O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Azlyarova Muattar Azimovna

Azlyarova Muattar Azimovna    Azlyarova Muattar Azimovna, 1951 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1973 yilda O‘zMU ning kimyo fakultetini tugallagan. 1982 yilda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlagan. 2001 yildan buyon Mirzo Ulug‘bek nomidagi mashinasozlik kasb – hunar kollejida, 2007 yildan shu kollej negizida tashkil etilgan Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi 3 – sonli akademik litseyga rahbarlik qilib kelyapti.
    Muattarning maktabda eng yaxshi ko‘rgan fani kimyo edi. Nazarida dunyo kimyoning kaftida  turgandek. Kimyoviy birikmalar butun olamni boshqarayotdek edi. Kimyoga bu darajada qiziqishga, laboratoriyadagi mo‘jizaviy tajribalar, ehtimol kimyo o‘qituvchisining bu fan haqidagi g‘aroyib hikochilari sabab bo‘lgandir. Muattarxon barcha fanlarini yaxshi o‘zlashtirib, o‘rta maktabni kumush medalga bitirdi.
    Kimyogar qiz  Milliy universitetning kimyo fakultetini muvaffaqiyatli tugatgach, yo‘llanmaga binoan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining “Biologik kimyo” institutida katta laborant lavozimida ish boshladi. Uning dilida katta istak jo‘sh urardi. U ilmiy ish qilmoqchi - kelajakda kimyogar olima bo‘lishni niyat qilgandi. Ana shu niyat yo‘lida tinimsiz izlandi. Aspiranturaga o‘qishga kirdi, kichik ilmiy xodim sifatida olib borgan ishi ustozlari nazariga tushdi. Mauttar rus tilini  yaxshi bilganligi uchun ilmiy ishini Moskvadagi Fanlar akademiyasining “Organik element birikmalari” ilmiy tekshirish institutida, hozirgi Sankt - Peterburg Fanlar akademiyasining I. M. Sechenov nomli “Evolyutsion fiziologiya va bioximiya” institutida olib bordi. Odatda, ilmiy ish qilish igna bilan quduq qazishdek mashaqqatli mehnatga tenglashtiriladi.
    Ota - onadan, yurtidan uzoqda, sog‘inch bilan og‘ir mehnatni yengish nozikkina qiz uchun oson bo‘lmagani tayin. Unga bir narsa - kelajakka ishonch hamda ilmga bo‘lgan muhabbat kuch berdi. Muattar talabchan rus olimlari sinovidan muvaffaqiyatli o‘tib, 1982 yilda nomzodlik dissertatsiyasini ham yoqladi. Olgan bilimi va malakasini amalda qo‘llash. Jonajon O‘zbekiston fani rivojiga hissa qo‘shish uchun Toshkentga qaytdi. Toshkent irrigattsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining  LX - 6 ilmiy laboratoriyasida katta ilmiy xodimlikdan faoliyat boshlagan  Muattarxon harakatchanligi, mehnatsevarligi tufayli institut jamoasining, ustozlarning  e’tiboriga tushdi. “Kimyo kafedrasi” assistenti, dotsent vazifasini bajaruvchi, 1996 yildan esa dotsent vazifasiga ko‘tarildi.
    U bu vaqt ichida beshta mualliflik guvohnomasini oldi. 30 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qildi, rus va o‘zbek tilida o‘quv - metodik qo‘llanmalar yaratdi. Biroq olima bu muvaffaqiyatlardan qoniqib qolmadi. O‘zbekiston agrar o‘lka. Dunyoda paxtasi bilan mashhur yurt. Ana shu paxtakorlarning og‘irini  yengil  qilish  niyatida izlandi. Ba’zi paytlarda bahor injiq kelib, yog‘ingarchilik   ko‘p bo‘ladi. Ba’zi paytlarda bahor injiq kelib, yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladi. Oqibatda yer qatqaloq bo‘lib, ekilgan chigitlar  chirib  qoladi. Muattar bu muammoni  hal qilish yo‘lini  topdi. Qatqoloqqa qarshi yangi, arzon va qulay polikompleks yaratdi, qishloq xo‘jaligiga tatbiq etildi. Bu kashfiyot Orol hamda Chernobil zonalarida ham sinovdan o‘tdi. Keyinchalik bu polikomplekslarni dala sharoitida tez va ko‘p miqdorda ishlab chiqarish texnalogiyasini ham kashf qildi. Ushbu tajribasini dala sharoitida tatbiq qilish metodik  qo‘llanmasini rus va ingliz tiliga o‘girib, chop qilishda ham jonbozlik ko‘rsatdi.
    Muattarxonning nafaqat  institutda, balki shaharda ham ilg‘or jamoatchi, talabchan murabbiy  sifatida  tanishadi. Qush tilini qush biladi deganlaridek Muattar Toshkent shahar xotin - qizlar qo‘mitasi “Olima ayollar uyushmasi” Kengashi raisining muovini sifatida hamkasblari boshini bir joyga qovushtirishda, ularni qiynagan muammolarni hal qilishda yaqin yordamchi bo‘ldi.
    Mana o‘n yildirki opa ajoyib rahbar, o‘z jamoasining hurmatiga sazovar. Chunki, Muattar Azimovna  xodimlarga ham, o‘quvchilarga ham onadek  g‘amxo‘r. Direktorlikning dastlabki  oylaridanoq o‘quvchilarga muntazam xizmat qiluvchi avtobus tashkil qildi. Kam ta’minlangan oila farzandlari  bo‘lgan  talabalarga  bepul kiyim - kechak ajratildi. Kollej imkoniyatlarini ishga  solib, bunday  o‘quvchilarga moddiy yordam ko‘ratildi. Kollejda sport, fan to‘garaklari  faoliyat ko‘rsatdi. Kompyuter ishqibozlari uchun kurslar tashkil qilindi. U kollejni tugatgach, qayoqqa borishini  o‘ylab o‘tirmaydi. Chunki, Muattar Azimovna yetakchiligidagi murabbiylar bu muammoni ham hal qilib qo‘yishgan. Jamoa  jahondagi ilg‘or  mamlakatlarning  kadrlar tayyorlash borasidagi tajribalarini chuqur o‘rganadi. “O‘zqishloqmashxolding” qo‘shma korxonasi, “O‘zdonmahsulotlari” korporatsiyasi bilan shartnoma tuzdi. Bitiruvchilar shu tashkilotlarga ishga  borishadi. Kollej xalqaro - Germaniya Federativ Respublikasi hamda Britaniya kengashi loyihasiga kiritildi. Bir oy mobaynida Germaniyaning xalqaro rivojlantirish  va malaka  oshirish institutida o‘qib kelgan rahbar, olgan  bilimi va tajribasini  kollej amaliyotida sinadi. Respublika mashinasozlik sanoati rivojida ham Muattarxonning xizmati  beqiyos. Olima mashinasozlik, elektrotexnika, sanoat, geologiya va kartografiya yo‘nalishlari bo‘yicha  Respublika direktorlar Kengashi raisi bo‘ldi.
    2005 yilda opa Britaniya kengashi loyihasi asosida Londonda o‘z malakasini oshirib qaytdi va maxsus fanlar yo‘nalishida seminarlar tashkil etdi.
    2006 yil mart oyida metallurgiya va mashinasozlik yo‘nalishi bo‘yicha Yevropa - Osiyo Turkmetal kasaba uyushmalari  xotin - qizlarining Turkiyaning Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan  12 - sezdida  O‘rta Osiyo mamlakatlari ayollari  nomidan o‘zbek tilida doklad bilan ishtirok etdi.
    2007 yil 1 - maydagi RQ - 633 qarori bilan  Mirzo Ulug‘bek  mashinasozlik kasb - hunar kolleji Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi 3- sonli akademik litseyga aylantirildi. Kollej  rekonstruktsiya qilinib, litseyga aylantirish paytida ham quruvchilar  bilan hamkorlikda kollej o‘rnida ajoyib, yangi, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan litsey qad qo‘tardi. Litseyni yangi, kuchli, talabchan va mohir pedogogik jamoa bilan ta’minlashda opaning mehnatlari juda katta .
    Mana uch yildirki  opa  litsey direktori. Litseyda juda katta, 30 mingdan ortiq o‘quv va ilmiy adabiyotlarni o‘z ichiga olgan zamonaviy Axborot resurs markazi qad ko‘tardi. Chet el jihozlari bilan ta’minlangan 2 ta informatika , 2 ta fizika, kimyo, biologiya va lingafon xonalari barpo etildi.
    Hozirgi kunda talabalar litseyda oliy o‘quv yurtiga kirish uchun 4 yo‘nalishda tahsil olmoqdalar. Litsey endigina  barpo bo‘ldi, lekin  uning o‘quvchilarini turli sohalarda  jahon tanib bormoqda. Sport sohasida qator o‘quvchilar Respublika va dunyo olimpiadalari g‘oliblari hisoblanmoqda.
    Litseyda mehribon rahbar, faol jamoat  arbobi, novator olima Muattarxon oilada ham ajoyib, orasta uy bekasi, g‘amxo‘r ona, suyukli buvijon. Bir so‘z bilan  aytganda bir qo‘li bilan beshikni tebratgan kamtarin, mehnatkash o‘zbek ayoli. Darvoqe uning ham o‘z tashvishlari, amalga oshishi qiyin bo‘layotgan rejalari bor. Shunday paytlarda u ota - onasi huzuriga oshiqadi. Opa katta oilaning farzandi. Otasi uning eng yaqin do‘sti, maslahatgo‘yi. Azim ota 85 bahorni qarshilab borayotgan bo‘lsada farzandlari uchun eng yaxshi maslahatchi hisoblanadi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5