O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Esanova Zamira

Esanova Zamira    O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent Davlat Yuridik universiteti Ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori, huquqshunoslik fanlari doktori Esanova Zamira Normurotovna maktab yillaridayoq a’lo o‘qishi, jamoat ishlaridagi faolligi, tarix va huquq fanlariga bo‘lgan katta qiziqishi bilan maktabdoshlari o‘rtasida ajralib turardi. Uning asosiy maqsadi ham yaxshi huquqshunos bo‘lish, ilmini oshira borish edi. Ana shu ezgu maqsad yo‘lida Zamira Esanova 1990 yil ToshDU (Hozirgi UzMU)ning huquqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirdi. 1995 yili Toshkent Davlat Yuridik institutini imtiyozli diplom bilan tugatdi.
  Zamira Esanova mehnat faoliyatini Toshkent Davlat universitetining laboranti, so‘ngra “O‘zbekiston davlat va huquqi asoslari” kafedrasi o‘qituvchisi, 1999 - 2006 yillarda Toshkent Davlat Yuridik instituti “Fuqarolik protsessual huquqi” kafedrasining o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, 2006 - 2010 yillarda kafedraning dotsent vazifasini bajaruvchisi, dotsenti, 2010 - 2011 yillarda kafedra mudiri vazifasini bajaruvchisi, 2011 - 2013 yillarda Toshkent Davlat Yuridik instituti “Fuqarolik protsessual huquqi” kafedrasining mudiri, 2013 yil Toshkent Davlat Yuridik universiteti “Fuqarolik protsessual va xo‘jalik protsessual huquqi” kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan.
  Hozirda Toshkent Davlat Yuridik universiteti Ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelmoqda.
  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 27 avgustdagi farmoniga ko‘ra dotsent Zamira Esanova “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan huquqshunos” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
  Zamira Normurotovna 2005 yil “Otalikni belgilash to‘g‘risidagi nizolarni sudda ko‘rishning protsessual xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2010 yil "Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq nizolarni fuqarolik sudida ko‘rishning protsessual xususiyatlari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
  Hozirgi vaqtga qadar Zamira Esanova tomonidan 3 ta darslik (hammualliflikda), 4 ta monografiya, 1 ga monografiya (hammualliflikda), 6 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 3 ta o‘quv qo‘llanma (hammualliflikda), 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma (hammualliflikda), 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, jumladan 6 tasi xorijiy jurnal va to‘plamlarda chop etilgan.
  Zamira Esanova Toshkent Davlat Yuridik universiteti Ixtisoslashgan kengash a’zosi, Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminar raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi Ilmiy maslahat kengashi a’zosi sifatida amaldagi moddiy va protsessual qonunchilikning takomillashuvida va Oliy sud va Oliy Xo‘jalik sudi plenumi qarorlari loyihalarini takomillashtirishda o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.
  Dotsent Esanova Zamira Normurotovna mehnat faoliyati davomida barcha majburiyatlarni sidqidildan his qilib, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishga harakat qiladi, o‘ziga va talabalarga nisbatan o‘ta talabchan.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5