O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Bo‘rixodjayeva Gulnora Hulkarovna

Bo‘rixodjayeva Gulnora Hulkarovna    Hayotda  shunday kasb borki, u bu vosita  inson umri, uning  bebaho boyligi  bo‘lmish  salomatligini  asrashga  qaratilgan  bo‘ladi. Shukurki, oramizda ana shunday sharafli kasbni ardoqlab, qalbi o‘zi kiygan xalati misol oppoq, atrofdagi insonlarga faqatgina yaxshilik, sog‘liqni ravo ko‘ruvchi shifokorlar talaygina.
  Bugungi kunda o‘z faoliyatini Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi 22 - oilaviy poliklinikaning bosh shifokori sifatida olib borayotgan Gulnora opa Hulkarovna xam ana shunday ulug‘vor kasbning etagini tutib, el olqishiga sazovor bo‘layotgan yetakchi ayollardan biri. Bo‘rixodjayeva Gulnora Hulkarovna 1958 yili Toshkent shahrining “Ishchilar shaharchasi”da ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Tumandagi 50 - maktabni tugallab, 1975 yili ToshMIga o‘qishga kiradi. Bitirgandan so‘ng yo‘llanma asosida 1 - tibbiyot institutida ish faoliyatini talabalarga saboq berishdan boshladi.
  Otasi - Jamolov Hulkar Moskvadagi “Aviatsiya” institutini tugallab, 84 - TAPOiCh zavodida uzoq yillar samarali mehnat qilgan, so‘ngra esa Respublika kasaba uyushmalari qo‘mitasining raisi sifatida faoliyat yuritgan.
  Onasi - Muyassar Jamolova shifokor bo‘lishni istagan. Lekin taqdir taqozosi bilan Xorijiy tillar institutini tugallab, avval konservatoriyada, keyin Irrigatsiya va melioratsiya institutining xorijiy tillar kafedrasida mudira bo‘lib ishlagan. Gulnora qaysidir ma’noda onasining armonlarini ushalishi uchun ham shifokor bo‘lganini, ularning niyatlari ijobatini ta’minlaganini mamnuniyat bilan gapiradi.
  Gulnora ilmiy ishni davom ettirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi va aspiranturaga kirib, “Ayollarda homiladorlik davrining asoratlari” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqladi. 1997 - 1998 yillarda esa Amerikaning yetakchi farmatsevt kompaniyasida ishchilarni o‘qitish bo‘yicha trening - menejer sifatida faoliyat yuritdi.
  G‘ulomjon No‘monovichdek yuksak didli, mahoratli inson bilan turmush qo‘rdi. G‘ulom aka ham ToshMIda, jarrohlik fakultetida o‘qiganlar. Uzoq yillar “Bo‘ston” sanatoriyasida bosh shifokor bo‘lib ishlab, ko‘pchilikning duosini olgan inson. Gulnorani, qolaversa, kasbini juda hurmat qiladi. Shuning uchunmi, ikkovi bir - birlarini tez tushunishadi. Hozir Respublika Narkologiya markazida bosh shifokor bo‘lib ishlamoqda. Ikkita o‘g‘illari bor. Katta o‘g‘li Furqatjon - Politexnika institutiti qoshidagi Malayziya universitetining “Menejment” ixtisosligini tamomlab, hozirda Angliyaga qarashli kompaniyaning vakolatxonasida yetakchi mutaxassis sifatida faoliyat yuritadi. Kelini - Parizoda Diplomatiya institutini tugallagan. Hozirda “Ipoteka bank”ida mutaxassis. 2008 yilning 21 martida ularga nevara ko‘rish baxti nasib etdi, ismini Navro‘za qo‘yishdi.
  Ikkinchi o‘g‘li - Farhodjon Irrigatsiya va melioratsiya institutini “Iqtisod” yo‘nalishi bo‘yicha tugallagan. Hozirda qo‘shma korxonada import amaliyotlari bo‘yicha mutaxassis. Kelini - Nilufarxon Sharqshunoslik institutida magistrant. Farzona ismli qizlarini birgalikda tarbiyalashmoqda.
  - “Oilamdan juda ko‘nglim to‘q. Ayniqsa, ishdan charchab kelganimda, iqbolimga chiqqan nabiralarimni qo‘limga olib, bag‘rimga bosganimda barcha charchoqlarim unutiladi. Ular mening hayotim mazmuni” - deydi Gulnora Hulkarovna.
  Endi opaning bevosita bugungi bosh shifokorlik faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 2009 yildan e’tiboran opa poliklinikada zalvorli ishlarni amalga oshirdi. Gulnora Hulkarovna eng avvalo xo‘jalik ishlari, poliklinikaning ichki va tashqi ko‘rinishi, tibbiy asbob - uskunalar bilan ta’minlanganlik, qolaversa, personal - xodimlar malakasi bilan qiziqib, bu borada katta ishlarni amalga oshirdi. Bugun ushbu tibbiyot maskani xar jixatdan - kishilarga salomatligini tiklash yo‘lidagi berilayotgan tibbiy muolajalar sifati, yuqori tibbiy malaka, qolaversa, binoning tashqi va ichki ko‘rinishi nuqtai nazaridan ham tumandagi boshqa poliklinikalardan ajralib turadi. Bu jixat, axolining tibbiy madaniyatini oshirishda, sog‘liqni saqlash yo‘lidagi opaning alohida jonbozligida, tibbiyot maskaniga keltirilayotgan zamonaviy jihozlarda ko‘rinadi. Tez - tez mahallalarda turli mavzularda ma’lum bir yo‘nalishdagi tadbirlar, xodimlar orasida ko‘rik - tanlovlar, maskanga nufuzli tibbiyot dargohlaridan malakali mutaxassislarning chaqirilishi, bularning barchasi bugun o‘z natijasini bermokda. Statistik ma’lumotlarga qaraydigan bo‘lsak, bugun tumandagi barcha: xoh u fertil yoshidagi ayol bo‘lsin, xoh qariyalar, nogironlar, yosh bolajonlardan tortib barchasi tibbiy nazoratda.
  - “Bosh shifokor bo‘lib ishga kelgan kunlarimni eslar ekanman, kaynonamning menga bergan daldalari, qo‘llab- kuvvatlaganlari kechagidek yodimda”. Qaynonam Ibrat opa “Ishchilar” mahallasidagi 21 - sonli poliklinikada 30 yildan ziyod bosh shifokor bo‘lib ishlab, oltita farzandni tarbiyalab, xushmuomala shifokor sifatida nom chiqarganlar. Ulardan olgan o‘gitlarim, nasihatlar bugun faoliyatimda juda asqatmokda.
  Qaynotam No‘‘monxo‘ja akani ham faqat yaxshi sifatlar bilan yodga olaman. Ularning hayot yo‘llari menga namuna bo‘ldi, desam mubolag‘a emas. Balki bu ham takdirning menga bergan inoyatidir.
  Gulnoraning yuz - ko‘zidagi mamnunlik, xotirjamlik zohir so‘zlarini tinglab turib, bu Ayolga Hayot chinakam Baxt berganligini sezish mumkin. El xizmatida yonib yashash, kishilar salomatligini asrashdek sharafli ishingizda yuksak parvozlar tilaymiz!



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5