O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Iskandarova Sharifaxon

Iskandarova Sharifaxon    O‘zbek tilining boyligi xalqimiz mulkidir. Uni behudaga sarf qilishga, undagi so‘zlarni buzib talaffuz etishga, uning ustidan kulishga hech kimning haqqi yo‘q. Aksincha, uning xazinasini to‘ldirmoq va yana to‘ldirmoq, tarixga aylangan kitoblarni varaqlab ulardagi nodir so‘zlarni bugungi kunga taqdim etmoq. O‘zbekistonning burchak - burchaklarida yashayotgan keksalarimizning o‘ziga xos so‘zlarini yoshlarga yetkazmoq... burch, mana vazifa. Axir til boyligi — el boyligi, degan maqol bekorga dunyoga kelmagan. Bu boylikning o‘z soxiblari bor. Bular — ona tili va adabiyot muallimlari, shu sohaning olimu fuzalolari, yozuvchi va shoirlar...
  O‘zbek tiliga mexrni yuragiga tukgan, u yo‘lda izlanishlar olib borgan olimalarimizdan biri professor Sharifaxon Iskandarovadir. U 1963 yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 1971 — 1980 yillarda shahardagi 10 - o‘rta maktabda o‘qidi. 1980 - 1984 yillarda Farg‘ona Davlat Pedagogika instituti o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil oldi va uni imtiyozli diplom bilan tamomladi. G. Sharifaxonni maktab shamchiroqdek chorlar edi. U shu shamchiroq sari yo‘l oldi. 1987 yilgacha Oxunboboyev tumanidagi 17 - o‘rta maktabda, 1987 — 1990 yillarda Marg‘ilon shahridagi 9 - makta6da o‘qituvchilik qildi. Maktab yosh muallima uchun xayotni bilish, uni o‘rganish dargoxi bo‘ldi. Bolalarga mexri ortdi. Ular bilsalar quvondi, bilmasalar ko‘ngli ozor chekdi. Ozor chekdi - yu ularga ko‘proq yordam berishga intildi. Undagi ilm sari intilishni sezgan Farg‘ona oliygoxidagi ustozlar uni o‘z yonlariga taklif etishdi. 1990 yildan Sharifaxonim Iskandarova Farg‘ona Davlat universitetning o‘zbek tilshunosligi kafedrasida ishlay boshladi. Ham dars berdi, xam tasdiqlangan mavzusi asosida ilmiy izlanishlar olib bordi. Nixoyat, 1994 yilda “O‘zbek nutq odatining muloqot shakllari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
  Yillar o‘ta boshladi. Ammo u xotirjam bo‘lib qolmadi. Yana intildi. Oila tashvishlarini, ish tashvishlarini yelkasiga olib, bardam turdi. Bu xam Sharifaxon uchun katta jasorat edi. 1999 yilda u dotsentlik darajasiga yetdi va shu yiliyoq oldiga qo‘ygan katta maqsadiga erishdi: “O‘zbek tili leksikasini mazmuniy maydon sifatida o‘rganish (shaxs mikromaydoni)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ximoya qildi va filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini oldi.
  Sharifaxon Iskandarovaning uchta ilmiy risolasi, qirqqa yaqin ilmiy maqolalari chop etilgan. Hozir uning rahbarligida to‘rtta nomzodlik ishi tayyorlanmoqda.
  Filologiya fanlari doktori Sh. Iskandarova universitet “Olima” uyushmasining raisidir. Ilmiy kengash raisi muovini vazifasini ham bajarib kelmoqda. Uni yana ilm - ma’rifat shamchirog‘i olg‘a chorlamoqda.    



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya80