Asqarxo‘jayeva Muayyaxon Eshonxo‘jayevna, 1931 yili 26 noyabr Toshkentda tug‘ilgan, pedogogika fanlari nomzodi.
Muayyaxon opa til o‘rganishga ixtisoslashgan, o‘zi asos solgan “G‘uncha” bolalar bog‘chasi yonidan o‘tar ekan, kichkintoylar jo‘r bo‘lib aytayotgan qo‘shiqni tinglab, dili yorishib ketdi:
Bayrog‘chamizga qarang,
Yashil, oq va havo rang.
Mustaqillikni yoqlab,
Turibdi u hilpirab.....
Chunki bu she’rni u 1991 yil mustaqil O‘zbekiston bayrog‘i haqida yozgan edi. U to‘lib –toshib yurti bayrog‘ini madh etib, Vatan mehrini diliga joylayotgan bolajonlarga qarab turib, 80 yillik umri besamar o‘tmaganligini his qildi. Chunki Muayya opa butun iqtidori va faoliyatini bolalar tarbiyasiga bag‘ishladi.
Muayya ilm olayotgan Toshkentdagi 43 - maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tayyorlashga ixtisoslashgan bo‘lib, uning qalbida dunyodagi eng oliyjanob kasb -o‘qituvchilikka, bolalarga bo‘lgan mehr shu yerda uyg‘ondi. Shu mehr uni Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutiga yetakladi. 1956 yilda maktabgacha ta’lim va psixologiya fakultetini muvaffaqiyatli tugatdi. Psixolog - logoped malakasini egalladi. Muayyaning ezgu maqsadi - bolalarni har tomonlama rivojlantirish edi. Hali institutga kirmasdanoq bog‘cha tarbiyachisi bo‘lib tajriba orttirgan qiz faoliyatini yana bog‘chada davom ettirdi.
Muayya garchi rus maktabda ta’lim olgan bo‘lsa-da , bolalar rus va o‘zbek tillarini yaxshi o‘zlashtirishi kerak degan fikrda edi. Shu bois ilmiy ana shu mavzuda yoqlashga qaror qildi. U rus talabalarga o‘zbek tilida, o‘zbek talabalariga rus tilida logopediya fanidan ma’ruzalar o‘qidi. Bu bilan u bu ish unchalik ham mushkul emasligini dilda istagi bor har bir odam uni uddalashni isbotlayotgan edi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola (millatidan qat’iy nazar) ikki tilda bemalol gapira olishga erishish edi. Tabiiy uning bu fikriga ustozlari qarshilik ko‘rsatmadi. Biroq qo‘llab - quvvatlashga ham oshiqmadi. Lekin Muayya chekinmadi. Ko‘plab uslubiy qo‘llanmalarni o‘qidi, bog‘chadagi tajribasini davom ettirdi, testlar tuzdi. Shunda ustozi A. V. Nikolskaya yaxshi maslahat berdi: nazariyotni amalda qo‘llab ko‘rdi. Endi Muayya nazariy tadqiqotlarni bog‘chada sinovdan o‘tkazishi kerak edi. Qanday qilib, axir bu paytda bir bog‘cha faqat rus tilida ish olib borsa , ikkinchisi faqat o‘zbek tilida edi. Nima qilish kerak? Bu masalani hal qilishda olimaga tabiat yordam berdi. 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan keyin Akademiklar shaharchasidagi zararlangan ko‘plab bog‘chalar o‘rniga 12 guruhli yangi bog‘cha binosi qad rostladi va unga tadqiqotchi olima M. Asqarxo‘jayeva mudir etib tayinlandi. Yangilik mana shu yerdan boshlandi. 6 ta guruh faoliyatini rus, 6 ta guruh faoliyatini o‘zbek tilida olib bordi. To‘g‘ri, avvaliga bunday talabga javob beruvchi xodimlarni topish oson bo‘lmadi. Bog‘chaga esa yaxshi niyatlar bilan “G‘uncha” deb nom berishdi. 1966 - 1970 yillarda bog‘cha faoliyati tilga tushdi, bolalarning til o‘rganishi alo darajada bo‘ldi. Uning tajribasi shahar bog‘chalariga tavsiya qilindi. Nomzodlik ishini muvaffaqiyatli yoqlagan Muayyaxon Qori Niyoziy nomidagi Respublika pedagogika ilmiy tadqiqot institutiga taklif qilindi. Katta ilmiy hodim M. Asqarxo‘jayeva bu yerda o‘z tajribalarini shogirdlariga o‘rgatdi. Sobiq ittifoq bo‘ylab ilmiy ishi yuzasidan ma’ruzalar qildi. Tajriba almashdi. Eng muhimi u bolalarga ona tiliga qo‘shimcha til o‘rgatishning foydasi va buni bolalikdan boshlashning afzalliklarini isbotlay oldi. Bir so‘z bilan aytganda, u o‘z ona tilining fidoyisi bo‘ldi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishida uning ham munosib xizmati bor desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Yelkasiga nihoyatda ma’suliyatli vazifani yuklab olgan olima eng avvalo o‘zbek ayoli ekanligini, uning uchun oila mustahkam qo‘rg‘onligini yodda tutdi. Bu borada uni taqdir siyladi. Turmush o‘rtog‘i, iqtisod fanlari doktori , professor Erkin Ahmedov uning eng yaqin hamkori, hamkasblari bo‘ldi, ular bir - biriga suyanib, do‘st bo‘lib yashashdi. Gulnora, Bahodirlar o‘zlaridan ko‘paydi.
Toshkent avtomobil yo‘llari institutini tugatgan Gulnaraxon umr yo‘ldoshi texnika fanlari doktori Oqilxon Azimov bilan uch farzandni voyaga yetkazdi. Yaqinda ular nabira, Muayya opa esa evara - Komilaxonni suyib - suyib bag‘irlariga bosishdi.
Ota izidan borgan Bahodir iqtisod fanlari nomzodi, rafiqasi Dilbarxon bilan farzandlari Asqarxo‘ja, Ruhsora, Akmalxo‘jalarni vatan koriga yarovchi, og‘irini yengil qiluvchi ziyoli, komil insonlar bo‘lib yetishlari uchun intilishyapti.
Mehnatdan, oilasidan baxt, iqbol, obro‘ topgan piru badavlat onaxonga aylangan Muayya ona farzandlari, shogirdlari, nevaralari qurshovida. Orzulari ro‘yobini ko‘rib, taqdiridan mamnun bo‘lib yashayapti.