Orzular qanday tug‘iladi? Ko‘pincha buni kishi anglab yetolmaydi, tushuntirib berolmaydi. Qo‘limizdagi suratdagi uchuvchi libosida samolyot shturvali yonida o‘tirgan qiz ham samolarga parvoz muhabbati qachon va qanday qalbini chulg‘ab olganini bilmaydi. Nozik chehrasini o‘rab turgan qalin qora sochlari, o‘tli nigohi, qat’iyat bilan qimtilgan lablari... bari - bari uning holatiga shu qadar uyg‘unki, tilga bir so‘z keladi: samo malikasi.
Bundan 30 yillar muqaddam bu surat nafaqat mamlakatimizda, balki uning olis va yaqin tashqarisidagi qator ommaviy axborot vositalarida ham chop etilgandi. Qizning o‘zi yoshlar o‘rtasida juda faol va iqtidorli, tengdoshlari uchun o‘rnak edi, hamma unga havas qilardi.
- Yurtimizning istiqbolini mana shunday shijoatli yoshlar belgilaydi, shoniga shon qo‘shadi, - degandi u xaqda taniqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov mehr bilan.
Toshkentlik san’atshunos olim, O‘zbekistan Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, professor Mahkam Isroilovning to‘ng‘ich farzandi - Gulnora bolalikdan uchuvchilikka havas qo‘ydi. Uchuvchilar haqidagi kitoblarni topib o‘qir, filmlarni ko‘zlari yonib tomosha qilardi. Birok ota - onasining orzusi bo‘lakcha edi, ular suyukli qizlari yo jurnalist, yoki shifokor bo‘lishini istardilar. Axir ayol kishiga bundan yaxshi va kerakli kasb bormi? Karomat opa buni qiziga tushuntirishga ko‘p harakat qildi, lekin Gulnoraning qalbidagi uchuvchilikka havas o‘tini o‘chira olmadi. To‘g‘ri, unga bevosita uchuvchilikka o‘qish ham nasib etmadi. O‘zi tahsil olgan 124 - maktabni tugallayotganda sobiq ittifoq Fuqaro aviatsiyasi vazirligiga xat yozib, o‘chuvchilar maktabiga o‘qishga kabul qilinishiga yordam berishlarini iltimos qilgan, biroq u yerdan vazirlikning o‘quv yurtlari boshqarmasi boshlig‘i Yu. P. Darimov imzosi bilan: “Uchuvchilar maktabiga qizlar kabul kilinmaydi”, - degan javob olgandi. Shundan keyin o‘ylab - o‘ylab Toshkentdagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Politexnika instituta (hozirda Toshkent davlat texnika universiteti)ning samolyotsozlik fakultetiga o‘qishga kirishga axd qildi, har qalay uchuvchilikka yaqinda.
Bu fakultetda o‘qish oson emasdi. Axir fazo lochinlarini yaratishning o‘zi bo‘ladimi, buning uchun qanchalik ko‘p bilim va ko‘nikma, tajriba va mahorat kerak. Qarangki, samolyotga havasi shunchalik kuchli bo‘lganidanmi yoki zehni o‘tkirmi, Gulnora juda og‘ir darslarni puxta o‘zlashtirdi, tunlarni tongga ulab, chizmalar chizib charchamadi. Shu bi¬lan birga institutning jamoat ishlariga xam tez kirishib ketdi. Ko‘p o‘tmay institutning eng faol talabalaridan biri sifatida tanildi.
Samolyotsozlik fakultetida o‘qiyotgani uchunmi, qalb tubiga umidsizgina ko‘milgan bolalik orzulari yana tugyon ura boshladi, qalbi bilan samolarga intilardi. Yana ham aniqroq aytadigan bo‘lsak, samolyot ishlab chiqarishdan ko‘ra unga samolyotni boshqarish ko‘proq qizikarli edi. Axiyri, orzulari unga peshvoz chiqdi.
Samolyotsozlik fakulteta talabalari uchun amaliy mashg‘ulotlar Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasining tajriba aerodromida o‘tilar edi. Qiz shu aerodromda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotganda to‘g‘ri yangi samolyotlar sinovdan o‘tkaziladigan stantsiyaga kirib borar, samolyotlarning uchishini kuzatardi. Keyinroq uning axdi qat’iyatga aylanib, poytaxtimizdagi aeroklubga dadil kirib bordi va uning rahbarlariga dilidagi bor orzu - niyatlarini to‘kib soldi.
Endigina 18 yoshga kirgan kizning so‘zlarini avvaliga e’tiborsiz tinglashdi. To‘g‘rida, qiz bola bo‘lsa, samolyot boshkarish hazil ish ekanmi? Biroq Gulnora bo‘sh kelmadi va o‘z intilishlarini shunday himoya qildiki, ko‘p o‘tmay unga jiddiy qaray boshlashdi. Shunday qilib, u ayeroklubga qabul qilindi.
- 1978 yil 13 iyun. Bu sana hayotimga eng baxtli kun bo‘lib muhrlandi.
Shu kuni bolaligimdan oshufta bo‘lgan orzuim amalga oshdi. Ilk bor samolyotda mustakil parvoz kildim. Samolyotning gildiraklari yerdan uzilib, yuqoriga ko‘tarilganda, kalbimdan kechgan xislarni tushuntirib bera olmayman. Yo‘q, u hayajon ham, qo‘rquv xam emasdi. Qandaydir osudalik xukmron edi yuragimda. Nazarimda osmonda olma guli ifori anqirdi. Kim biladi, ehtimol, yurakdagi xotirjamlik, o‘zim bir umr orzu qilib kelgan samoda ekanim, ko‘kda yengil, erkin nafas olganimdandir balki. Osmon shunchalik lojuvard ediki, - deb xotirlaydi o‘sha kunni Gulnora Isroilova.
Shu kuni uning daftarchasiga ilk mustaqil uchish soati yozildi. Vaqt o‘tgani sayin ularning soni ortib bordi. U raxbari - instruktor Yuriy Korxov va zveno komandiri Aleksey Kidanovlar ko‘z oldida parvozning viraj, spi¬ral, pikirovka, shtopor kabi oliy pilotajga doyr barcha o‘ziga xos usullarini mahorat bilan namoyish qildi.
Boshqalar ko‘zi oldida go‘yo juda yengil va oson amalga oshirilayotgan bu murakkab mashqlar zamirida qanchalik katta mehnat, jasorat va maqsadga erishish uchun intilish borligi yolg‘iz o‘ziga - yu, ustozlariga ayon edi. Ha, Gulnoradagi bu xislatlar va bukilmas iroda unga sportchi - uchuvchilar respublika musobaqalarida g‘olib chiqishiga yordam berdi.
Aytmoqchi, ko‘rgazmali chiqishlardan biriga u yaqinlarini xam taklif qildi. Shu vaqtga qadar qizlarining harakatlariga yoshlikda bo‘ladigan qiziqish sifatida qarab kelgan Maxkam aka va Karomat opa ayerodromga kelib, qizlarini uchuvchi libosida ko‘rganlarida yuraklarini birdan g‘urur qopladi. Bu libosda qizlari butkul boshqacha bo‘lib qolganday edi. Biroq Gulnora boshqarayotgan samolyot samoga ko‘tarilganda yuraklari shuvillab ketdi. Ularning nazarida hali ham qizaloq bo‘lgan Gulnora samolyotni dadil boshqarar, goh balandlikka ko‘tarilib, goh ilkis pastga sho‘ng‘irdi. Bir ozdan so‘ng hayajon tarqadi, o‘rnini faxr hissi qopladi...
1980 yilning boshida Gulnora Isroilovaning hayotida yana bir katta voqea yuz berdi. Shu yil 12 yanvar kuni institut professor - o‘qituvchilari va talabalari o‘zlarining faxrlariga aylangan Gulnorani mamlakat Oliy Kengashi deputatligiga nomzod qilib ko‘rsatishdi.
- Nazarimda birdan ulg‘ayib qolgandek edim. Axir, mendek talaba qizning mamlakat parlamenti a’zoligiga saylanishi xalqimizning juda katta ishonchi edi. Bu ishonch mening zimmamga ulkan mas’uliyat yukladi, yon - atrofimga jiddiy va teran nigoh bilan qaray boshladim, - deb xotirlaydi Gulnora.
To‘gri, u vaqtlardagi parlament bilan bugungi, mustaqil O‘zbekistan parlamenti faoliyati o‘rtasida katta farq bor. Shunday bo‘lsa - da, bu Gulnoraning hayot yo‘lida o‘ziga xos burilish yasadi va uni siyosat olamiga boshladi, desak xato qilmaymiz.
Gulnora deputatlik faoliyati davomida Yoshlar bilan ishlash komissiyasida sermahsul ish olib bordi. Shu bilan birga uni fan va madaniyat, tashqi ishlar, plan - byudjet, xotin - qizlar mehnati va turmushi hamda onalik va bolalikni muhofaza qilish komissiyalarida ko‘riladigan masalalarni tayyorlash va ularning muhokamalariga ham tez - tez jalb etishar, uning dunyoqarashi kengligi va shijoati bu borada ham o‘z samarasini berar edi.
- Orzular olami juda keng ekan. Biriga erishsang, biri armon bo‘lib qolarkan, deydi Gulnora. - Samolyot¬ni boshqargandan keyin meni fazogirlik ham o‘ziga tor¬ta boshladi. Har tomonlama o‘ylab ko‘rdim, men kosmo¬navt bo‘lishga, olis yulduzlarni zabt etishga tayyorligimga ishonch hosil qildim. U vaqtlarda kosmonavtlar otryadiga qabul qilish masalasi sobiq ittifok Fanlar akademiyasining Kosmik tadkiqotlar instituti tomonidan ko‘rib chiqilardi. Mening arizamni ham shu institutda ko‘rib chiqishdi. Uning ilmiy kotibi, kosmik fanlar nomzodi T. Breus nomidan kelgan javob xatini o‘qiganimda xaf - salam pir bo‘ldi: “Sizning iltimosingizni kondira olmaymiz, chunki ayni paytda kosmonavtlar otryadi to‘lik bo‘lgani uchun unga qabul to‘xtatilgan”. Chindan kabul to‘xtatilganmidi yoki bu bir bahona edimi, menga qorong‘i, birok shu birgina javob xati bilan fazogir bo‘lish orzuim armonga aylandi.
Ha, hayot ana shunday - ro‘yobga chikkan va armonlarga aylangan orzular girdobida o‘tib boraverar ekan. Gulno¬ra ham institutni tugallab, mehnat faoliyatini boshladi. Qaerda xizmat kilmasin, o‘z fidoyiligi, halol mehnati bilan hurmat - e’tibor qozondi. Unga rahbarlik lavozimlarini ishonib topshirishdi.
Bu orada vatanimiz hayotida tub burilish yasagan 1991 yil ham yetib keldi. O‘zbekistan davlat mustaqilligini e’lon qildi, o‘z taraqqiyot yo‘liga qadam ko‘ydi.
- Bu juda katta voqea bizning avlod ko‘z o‘ngida va aytish mumkinki, ishtirokimizda yuz berdi. Endi O‘zbekiston avvalgidek, markazga qaram chekka o‘lka emas, mustaqil davlat sifatida jahon xaritasidan o‘rin olib, o‘zi tanlagan yo‘ldan ilgarilab borardi. Ota - bobolarimizning asriy orzusi bo‘lgan - yurtimiz istiqlolini asrab - avaylash, uni mustahkamlash shu Vatan farzandining burchidir.
1997 yilda Gulnora aspiranturaga o‘qishga kirdi. Bu paytlar uni siyosiy fanlar qiziqtirib qolgan, “O‘zbekistan Respublikasining milliy xavfsizligini ta’minlashda mintaqaviy omillarning ta’siri” mavzui bilan jiddiy shug‘ullanayotgan edi. Shuni e’tirof etish lozimki, bu mavzu o‘ta dolzarb, ayni vaqtda juda kam yoritilgan edi. Gulnora bu mavzu ustida ish olib borar ekan, Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda mamlakatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan sa’y - harakatlarni, milliy va mintaqaviy barqarorlikka jiddiy xavf solayotgan real tahdidlarni kompleks ravishda tahlil qilib, tegishli taklif va tavsiyalarni kiritdi, ularni ilmiy asoslab berdi. Bu tavsiyalar O‘zbekistan Respublikasi o‘zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik tizimini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
2002 yili Gulnora mazkur ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya kildi va unga O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan siyosiy fanlar nomzodi ilmiy darajasi berildi.
Gulnora siyosatshunos sifatida respublika va xalqaro mikyosdagi ko‘plab yirik konferentsiya va simpoziumlarda o‘z ma’ruzalari bilan faol qatnashib kelmoqda. “Insoniyatning ilmiy va madaniy merosi - uchinchi ming yillikga”, “Milliy xavfsizlikning falsafiy - uslubiy muammolari” kabi ilmiy - amaliy konferentsiyalar shular jumlasidandir.
U shuningdek, qator ilmiy maqolalar muallifi xam. “O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligiga tahdidlar”, “Mintaqaviy xavfsizlik va uning O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligiga ta’siri”, “O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligiga geosiyosiy omillarning ta’siri”, “Mintaqaviy xavfsizlik Kontseptsiyasi shakllanishining nazariy jihatlari”, “Markaziy Osiyo davlatlarining mintakaviy xavfsizlikni ta’minlashdagi xamkorligi” va boshqa qator maqolalar buning misolidir. Bu makolalarda uning ona - Vatanga, istiqlol g‘oyalariga cheksiz sadoqati, ko‘p yillik faoliyati va ilmiy tadqiqotlari nafasi ufurib turadi.
Ayni paytda Gulnora doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.Uning hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda Vatan va yurt manfaatlari yo‘lidagi yana bir yirik ilmiy tadqiqot vujudga kelmoqda, deb ishonch bildirishga barcha asoslarimiz bor.