O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Dostjonov Tangribergan

Dostjonov Tangribergan    1950 yilda Toza yorm ish qishlog‘ida tavallud topgan.
Ilmga ishtiyoqi zo‘r Tangribergan o‘rta maktabda ustozlarining so‘zlariga, maslahatlariga amal qilib, a’lo baholarga o‘qidi. Har yili tuman va viloyat fan olimpiadalarida ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallardi. 1966 Yili u qishlog‘idagi 32 - son o‘rtama ktabni bitirib, Urganchdagi pedagogika oliygohiga xujjat topshirdi. Lekin tasodifiy bir anglashilmovchilik bois o‘qishga kirolmay, qishloqqa qaytishga majbur bo‘ldi. Ilm olishga ishtiyoqi kuchli Tangribergan tushkunlikka tushmay, shu yilning o‘zidayoq Toshkent xalq xo‘jaligi institutining tayyorlov kursida o‘qiy boshladi. Kirish imtihonlarini topshirayotganidayoq domlalar undagi o‘tkir zehnni payqab, kelajakda yaxshi mutaxassis bo‘lib yetishuviga umid bog‘lagan edilar.
1971 yilda oliygohni bitkazishi bilanoq uni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Iktisodiyot ilmiy – tadqiqot institutining “Boshqarish muammolari” bo‘limiga ishga takli fetishdi. Yosh ilmiy xodimdagi kuchli iqtidorni sezgan professor A.Safoevva akademik I.Iskandarov o‘sha Yili uni sobiq Ittifoq Fanlar akademiyasi Markaziy Iqtisodiyot - matematika institutining stajyor – tadqiqotchiligiga tavsiya qilishdi. Moskvada ilmiy – tadqiqot ishi bilan chinakamiga shug‘ullanishga kirishgan Tangribergan 1973 - 1976 yillarda institutning kunduzgi aspiranturasida tahsil ko‘rdi. Uni tugallashi bilan tezda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlagach, dastlab ilmiy faoliyatini boshlagan institutga qaytib, ishini davom ettirdi.
Yosh olim qisqa davr ichida bu dargoxda ulkan obro‘ qozonib, oddiy ilmiy xodimlikdan bosh ilmiy xodim darajasigacha ko‘tarildi. U ancha yillar davomida Orol bo‘yi mintaqasida ekologik – iqtisodiy vaziyatni mo‘tadillashtirish va xalq xo‘jaligi ijtimoiy soxalari hamda ishlab chiqarish ob’ektlari asosiy fondlarining texnik holatiga baho berish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqishda asosiy rol o‘ynagan yetuk mutaxassislardan biri bo‘ldi. Bu xususdagi ilmiy – nazariy xulosalari “2010 yilgacha mo‘ljallangan O‘zbekistan tabiiy boyliklaridan ratsional foydalanish va atrof – muhitni muhofaza qilish kompleks programmasi”, “O‘zbekistonning boshqariladigan bozor iqgisodiyotiga o‘tish kontseptsiyasi”, “Atrof – muhit ifloslanishining iqtisodiy zarari bo‘yicha reja loyixasi yuzasidan metodologik xujjatlar” ga kiritilgan.
T.Do‘stjonovning uzoq yillar olib brogan ilmiy tadqiqot ishlari sakkiz tamonografiya ko‘rinishida nashr etilgan. Ulardan “Atrof – muhitni muhofaza qilish, tabiiy muhit tozaligini boshqarish modeli”, “Kichik biznesning katta imkoniyatlari” (xamkorligda yozilgan) ilmiy ishlari 1977 yilda Moskvadagi “Ekonomika” nashriyotida nashr etilgan. “Fan” nashriyotida 1980 yilda 8 bosma taboq hajmidagi (xamkorlikda yozilgan) "O‘zbekistan xalq xo‘jaligi tarmoqlarini rejalashtirishni takomillashtirish", 1989 yilda 10 bosma taboq xajmidagi"O‘zbekistan agrosanoat kompleksini kimyolashtirishning ekologik – iqtisodiy muammolari” kitoblari bosmadan chiqqan. Shuningdek, 2001 - 2002 yillarda ingliz, rus va o‘zbek tillarida “Avesto va uning insoniyat taraqqiyotidagi o‘rni”, 2004 yili “O‘zbekistan demokratik taraqqiyot yo‘lida”, “Xorazm Ma’mun Akademiyasi olimlarining iqtisodiy – ijtimoiy qarashlari” (T., Iqgisod - moliya, 2005), “Xorazm Ma’mun Akademiyasining olis – yaqin yulduzlari” (T„ Iqgisod - moliya, 2005, o‘zbek, rus tillarida), “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning dolzarb muammolari” (T., Ikdisod – moliya. 2007) kabi kitob va risolalari ulkan nazariy va amaliy axamiyatga molik bo‘ldi.
Olim e’lon qilgan ilmiy – tadqiqot xarakteridagi ishlar soni 200 taga yetadi. Ulardan 50 ga yaqini chet el nashrlarida bosmadan chiqqan. U o‘z ilmiy ishlari bilan mintaqada ekologik – iqgisodiy vaziyatni yaxshilashga muayyan darajada ulkan hissa qo‘shib kelayotir. 1980 yildayoq “Paxta” kompleks programma muammolarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi” mavzusidagi ishi uchun ijtimoiy fanlar bo‘yicha yosh xodimlar Butun ittifoq tanlovining g‘olibi bo‘ldi va 1 - darajali Diplom bilan taqdirlandi. O‘zi mehnat qilgan Iqgisodiyot oliygohidagina emas, balki mamlakatdagi va sobiq Itgifoqdagi yirik olimlar davrasida xam uning iqdidorli olim ekani tez - tez tilga olinadigan bo‘ldi. Shuningdek, jamoa ilmiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, ko‘pchilikning xurmat - e’tiborini qozondi. Institut ilmiy Kengashi xamda Fanlar akademiyasi bo‘yicha tabiiy resurslar va atrof – muhitni muhofaza qilish tadbirlariga iqtisodiy baho berish komissiyasi a’zosi sifatida ham samarali faoliyat ko‘rsatdi.
T.Do‘stjonov faqat o‘z ishi, izlanishlari bilan cheklanib, boshqalarga loqayd munosabatda bo‘ladigan olimlar toifasidan emas. U mamlakatda ilmiy kadrlar tayyorlash ishiga munosib hissa qo‘shish maqsadida aspirantlar va tadqiqotchilarga muntazam ilmiy - metodik yordamini ayamay keladi. O‘ndan ortiq shogirdi doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildi.
1990 yilda yosh iqtidorli olim hayotida unutilmas voqea yuz berdi. U qirq yoshida “Agrosanoat kompleksida kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish va qo‘llanishning ekologik – iqtisodiy asoslari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqdadi. Dissertatsiya iqtisod fanlari doktorlari, professor A.I.Koshkin, P.X.Nosirov, S.N.Bobilevlar opponentlik qilishdi. Moskvalik va toshkentlik yirik olimlar Tangribergan Do‘stjonovning fanda erishgan ulkan muvaffaqiyatiga yuksak baho berdilar. Unga1992 Yili professor unvoni bo‘ldi.
Keyingi deyarli 20 yillik mextsati va ilmiy - pedagogik faoliyati Xorazm viloyatida davom etayotgan professor T.Do‘stjonov 1992 - 1995 yillari viloyat hokimining umum iqtisodiy, 1995 - 1999 yillari ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, 1999 - 2007 yillari Urganch bank  kolleji direktori bo‘lib ishladi. 2007 yildan esa kollej axborot - resurs markazi rahbari, 1992 yildan Urganch Davlat universiteti professori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatib kelmokda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya80