O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Boboxonova Halima Abshiyevna

Boboxonova Halima Abshiyevna    Boboxonova Halima Abshiyevna, 26 aprel 1963 yilda Toshkent viloyatining  G‘azalkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, matbaa  ishlab chiqarish texnologiyasi va dizayn kafedrasi  dotsenti, texnika fanlari nomzodi.
    “Oyijon, meni tabriklang, maktabni oltin medalga tugatdim.”  – uyga ohuday yugurib kirgan  Halimaxon o‘zini  onasining  bag‘riga otdi.
    Umringdan baraka top, qizim. Yuzimni yorug‘ qilding. Men kenjatoyim  ancha erka - da, deb doim xavotirda yurardim. Ilohim, bundan keyin ham o‘qishlaring, ishlaring hamisha  besh bo‘lsin, meni quvontirib yuzimni yorug‘ qilib yurgin, - ko‘zida yosh bilan ko‘zlari  chaqnab turgan qizini peshonasidan beozor o‘pdi.
    Halima shunda besh farzandni yolg‘iz ardoqlab, ham ota, ham ona bo‘lib, mehnatkash, odobli qilib voyaga yetkazgan onasi sochlariga oq oralaganini anchagina  xorg‘in  bo‘lib qolganligini his qildi.
    - Oyijon, endi siz ishlamaysiz, opalarim , akam - biz ishlaymiz. Siz endi dam oling, - dedi Halima oyisini quchib.
    - Yo‘g‘ - e, bolam, hali qiladigan ishim ko‘p. Akangni uylantiramiz, opangni uzatamiz. Sen bularni o‘ylama. Sen o‘qishga bor, ko‘nglingdagi  institutga kirib olsang, meni charchoqlarim chiqib ketadi. Niyatim, sen ham opa - akalaringa o‘xshab oliy ma’lumotli bo‘l, yurt koriga yara. Otang rahmatlini vasiyati bu, - qizini quchog‘idan  bo‘shatdi ona. Endi  sen sabzi art, osh qilamiz, opalaring kelsa, oltin medalingni yuvamiz. 
    Bu duo, bu orzu Halimaxonga qanot bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay G‘azalkentdagi  3 - maktabning sobiq o‘quvchisi Halima Abshiyevna Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat  institutining    a’lochi talabasiga aylandi. Chaqqon, bilimga tashna, ustozlarining  suyukli  talabasiga aylangan  Halimaxon baxtini ham shu yerda  topdi. Kursdoshi Avazjon unga sovchi qo‘ydi. Institutni tugatgach 1985 yilda ularning to‘yi bo‘ldi. Hamkasb  kelin - kuyovlar  Toshkentdagi  3 - bosmaxonada  birga  ish  boshladilar. Ustozlaridan olgan bilimlarini  amaliyotga muvaffaqiyatli tadbiq etgan yoshlar rahbarlar nazariga tushdi. Halimaxonning  iqtidorini yaxshi bilgan ustozlari qadrdon institutiga ishga taklif qilishdi. U “matbaa ishlab chiqarish  texnologiyasi” kafedrasiga assistent bo‘lib ishga kirdi. Yosh mutaxassis talabalarga  dars berish barobarida o‘zi ham juda ko‘p o‘qidi, o‘rgandi. 1996 yilda Halima     Boboxonova  katta o‘qituvchi lavozimiga o‘tdi. Bu paytda mustaqillik  sharofati  bilan O‘zbekistonga dunyo darvozalari keng ochilgan edi. Ta’lim tizimida ham ulkan islohatlar  boshlangan  edi. 1998 yil Halima Abshiyevna Printpromoshen granti sifatida  Germaniyadagi Berg Universitetida uch oylik tajriba almashishga bordi, bu safar unga ilmiy  ishning bir qismini yozishga imkon ham bergan edi. U 2000 yilda professor  H.Alimova rahbarligida O‘zbekistonda  birinchi bo‘lib “Matbaa  ishlab   chiqarish  texnologiya mashina va agregatlari”  ixtisosligi bo‘yicha  “Ipak va kanop qo‘shilgan qog‘ozning  bosma xususiyatlari” mavzuidagi nomzodlik  dissertatsiyasini birinchi  bo‘lib muvaffaqiyatli  himoya qildi.
    Dunyo ko‘rgan kishi dunyolar yaratadi. Halimaxon ham bakalavr talabalari, magistrant  shogirdlari qalbida ham matbaachilikning o‘ziga xos dunyosini kashf etdi. U kasbining  sir - asrorlarini, bugungi taraqqiyotini,  yurtimizda  bu sohada qo‘lga  kiritilgan yutuqlar , bo‘lajak matbaachilarning oldidagi turli vazifalar, tekshirishlarini bildiradi.
    Yakuniy malaka ishi himoyasi  bo‘yicha davlat attestatsiya komissiyasi a’zosi sifatida malakali kadrlar  tayyorlashga   munosib  hissa qo‘shayotgan   ustoz - olima   2001 yilda kafedra dotsenti bo‘ldi.
    Halima Boboxonova 2005 “Istedod” jamg‘armasi granti g‘olibi bo‘lgach, Xitoydagi Shanxay universitetida  malaka oshirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. 2006 yilda Germaniya  o‘zaro ilmiy  xodimlar almashish  Akademiyasi DAAD granti sovrindori bo‘lib, dunyoga mashhur Berg Matbaa universitetida  ikki oy ilmiy tadqiqot  olib bordi. Bu esa olimaning bilimiga bilim qo‘shgani, tajribasini boyitgani shubhasiz. O‘z navbatida  pedagog – olima o‘z bilim  tajribasini  yurtimiz  matbaachiligi  sanoati rivojlanishiga tadbiq  qilmoqda. Ular bayon qilingan 88 ta ilmiy, 20 ta o‘quv uslubiy, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta darslik , bugungi kunda  shu soha  mutaxassisi  va xizmatchilarini  dasturi amaliga aylangan, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.
    Uning “Yilning eng yaxshi darsligi  va o‘quv adabiyoti muallifi” Respublika  tanlovida  “Bosma qolip  tayyorlash texnologiyasi” o‘quv qo‘llanmasi II darajali diplom bilan taqdirlangani fikrimizga isbot bo‘lishi shubhasiz.    
    Halima Abshiyevna bugun institutining  nufuzli fakultetida faoliyat yuritadi. Fakultetda qo‘lga  kiritilayotgan  har bir yutuqda  uning munosib xizmati bor. Talabalar turar joyi , fakultetning  barcha o‘quv xonalarini  to‘liq ta’mirdan chiqarishdi. Tinib tinchimagan rahbar  Respublika va chet el turdosh institutlar va yetuk korxonalar  bilan  uzviy aloqa o‘rnatgan.
    Halimaxon ishdan qaytgach, oila davrasida ham matbaachilik mavzusidagi  suhbatlar  davom etadi. Chunki  turmush o‘rtog‘i Avazjon “Idea Print” korxonasi  bosh muhandisi  Toshkent  to‘qimachilik  va yengil sanoat institutini magistraturasini  tugatgan o‘g‘li Shuxrat “Davlat belgisi”  korxonasida  usta, qizi Madinaxon  ham xuddi shu  soha  magistraturasini  bitirdi. Bir - birini tushunib, bir - birini qo‘llab, yashayotgan bunday oilada ham, ular  xizmat  qilayotgan korxonada  ham  muvaffaqiyatlar, yutuqlar bo‘lishi shubhasiz. Chunki  ahillik totuvlik bor joyda baraka butun.
    Halimaxon bu yutuqlardan, baxtiyorlikning  bosh garovi onasining duosida deb biladi. Ich - ichidan onasidan  minnatdor bo‘ladi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar20



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar70



Filologiya5