O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Bobomurodova Anora

    O‘zbekiston Respublikasi  Oliy  Majlisi Qonunchilik  palatasi  deputati’ pedagogika  fanlari nomzodi , “Do‘stlik” ordeni  nishondori  Bobomurodova  Anora  bilan   suhbatlashgan  sayin  ko‘ngilning eshiklari  kattaroq  ochiladi, uniki   bo‘layotganingni sezmay  qolasan odam.  Ildizlari rostlikka , haqiqatga  borib  tutashgan fikrlar , mayin ohanglar , nozik did, odob, kamtarlik bilan  qalbimizga kirib  oladi.  Bir go‘zal  baytlar , sherlar aytish  bilan yanayam  chuqurroq  o‘rnashib oladi. Suhbatlashgach, ko‘ngilda yana sog‘inch, yana tashnalik qoladi. Hech kimga ochilmagan, ocholmagan yuragi bir yayraydi Anora bilan suhbatda.Oddiy bir daraxtning tarjimayi holini qarang, opa! Danak yorilib, ildizga, niholga aylanadi. Tinmay o‘sadi. Issiqdan, sovuqdan  ne-ne azoblardan zo‘r chiqib, bahorda yaproqlar yozadi, kurtaklari gulga, gullari mevaga aylanib, odamzodga xizmat qiladi. Har yili takror-takror gul bo‘lib, meva tugaveradi.Umri nihoyasiga yetgach, o‘tin bo‘lib isitadi. Yana kul bo‘lib ham tinib qolmaydi. Tuproqqa qo‘shilib, boshqa ildizlarga oziq bo‘ladi. Bir daraxtda shuncha jasorat bor! Inson zoti undan ham ko‘proq ishlarga qodir. Agar u o‘zini anglay olsagina! Eng oliy mavjudot o‘zi ekanini bilsagina    deydi, kuyinib, suyunib.Anora inson ta’siriga ham, tabiat ta’siriga ham o‘zini mas’ul sezadi. U eng ko‘p ovoz olib saylangan, kuyunchak, xalq bilan hamisha birga deputatlarimizdan biri.Yaxshisi, deputatimizning o‘zlarini so‘zlataylik.Bolaligim Navbahor tumanining oddiy qishloqlaridan birida o‘tgan. Oddiygina maktab, oddiygina muallimlarning kamtarin mehnatlari savodimni chiqargan, aqlimni peshlagan. Birinchi o‘qituvchimizning muloyim kulib, sochlarimizni mehr bilan silab qo‘yishlari bizga eng baxtiyor lahzalarni hadya etar ekan, endi anglasam. Ana shu samimiy rag‘bat uchun tirishib o‘qirdik. Juda-juda ustozimizga sevimli bo‘lgimiz kelardi. Garchi mashg‘ulotlar mavzusi kitoblardan bir-ikki varaqni egallagan bo‘lsa-da, 45 daqiqalik saboq davomida ustozimiz bizga darslikdan tashqari juda ko‘p ilmlarni berishga erisha olardilar. O‘qituvchilarimizning qo‘l mehnati bilan tayyorlagan turli ko‘rgazmali jihozlari bo‘lardiki, ustozlarimizning ulardan o‘rinli va mohirona foydalanishlari natijasida mavzular mohiyati xotiramizga o‘rnashib qolardi. Hamon o‘sha saboqlar yodimda. Muallimga mehnat qilish hech bir davrda oson bo‘lmagan.Shular haqida o‘ylar ekanman, o‘qituvchilarda sabr-qanoat, keng fe’llilik, o‘qish va izlanish, o‘zgalarning ko‘ngil kechinmalarini his etish va hurmat qilish, barchaga birdek mehr- muruvvat ko‘rsata olishdek fazilatlar, albatta, bo‘lishi shart degan xulosaga kelaman.O‘qituvchining har bir harakati, amalidan shogirdlar zimdan andoza oladi. Yodimda, mahallamizda bo‘ladigan turli tadbir, ma’rakalarda ham o‘qituvchilarimizning ishtiroki o‘zgacha bo‘lardi. Ularning har bir yumush boshida turishlari, fikrlari, takliflarining har doim o‘rinli sanalishi menda o‘qituvchi ibratli shaxs bo‘lishi shart, degan qat’iy qarashni shakllantirgan.Anora, siz Navoiy viloyat pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori bo‘lib ishlagan davrlaringizni muallimlar hamon quvonch bilan eslab yurishadi. "O‘qituvchiga o‘qituvchilik qilish oson emas", degan ajoyib iborangiz bor. O‘sha damlarni bir eslasangiz? Navoiy pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malaka¬sini oshirish instituti 1982-yil tashkil etilgan, bor-yo‘g‘i 5 ta o‘quv xonasiga ega bo‘lib, tabiiyki, bu holat ishning samaradorligiga ta’sir etib kelar edi. 2001-2004 yillar ichida qilingan sa’y-harakatlar natijasida 240 o‘rinli bino qad rostlab, o‘quv xonalariga masofadan turib o‘qitish uchun zaruriy barcha texnik jihozlar o‘rnatildi. Men buning uchun ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlashda ko‘mak qo‘llarini cho‘zgan barcha ma’rifatparvar kishilarga minnatdorchilik biddiraman. Biz ana shu yillar ichida yana bir ezgu ishga qo‘l urdik, ya’ni viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda ta’lim-tarbiya jarayonida viloyatning o‘ziga xos ilg‘or pedagogik texnologiyasini yaratishga harakat qildik. Qator sha- har va tuman maktablarida tajriba-sinov ishlari olib borildi. Bu mehnatlarning samarasi fan olimpiadalari, bitiruvchi o‘quvchilarning oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun test sinovlarida to‘plagan badlari taqlili, o‘qituvchilarimizning respublika miqyosidagi turli tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishi kabi sinovlarda bo‘y ko‘rsatdi.Anora, siz she’riyatni juda chuqur tushunasiz va tahlil qilasiz. She’rlar, hikoyalar, o‘qigli va ta’sirchan maqolalar yozasiz.Qonunchilik ham ijodiy mehnat emasmi?Ijodkorlar davrasida ko‘p bo‘laman, adabiy suhbatlar, bahslarni yaxshi ko‘raman. Qalam ahliga hurmatim, mehrim baland. Ijodkor anchayin erkin va shaxsiy munosabatlari bilan yon- dashgan holda ijod qilishi mumkin. Lekin qonun ijodkorligining shunday nozik jihatlari borki, kishida atroflicha fikrlashga, mushohada yuritishga ichki bir zaruriyat, majburiyat, mas’uliyat tug‘diradi. Chunki qonunning har bir bandida millat, mamlakat taqdiri yotadi. Qonunlar ham ijodiy mehnat emasmi? Ijodkorlar davrasida  ko‘p bo‘laman, adabiy  suhbatlar , bahslarni yaxshi ko‘raman. Qonun ijodkorligining  shunday  nozik  jihatlari borki, kishida  atroflicha fikrlashga, mushohada yuritishga ichki bir zaruriyat, majburiyat, masuliyat tug‘diradi. Chunki   qonunning  har bir  bandida millat, mamlakat taqdiri yotadi. Qonunlar hamma  uchun  tushunarli , hamma  uchun  maqbul, hamma  uchun foydali.Ayni paytda barcha huquqiy normalarni o‘zida aks ettirgan bo‘lmog‘i lozim. Ikki palatali parlamentning Qonunchilik palatasi "Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari" qo‘mitasining a’zosi sifatida professional tarzda ish olib borayapsiz. Bu jarayonni faoliyatingizdagi keskin bir burilish yoki sakrash deyish mumkinmi?Azaldan o‘qituvchi shaxsini haqiqat bilan bog‘laganman. Muallimlarimning har bir amallaridan adolat qidirganman va topganman. Nazdimda, ustoz hamisha haq so‘zni aytuvchi, muammolar yechimini topib, to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsata oluvchi zot bo‘lgan. Hammamiz o‘quvchi bo‘lganmiz. Bolalik olamiga qaytib, xotiralarimizni titkilaylik-a: "Muallimga aytaman", "Ustozdan so‘rayman", "Bu gapni ustozim aytgan", degan ko‘ngildagi ishonchu suyanchlar hech birimizga begona hissiyot emas. Men yoshligimda huquqshunos bo‘lishni orzu qilardim. Keyinchalik esa o‘qituvchimning o‘nlab, yuzlab shogirdlar yuragida jamiyatdagi illatlarga qarshi kurashish hissini uyg‘otib, yaxshi tarbiya bilan turli sohalarda vijdonan mehnat qiluvchi shaxslarning kamolotiga ulush ko‘shishi mumkinligini anglaganim sari muallim bo‘lish ishtiyoqi intilishlarimga butkul singib ketdi. Lekin mamlakatimizning siyosiy hayoti, jahondagi rivojlangan mamlakatlarning taraqqiyot bosqichlari, ayniqsa, ulardagi ta’lim tizimidagi yutuklar meni hamisha qiziqtirgan. Navbahor tumani, Navoiy viloyatining ijtimoiy, ma’naviy-madaniy, ma’rifiy hayotidagi o‘zgarishlarga hech qachon befarq qaramaslikka harakat qilganman. Qandaydir ixtiyoriy-majburiy ichki bir talpinish bi¬lan qaynoq jarayonlarning faollaridan biriga aylanganman. Shu nuqtai nazardan, juda katta mas’ullik — qonunchilik ustida ishlash men uchun yana bir bosqich, yana bir maktab vazifasini o‘tayapti desam to‘g‘riroq bo‘ladi.Siz qadrlaydigan tuyg‘ularG‘urur inson uchun eng qadrli tuyg‘udir. Oriyatli ki- shilargina g‘ururli bo‘ladilar. Ularning qorni och, usti yupun bo‘lsa-da, birovning sadaqasiga qo‘l uzatmaydilar. Milliy g‘urur — millat g‘ururi.Shukrki, ota-bobolarimiz kutgan, intilgan davr keldi. Ming yillik orzular ro‘yobga chiqdi. Biz shunday ro‘shnolikni asray olamizmi, avlodlarga yetkazishda bobolar shijoati, momolar mexrini saqlashga  qurbimiz yetadimi? G‘aflatda qolmaslik uchun el-elatlar hamkormizmi? Biz — o‘zbek, tojik, qoraqalpoq, turkman, qozoq va boshqalar quda-andamiz: bir dilu bir tanimiz, o‘g‘il-qizlarimiz va nevaralarimiz tutash jonlarimiz-ku! Ularni ko‘z qorachig‘iday asrash, avlodlar davomiyligi uchun kurashga tayyormizmi? G‘urur va iftixorimiz bo‘lgan ona yurtimizning mustaqilligini mustahkamlash uchun uyg‘oq- mizmi?Anora Bobomurodova millat va uning g‘ururi, qadriyatlarimiz haqida to‘lib-toshib so‘zlaydi. U so‘zlar ekan, shoh va shoir Bobur hazratlarining misralari yodimga tushadi Jahondin menga g‘am bo‘lsa, Ulusdin gar alam bo‘lsa, Ne g‘am yuz muncha xam bo‘lsa, Seningdek g‘amgusorim bor Elimning dili mehru muhabbat bilan limmolim, hamisha uyg‘oq va bedor, olima, oqila qizi borligidan ko‘nglim osmonlarga chiqadi...Anora Bobomurodovaning turmush o‘rtog‘i Samandar Ergashev Ichki ishlar tizimida 20 yil xizmat qildi. Hozirda fermer. Qizlari Hayotxon Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika universitetining tarix fakulteta, milliy istiqlol g‘oyasi, huquq va ma’naviyat asoslari yo‘nalishining I bosqichida "a’do"ga o‘qimoqda.Kenjatoy Muhibaxon adabiyot va san’at shaydosi. Hikoya, she’rlar yozadi, raqs tushadi. Aniq fanlarni yaxshi o‘rganmoqda. Moliya sohasida ishlamoqchi. O‘zbekiston juda boy bo‘lib ketadi, xazinabon bo‘laman, deydi. Ular Anoraning qanotlari.Anoraning qalbida orzular daraxti har bahor qayta-qayta gullaydi.Gullar mevaga aylanadi. Shoxlarini egib elini siylayveradi.
 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar20



Ijtimoiy-gumanitar fanlar20



Tabiiy fanlar30



Filologiya30