Ibrohimov Ansoriddin
1952 yili 10 fevralda Toshkent shahrida dunyoga kelgan Ansoriddin Ibrohimov qobiliyatli bo‘lib o‘sdi. Bunda albatta, uning ota - onasi, Mirpo‘lat ota va Muazzam onaning tarbiyav iy xizmatlari katta edi. Ansoriddin oilada to‘ng‘ich farzand, Zuhriddin, Fax riddin ismli ukalariga yo‘lboshchi edi. Maktabni ham “a’lo” baholarga tugatib, 1969 yil ToshDU Sharq fakultetining hind tili bo‘limiga kabul qilindi. Talabalik davrida ham barcha fanlarni a’lo o‘zlashtirib, ko‘p kitob mutolaa kildi, jurnal va gazetalarga maqolalar yozdi, jamoat ishlarida ham faol qatnashdi, shular qatorida tarjimonlik faoliyatini ham boshladi. 1974 yil mazkur universitetni imtiyozli diplom bilan tamomladi. 1974 - 1975 yil iqtidorli mutaxassis Hindistonning “Lakxnau” Uiivsrsitetida hindiy tili bo‘yicha malaka oshirib keldi. Ish faoliyatini 1976 1977 yil Toshkent shahridagi 144 - o‘rta maktabda hindiy tili o‘qituvchisi bo‘lib ish boshladi. 1977 - 1981 yil “Progress” nashriyotining Toshkent bo‘limi pashriyotida muharrirlik lavozimida davom ettirdi. Ansoriddin Ibrohimov 1981 yili harbiy xizmat majburiyati tufayli Afg‘onistonda olovli janglar ichida bo‘lib qaytdi... Yurtga qaytgach, shukronalik bilan nashriyotda muharrirlik qildi. 1985 - 1988 yil oilasi bilan Hindiston davlatida xizmat safarida bo‘ldi. U yerda “Bhilay metallurgiya kombinata” da bosh tarjimon vazifasida ishladi. Chet el xizmat safari dan kaytib esa (1989 ¬- 1990yil) “Raduga” nashriyotining “Toshkent” bo‘limida ish faoliya¬tini davom ettirdi. Mustaqillikdan (so‘ng O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish maqsadida, 1993¬ - 1994 yillar Pokistonga xizmat safariga yuborildi. O‘zbekistonni yaqindan tanitish uchun Pokistonning Lahor shahrida “O‘zbek tili”kurslarini tashkil etdi va mazkur kurslarga rahbarlik qildi. 1996 - 2011yil Toshkent davlat sharqshunoslik institutining “Janubiy Osiyo tillari” kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent, professor lavozimida ishladi. Yoshlik davridayoq Bobur shaxsiyati va she’riyati shaydosi bo‘lgan Ansoriddin Ibrohimov O‘zbekistonda boburshunoslik san’atining rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Salohiyatli olim Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga bog‘lik ko‘plab ilmiy maqolalar va monografiyalar muallifidir. Shuningdek, vatandoshimiz Boburning hayoti va ijodi, uning shoh asari “Boburnoma” ga bag‘ishlangan “Boburiylar merosi” (1993 y.), “Boburnoma buyuk asar” (2000yil) kabi kitoblari nashrdan chiqdi. Sharqshunoslik institutida ishlarkan, 2001 yili “Boburnomadagi hindcha so‘zlar tadqiqi” mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffatsiyatli yoqlab, 2005 yil “dotsent” unvoniga sazovor bo‘ldi. 2005 yil “Bobur asarlari leksikasining lingovistik, semantik va genetik tadqiqi” (“Devon”, “Mubayyin”, “Aruz”) mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Mohir tarjimon Krishan Chandar “Xotiramdagi chinorlar” (1986), Premchand “Shatranj ishqibozlari” (1990), “Xito‘padesha yoki ibratli hikoyatlar” (1997), Krishan Chandar “Dadar ko‘prigidagi bolalar” (2008), shuningdek, Erkin Vohidovning “Oltin devor” asarini urdu tiliga tarjima qilgan bolalar (2008), shuningdek, Erkin Vohidovning “Oltin devor” asarini urdu tiliga tarjima kilgan va mazkur asar 1996 yil Pokistonning Lahor shahrida sahnalashtirilib, keng omma e’tiboriga havola etildi. Professor 2010 - 2011yy. O‘zR FA Til va adabiyot institut qoshidagi ilmiy seminar raisi muovini, ToshDShI data ilmiy seminar raisi muovini, 2010-2011yil “Janubiy Osiyo tillari” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib bordi. 2011 yili o‘zbek olimi Ansoriddin Ibrohimov Buyuk Britaniya Kembridj universitetida o‘zbek tili kursi bo‘yicha dars berdi. Bu albatta, millatimiz iste’dodlarining ilmiy kuvvati sarhad bilmasligidan nishona edi!
Ansoriddin aka oilada ham nihoyatda donishmand maslahatgo‘y, mehribon umrdosh, jonkuyar ota sifatida namoyon bo‘ladi. U rafiqasi Mamuraxon ona (maktabda ma’naviy - ma’rifiy ishlar bo‘yncha direktori muovini bo‘lgan) bilan farzandlari: Xirojiddin, Muxlisa va Munisaxonlarni el-yurtga munosib inson kilib tarbiyaladilar... el xizmatiga yo‘lladilar... Yirik sharqshunos olim salkam 60 yillik umri davomida o‘zidan unitilmas va o‘chmas iz qoldirdi...