Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
Xalqimiz ham ustoz zotini nihoyatda e’zozlaydi. Ota - ona vujud me’mori bo‘lsa, muallim qalb me’moridir, deya azal - azaldan ularni yuksak sharaflaydi. Qalbi pok, fikrati tinik, sog‘lom avlod esa, nafaqat oilalar kuvonchi, balki jamiyatning ham tayanchidir. O‘zining bor bilish va mahoratini ayamasdan fidokorona mehnat qilayotgan o‘qituvchi - murabbiylar, ustozlar haqida har qancha gapirsak arziydi. Allabergan Babajanov ham ana shunday daryodil insonlardan biri.
Allabergan Babajanov 1956 yili 26 iyunda Xorazm viloyatining Shovot tumani Xitoy qishlog‘ida dunyoga keldi. Otasi Ro‘zim ota ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, uzoq yillar ushbu tumandagi kolxozda iqtisodchi, onasi Roziya aya ishchi bo‘lpb mehnat qilganlar. Shu bois olti farzandga ham yershunoslik hadisini oddiygina qilib, amaliyot orqali singdirishgan. Allabergan 1972 yili 1 - o‘rta maktabni a’lo baholar bilan tugallarkan, yershunos bo‘lishga ahd qildi. 1973 yili u Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Yer tuzish” fakultetiga o‘qishga kirdi. Allabergandagi iktidornish ilk mevasi - 1978 yili oliygohni imtiyozli diplom bilan tugallashida ko‘rindi. Uni institutniig yer tuzishni loyihalash” kafedrasiga ishga olib qolishdi. Bo‘lajak olim 1980 yilning oxirida Rossiyaning Moskva shahridagi Moskva yer tuzish injenerlari institutiga maqsadli aspiranturaga o‘qishga qabul qilindi va uni 1983 yili muvaffaqiyatli yakunlab, ilmiy tadqiqot ishlarining natijasi o‘laroq, 1986 yili ushbu institutdagi ixtisoslashgan ilmiy Kengashda “O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlaridan foydalanishni istiqbolga rejalashtirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Ilmiy va uslubiy izlanishlarni muvaffakiyatli olib borish natijasida unga 1989 yili “dotsntlik” ilmiy unvoni berildi. UR.Babajanov 1989 - 1992 yil fakultet dekanining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, 1992 - 2000 yil “Aholi punktlarini loyihalash” kafedrasiga, keyinchalik “Yerdan foydalanish” kafedrasiga yetaqchilik qildi. 2000 - 2005 yil esa “Yerdan foydalanish” kafedrasida doktoranturada ilmiy faoliyat bilan shug‘ullandi. 2003yili “Yerdan foydalanish va yer kadastri” kafedrasiga, bugungi kunda yana qadrdon “Yerdan foydalanish” kafedrasiga yetakchilik qilmoqda. Shu davrlar ichida olimning 1ta monografiya, oliy o‘kuv yurtlari uchun I ga darslik va 6 ta o‘kuv qo‘llanmasi, o‘rta - maxsus kasb - hunar kollejlari uchun 8ta o‘quv uo‘llanmasi chop etildi. Shuningdek, 100 dan ortiq turli ilmiy va uslubiy ishlarni nashr qilindi. Allabergan Ro‘zimovichning rahbarligida 18 nafar magistrantlar magistrlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi, 2 nafar talaba “Beruniy” davlat stipendiyasi, 1 nafar talaba O‘zbekiston kasaba uyushmalari stipendiyasi va 2 nafar talaba institut ilmiy kengashi stipendiyasi nishondorlari bo‘lishdi. 2009 - 2010 yillari u “TEMPUS - LAREMA” xalqaro ta’lim dasturida ishtirok etib, institutda yangi ochilgan “Yer resurslaridan foydalanish va boshqarish” magistraturasi uchun yangi o‘quv qo‘llanmasini chop ettirdi. 2012 - 2015 yillari “TEMPUS - GIS” Xalqaro loyiha doirasida G‘arbiy Vengriya Universitetida (Budapesht), Angliyaning Grinvich Uiiversitetida (London), Avstriyaning Zaltsburg Universitetida xizmat safarlarida bo‘lib, xorijiy tajribalarni o‘rgandi va respublikamizda geoinformatikani rnvojlantirishga yo‘naltirilgan “GAT loyihalarini tashkil etish va boshqarish” nomli o‘kuv qo‘llanmasini nashrdan chikardi. A.Babajanov va S.Ro‘ziboevlarning 2012 yilda nashr etilgan “Aholi yashash joylari kadastri” o‘quv qo‘llanmasi “Yilning eng yaxshi o‘quv adabiyotlari” tanlovida 2 - o‘rinni eganllaganligi haqida ham faxr bilan gapirpsh mumkii. Kahramonimizning ukalari: Qurbonazar, Ortiqboy, Shavkatbek va singillari: Norguljon va Qurbonoylar ham oliy ma’lumotli bo‘lib, el koriga yarashmoqda. Allabergan aka rafiqasi I Shaxlo ona (o‘kituvchi) bilan farzandlari: Shahnozaxon (texnolog), Umidbek (falsafa fanlari doktori, huquqshunoc, Koliforniyaning San Frantsisko shahridagi kompaniya xodimi) larni tarbiyalab elga qo‘shdilar. Uch nafar nabiralariga ham ilm yo‘li muqaddasligini singdirishdan charchashmaydi...