O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Imyaminova Shuhratxon Salijanovna

Imyaminova Shuhratxon Salijanovna    O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Nemis filologiyasi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Imyaminova Shuhratxon Salijanovna 1986 yildan buyon universitetda ilmiy va pedagogik faoliyatini olib bormoqda. U texnik vositalar laboratoriyasi mudiri, nemis filologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, xorijiy filologiya fakulteti ma’naviy - ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, xorijiy filologiya fakulteti dekani lavozimlarida sidqidildan mehnat qildi. Shuhratxon Imyaminova fakultetga rahbarlik qilgan davrda 11 ta fan nomzodi, 5 ta dotsent, 1 ta fan doktorlarining dissertatsiyalarini himoya qilishga yordam berdi.
  U nemis va o‘zbek tillarining fonetika va fonologiyasi, shu tillarning frazeologiya sohasini chog‘ishtirgan holda hamda tarjima nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha 120 dan ortiq ilmiy maqolalar yaratdi. Bu ilmiy maqolalar Qozog‘iston, Germaniya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda chop etilgan. Bundan tashqari u “Olmon tilining nazariy fonetikasi”, “Nemis tili leksikologiyasi”, “O‘lkashunoslik (O‘zbekiston)” fanlaridan nemis tilida ma’ruzalar o‘qiydi va shu fanlardan ma’ruzalar matni kitoblarini yaratdi. 2004 yilda esa “Magistrlar uchun nemis tilidan o‘quv qo‘llanma”, “Nemis mumtoz adabiyoti namoyandalari”, “O‘zbek filologiyasi fakultetlari” talabalari uchun nemis tilidan o‘quv qo‘llanma, “Nemis tili amaliy fonetikasidan o‘quv qo‘llanma”, “O‘zbek adabiyoti namoyondalari”, “O‘zbek filologiyasi fakulteti talabalari uchun nemis tilidan o‘quv qo‘llanma”, “XX asr nemis adabiyoti namoyondalari”, “O‘zbek filologiyasi fakulteti talabalari uchun nemis tilidan o‘quv qo‘llanma”, “Yuridik fakultetlar uchun nemis tilidan o‘quv qo‘llanma”, 2005 yilda Xorijiy filologiya fakultetlari 4 - kurs talabalari uchun “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” nomli o‘quv qo‘llanma, 2006 yilda san’atshunoslar uchun nemis tilidan o‘quv qo‘llanma, abiturientlar uchun nemis tilidan elektron darslik (statik, dinamik variantlari) kitoblarini yaratdi va chop ettirdi. Bugungi kunda talabalar bu kitoblardan dars jarayonida foydalanmoqdalar.
  Shuhratxon Imyaminova o‘zining ustozlari hayoti va ilmiy faoliyati aks etgan uchta biobibliografik ko‘rsatma tuzgan va chop ettirgan. Bular 2007 yilda “Tovush ilmining betakror darg‘asi” nomli kitob, “Tilshunoslik sirlarining bilimdoni” nomli kitob, 2015 yilda esa “Umri aziz - mo‘‘tabar inson” nomli biobibliografik ko‘rsatgichlar yaratdi.
  Olima 2008 - 2015 yillar orasida yana bir qancha o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar chop ettirdi. Bu kitoblardan ham nemis tilini bakalavr va magistraturada tahsil olayotgan va nemis tilini nazariy hamda amaliy jihatlarini o‘rganayotgan talabalar uchun muhim qo‘llanmalar sifatida dars jaryonida foydalanilmoqda.
  Shuningdek, dotsent Imyaminova Shuhratxon Salijanovna 2011 yilda yaratilgan “Nemis va o‘zbek tillarida bo‘g‘in hosil bo‘lishi” nomli monografiya, 2014 yilda chop etilgan “Zum Ziel” litsey va kollejlarning 1- kurs talabalari uchun darslik, 2010 yilda yaratilgan “Nemischa – ruscha - o‘zbekcha biologik lug‘at”, 2013 yilda chop etilgan “Nemischa - o‘zbekcha maqol va matallar lug‘ati” kitoblarining muallifidir.
  Olima tarjimaning nazariy, uslubiy va amaliy jihatlari bilan shug‘ullanib 2004 yilda chop etilgan “Sirli guvoh” nomli kriminal hikoyalar, 2007 yilda tarjima qilingan “Ertaklarning sirli olami” nomli kitobning, 2012 yilda yaratilgan “Olmon she’riyatidan namunalar” 2013 yilda chop etilgan “Olmon nasridan namunalar”, “Aql qachon kiradi?”, “Alisher Navoiy hikmatlari”, “O‘zbek xalq ertaklari”, 2014 yilda yaratilgan “Avstriya” kitoblarining tarjimonidir.
  Shuhratxon Imyaminova 1996 yildan boshlab to shu kungacha Germaniyaning Gyote instituti va DAAD stipendiyalarini qo‘lga kiritib, Berlin, Drezden, Myunxen, Frayburg va Myunster shaharlarida tajribasini oshirgan. U 2012 yilda Germaniyaning Myunster shahri Vestfaliya universiteti Germanistika instituti bilan hamkorlik asosida o‘tkazilgan “Hind  Yevropa va hind Yevropa bo‘lmagan tillarda til va adabiyot” mavzusidagi xalqaro anjuman tashkilotchisi.
  Dotsent Imyaminova Shuhratxon Salimjanovna bakalavr bitiruv malakaviy ishlariga va magistr dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilmoqda hamda “Leksikologiya asoslari”, “Nazariy fonetika asoslari”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fanlaridan va “Frazeologiyaning dolzarb muammolari”, “Frazeologizmlarni tarjima qilish muammolari” maxsus kurslardan ma’ruzalar o‘qimoqda.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya80