O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Bakir Cho‘ponzoda

Filologiya fanlari doktori

    Bakir Cho‘ponzoda cda  cho‘pon oilasida  tug‘ilgan. Shuning uchun  o‘ziga keyinroq  Cho‘ponzoda  deb taxallus  tanlagan. Bakir yoshligidan ilm - ma’rifatga qiziqqan iqtidorli bola edi. Dastlab qishlog‘idagi maktabda savodini chiqardi. Keyin uning qobiliyatidan xabardor bo‘lgan Qorasuvbozor Xayriya jamg‘armasi tomonidan Turkiyaga o‘qishga yuborildi. 1909 - 1914 yillarda Istanbuldagi Turk litseyining til va adabiyot bo‘limida o‘qidi. Ayni chog‘da Istanbul universiteti qoshida ochilgan 3 yillik kursga qatnab, arab, fors, frantsuz tillarini o‘rgandi. Natijada bu fanlardan maktab va litseylarda dars berish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma (litsenziya) oldi.
  1914 yilda Qrimga qaytgan Cho‘ponzoda endi rus tilini o‘rganishga kirishdi. Buning uchun port shahri Odessaga keldi. AMMO I Jahon urushi boshlanishi munosabati bilan harbiy xizmatga chaqirildi. Urushda qatnashib, asir tushdi va Vengriyaga yuborildi. Urush tugagach, asirlikdan qutilgan Bakir yana ilm o‘rganishga axd qildi. Budapesht universitetining tarix – filologiya fakultetiga kirib o‘qidi. Bu yerda u turk, semit, fin - ugor tillarini ham puxta o‘rgandi. 7 ta tilni yaxshi o‘zlashtirgan bu bilimdon, qobiliyatli yigitni universitetning Sharq tillari kafedrasida ishga olib qoldilar. Shu yerda ishlab yurib, 1919 yilda dissertatsiya yoqladi va filologiya fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
  Vengriyada 6 yil yashagan Cho‘ponzoda 1920 yilning iyun oyida Qrimga qaytib keldi. Bu yerda Tavriya universitetining sharqshunoslik fakultetida o‘qituvchi bo‘lib ishladi. 1922 yil mart oyida unga professor ilmiy unvoni berildi. 1925 - 1927 yillarda Bokuda yashadi va Boku dorilfununida professor lavozimida dars berdi. Bu paytda Sho‘ro hukumati Markaziy Osiyo va Kavkaz hududidagi respublikalarda yozuvni o‘zgartirish siyosatini boshlab yuborgan edi. Yangi imlo - lotin alifbosiga asoslangan yozuvni zudlik bilan joriy etish niyatida hukumat Cho‘ponzoda singari obro‘li, bilimdon turkolog olimlarni ishga soladi. Lotin yozuviga asoslangan alifboga o‘tish masalasida Bakir Cho‘ponzoda 1926 va 1928 yillarda Uzbekistonga taklif etiladi. U Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Namangan shaharlarida bo‘ladi. Toshkentdagi Urta Osiyo davlat universiteta, Samarqanddagi Oliy pedagogika instituta (pedakademiya, 1928), Farg‘ona shahridagi pedagogika texnikumida ma’ruzalar o‘qiydi, suhbatlar o‘tkazadi. Farg‘ona vodiysida bir necha kun bo‘lgan olim bu yerni va uning bilimga ishtiyoqmand, samimiy odamlarini yoqtirib qoladi. 1930 - 1935 yillarda Farg‘ona davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri lavozimida ishlaydi. Kafedra mudiri lavozimidan ozod etilgan professor Cho‘ponzoda dastlab Urta Osiyo davlat universitetida, keyin Buxoro davlat pedagogika institutida ham ishladi. Biroq Cho‘ponzoda ham ommaviy qatag‘ondan chetda qolmadi. U 1937 yilning 28 yanvarida qamoqqa olinib, shu yili 13 oktyabrda otib tashlandi.
  Olimning 150 ga yaqin ilmiy asarlari o‘nlab tillarda nashr etilgan. Bu asarlar orasida “Turk tili” (1928), “Turk grammatikasi”, “Turk adabiyoti va uning xususiyatlari” (1929), “Turk tili metodikasi” (1934), “Turk tili va adabiyoti” (1936) singari muhim tadqiqotlari alohida e’tiborga molik. XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda keng qanot yozgan ma’rifatchilik harakatining atoqli vakili, mashhur turkiyshunos olim va shoir Bakir Cho‘ponzodaning nomi Avloniy, Fitratlar qatorida biz uchuy qadrlidir. Ayniqsa, uning Farg‘ona davlat pedagogika institutining dastlabki yillarida asos solgan ilmiy yo‘nalishi - turkiy tillar tarixi, o‘zbek mumtoz adabiyoti poetikasini tadqiq etish akademiklar V.Abdullayev, G‘.Abdurahmonov, filologiya fanlari doktorlari A.Ibrohimov, A.Matgoziyevlar tomonidan davom ettirildi.
  Professor Bakir Cho‘ponzoda jahon turkiyshunoslik fani taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan va shu sohada ko‘plab shogirdlar yetishtirgan zabardast olim sifatida Fargona davlat universiteti tarixida muhim o‘rin egallagan.

 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya80