kishisining yuksak insoniy fazilatlari tasvirlangan. "Chinor" romani mazmun va shakliga ko‘ra o‘ziga xos asar bo‘lib, unda o‘zbek xalqi bosib o‘tgan tarixiy yo‘l, kishilar ruhiyati ifoda etiladi. Mehnat kishisi obrazi, uning yaratuvchilik faoliyati "Bo‘ronlarda bordek halovat" (1976) qissasida yangi qirralari bilan aks etdi. "Amudaryo" (1986) romani Afg‘onistondagi voqealar haqida hikoya qiladi. Adib qahramonlari fikrlovchi, mushohada yurituvchi, bahslashuvchi kishilardir. Bu hol uning lirikasi uchun ham xosdir. "99 miniatyura" (1962), "She’rlar" (1966), "Sirli nido" (1984) va boshqa kitoblariga kirgan nazmlari bilan o‘zbek poeziyasining boy imkoniyatlarini namoyish qildi. Uning poetik ijodi hayotiy mazmunga to‘la, ko‘proq voqeaband, hajviyotga moyil. Ularda inson hayotining o‘tkinchiligi va haqiqati haqidagi o‘ylar, inson va tabiat munosabatlariga oid murakkab savdolar aks etgan. "Mardlik cho‘qqisi" (1948), "Yaxshilikka-yaxshilik" (1949), "Chin yurakdan" (1956), "Dunyo bolalari" (1962), "Ildizlar", "Jar yoqasidagi chaqmoq" (1984), "Kumush tola" (1988) va boshqa asarlari bolalarga bag‘ishlangan. "Tong bilan uchrashuv" (1987) pyesalar to‘plami nashr etilgan. "Uyqu qochganda" (1997) kitobi hozirgi hayot, ma’naviyat, madaniyat va ijod masalalariga bag‘ishlangan.Sofokl, Shekspir, shuningdek jahon adabiyoti yirik namoyandalarining ayrim asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Asarlari bir qancha xorijiy tillarda bosilgan. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1972). "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlangan (1995).
    Soʻngra u «Yosh leninchi», «Qizil Oʻzbekiston» gazetalari, «Sharq yulduzi», «Guliston» jurnallarida ishladi. Oʻzbekistondagi birinchi haftalik gazeta — «Oʻzbekiston adabiyoti va san'ati»ning tashkilotchilaridan biri. Yozuvchilar uyushmasida kotiblik qildi. 1996 yilning 17 aprelida vafot etdi. «Poʻlat quyuvchi» (1947), «Hamshaharlarim» (1949), «Rahmat, mehribonlarim» (1954), «Chin yurakdan» (1956), «99 miniatyura» (1962), «Karvon qoʻngʻirogʻi» (1964), «Sheʼrlar» (1966), «Quyosh belanchagi» (1971), «Sizga aytar soʻzim» (1978) singari sheʼriy kitoblar yozdi. Oʻzbek sheʼriyatiga chuqur tafakkur va murakkab tuygʻular tasvirini olib kirdi.
    Prozaik sifatida «Daryolar tutashgan joyda» (1950), «Qoraqalpoq qissasi» (1958), «Buxoroning jin koʻchalari» (1980), «Jar yoqasidagi chaqmoq» (1982), «Kumush tola» (1987) qissalari, «Opa-singillar» (1955), «Tugʻilish» (1960), «Davr mening taqdirimda» (1964), «Chinor» (1969), «Amu» (1984) romanlarini yozdi. Bu asarlarida inson maʼnaviyatining qadri, odamning bosh fazilati har qanday holatda ham insoniylik ekanligini samimiy tasvirladi. Sofokl, Tagor, Pushkin, Lermontov, Blok, Mayakovskiy singari adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar50



Tabiiy fanlar5



Filologiya40