O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Hakimova Xatibaxon

Hakimova  XatibaxonFilologiya fanlari nomzodi, dotsent

    1931 yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. O‘rta maktabni a’lo  baholar bilan tugatgan. 1948 yilda Farg‘ona davlat   pedagogika institutiga  o‘qishga kirib, uni imtiyozli diplom bilan  bitirdi. 1964 yilda akademik  I. Sulton ilmiy  rahbarligida  “Ulug‘ Vatan urushidan keyingi  yillarda o‘zbek komideyasi”  mavzusida  nomzodlik dissetatsiyasini himoya qildi. 1966 - 1971 yillarda Farg‘ona davlat  pedagogika  institutining o‘zbek tili  va adabiyoti  fakultetida dastlab katta  o‘qituvchi, keyin dotsent vazifasida mehnat qildi. 
    X. Hakimova Farg‘onada oz muddat  faoliyat  ko‘rsatgan bo‘lsa - da, opadan ta’lim  olgan talabalar qalbijda  unutilmas  taaasuroqolgan U murabbiylik  qilgan guru  talabalari  tasavvurida  hozir ham  mehribon  onalariday , maslahatgo‘ylariday : o‘z aloqalarini uzmay, yo‘l - yo‘riq  olib turadilar, o‘z yo‘lboshchilariday ko‘radilar. Opa murabbiylik qilgan sobiq  talabalar, mana, 47 yildirki, avvalari  har oyda, hozirda  olti  oyda bir marta  uchrashib, bir - birlari  bilan diydorlashib, o‘z hayotlari  haqida  xabarlashib turadilar. Bunda , albatta mehribon  ustoz  Xatibaxon  Hakimovaning xizmatlari  juda katta.
    Xatibaxon opa rahbarlik qilgan  ggurux talabalari orasidan ko‘plab davlat arbobolari, taniqli ustozlar, el ardog‘idagi olimlar yetishib chiqqan. 
    1971  yildan 1995 yilgacha Toshkent davlat universiteti  o‘zbek filologiyasi  fakultetida  talabalarga  adabiyotdan saboq berdi.
    Olimaning “Shohi so‘zana”, ”A. Qahhor  komediyasida  personajlar  tili”, “Komediyada  xarakter   va konflikt”,”O‘zbek satirasining  ba’zi  bir hususiyatlari”, ”O‘zbek dramaturgiyasi tarixi” kabi asarlari  o‘zbek adabiyotshunosligiga  qo‘shilgan munosib hissa bo‘ldi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya80