O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Ibrohimov Akramjon

Ibrohimov AkramjonFilologiya fanlari nomzodi, dotsent

     1910 yil 25 dekabrda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 1927 - 1931 yillarda  o‘qituvchilar  tayyorlash bilim  yurtida  o‘qidi.1931 - 1935 yillarda  YaRishton  tumanidagi  1 - maktabda ishladi. 1935 - 1939 yillari  Farg‘ona davlat pedagogika  institutining o‘zbek tili va adabiyoti  fakultetida  ta’lim oldi. O‘zbek mumtoz adabiyoti  hamda adabiyot  nazariyasi fanlaridan darslik va qo‘llanmalar  yaratgan  professor  A.Sa’diy  A.Ibrohimovni ilmiy - tadqiqot ishlariga jalb etdi. 1939 yil institutni  imtiyozli  tugatgan  yosh tadqiqotchi  kafedrada  ishga  olib qolindi. 1950 yilda “Muhammad Solih  ijodi  va uning “Shayboniynoma”  asari”  mavzusidagi  nomzodlik  dissertauiyasini  yoqladi. 1954  yilda  dotsentlik  unvonini oldi.
    A.Ibrohimov Sharq va  o‘zbek mumtoz  adabiyotini  chuqur o‘zlashtirgan yetuk olim edi. U Firdavsiyning “Shohnoma”, Yassaviy “Hikmatlar”i, Lutfiy, Navoiy g‘azallari va dostonlarini yoddan o‘qib tahlil qilar, talabalardan ham yodlashni talab qilardi. Olim, ayniqsa, o‘zi ilmiy tadqiqot ishi olib borgan XVI-XVII asrlarda yashab ijod qilgan Muhammad Solih, Bobur, Majlisiy kabi adiblar merosini juda yaxshi bilar, ularni buzib talqin qilayotgan ayrim olimlarga dadil qarshi chiqardi. Masalan, Bobur va Shayboniyxon o‘rtasidagi taxt talashish jarayonini, ularning obrazini yaratishda Muhammad Solih realistik pozitsiyada turganligini aniq misollar asosida tushuntirib berardi. Shuningdek, ustoz Majlisiy tomonidan yaratilgan doston nomi ayrim adabiyotshunoslar aytganidek, “Qissai Sayfulmalik” emas, balki shoir asaridan olingan misollar asosida “Qissai Sayfulmuluk” ekanligini isbotlab berdi.
    Ustoz adabiyotshunos kommunistik mafkura g‘oyat avjiga chiqqan, xalqimiz tarixi, madaniyati, adabiyoti va san’ati kamsitilgan XX asrning 60 - yillarida ham Yassaviy, Boqirg‘oniy, Rabg‘uziy, Bobur, Huvaydo kabi ijodkorlar merosi to‘g‘risida ishtiyoq bilan dars bergan. A.Ibrohimov intiluvchan yoshlarga mehribon ustoz bo‘lib, M.Madg‘oziev, M.Abdullaev, Y.Solijonov singari mutaxassislarni ilm yo‘liga olib kirgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya80