O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Ismoilov Mahammadixon Isroilovich

Ismoilov Mahammadixon Isroilovich   Mahammadixon Isroilovich  Ismoilov 1949 yilning 17 martida Namangan  viloyati  Kosonsoy tumani Chindovul qishlog‘ida  xizmatchi oilasilda tavallud topdi.
    1966 yili  tumandagi 60 - o‘rta maktabni kumush medal bilan  bitirdi. Shu yili  Toshkent davlat universiteti biologiya va tuproqshunoslik fakultetiga “Agrokimyo” ixtisosligi  bo‘yicha  o‘qishga kirib, 1971 yili  o‘qishni tamomladi. Mehnat faoliyatini O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘simliklar eksprimental biologiyasi institutida laborantlikdan boshladi.
    1973 yil 1 noyabrdan Toshkent davlat universiteti tabiiy fakultetlar falsafa kafedrasiga tanlov asosida o‘qituvchilikka qabul qilindi, ayni paytda as- piranturaning sirtqi bo‘limiga kirdi.
    1978 yilda Toshkent davlat universiteti ixtisoslashgan ilmiy kengashida “Hozirgi zamon falsafasi va tabiatshunosligida olamning moddiy birligi muammosi” mavzusida falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya yoqpadi. 1979 yildan ishlayottan kafedrasida katta o‘qituvchilikka o‘tkazildi. ToshDUdagi faoliyatini Oliy va o‘rta - maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Atrof - muhitni muhofaza qilish ilmiy kengashining sho‘‘ba a’zosi sifatida qo‘shib olib bordi.
    1980 yil 1 sentyabrdan Toshkent politexnika instituti Namangan filialiga (hozirgi NamMPI) ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchiligiga o‘tkazildi.
    1985 yilda M. I. Ismoilov dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi.
    1994 — 1996 yillarda doktorlik dissertatsiyasini nihoyasiga yetkazish maqsadida katta ilmiy xodimlikka o‘tkazildi. 1996 yilda “Fan” nashriyotida “Hozirgi zamon ekologiyasining metodologik asoslanganligi” nomli monografiyasi rus tilida chop etildi.
    1998 yil O‘zbekiston FA Falsafa va huquq institutida “Hozirgi zamon ekologiyasining falsafiy - metodolik negizlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqladi.
    M. I. Ismoilov 1998 — 2003 yillar orasida institut falsafa kafedrasi mudiri, ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha birinchi prorektor lavozimlarida ishladi. Ayni chog‘da u falsafa kafedrasi professori lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.
    U 10 ga yaqin ilmiy-uslubiy, 40 ga yaqin ilmiy maqolalar, muallifi bo‘lishi bilan birga O‘zbekistonda yaratilgan “Falsafa lug‘ati”ni yaratilishig‘a munosib hissa qo‘shdi.
    Olim bir qator xalqaro, respublika va mintaqa miqyosidagi ilmiy anjumanlarning faol ishtirokchisidir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5