O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Ivanovna Anna Glushenkova

    Texnika fanlari doktori, professor, akademik, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, taniqli olima  Ivanovna Anna Glushenkovaning hayot yo‘li ilm ziyosidan nurafshon bo‘lgan yorug‘ va ibratli yo‘ldir... U O‘simlik lipidlari texnologiyasi va kimyosi sohasida taniqli olima. Anna Ivanovnaning ilmiy ishlari, asosan, tabiiy birikmalar kimyosiga, xususan, chigit va undan olinadigan mahsulotlarni uyg‘un qayta ishlash masalalariga bag‘ishlangan. U pedagogik faoliyat davomida yog‘lar texnologiyasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash va yosh avlodni tarbiyalashga ulkan hissa qo‘shgan olima.
    Anna Ivanovna 1961 yildan O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi institutida avval katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, 1984-1989 yillarda esa institut direktori lavozimida ishladi, hozirgi vaqtda bosh ilmiy xodim sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmokda.
    Akademik Glushenkovaning ilmiy qiziqishlari lipidlar kimyosi va texnologiyasining dolzarb muammolarining keng yo‘nalishini qamrab oladi.
    Uning xodimlari bilan birgalikda taklif etilgan paxta chigitini qayta ishlashning binar erituvchilar bilan va ikki martalik ekstratsiya usuli nafaqat paxta yog‘i va shrotning sifatini yaxshilaydi, balki qator dorivor preparatlar olish uchun xom ashyo bo‘lgan qo‘shimcha mahsulot gossipol olish imkonini ham berdi. Gossipol molekulasining Brigleb-Styuart modelini va matematik hisoblash usullarini qo‘llash orqali tasdiqlab bergan.
    Professor Anna Ivanovna xodimlari bilan birgalikda gossipolni quyi molekulyar spirtlar bilan ta’sirini, hamda kimyoviy va fizik-kimyoviy usullarni ko‘llab, gossipolni metanol bilan birikishida mono va diatsetali gossipol hosil bo‘lishini ko‘rsatdi. U tomonidan ishlab chiqilgan o‘simlik yog‘ini quyi haroratda gidrogenizatlash tartibi gidrogenizatning sifatini yaxshilash, yog‘ni va metall katalizatorlarining yo‘qolishini pasaytirdi. Shu boisdan mazkur usul nafaqat O‘zbekistonda, xattoki MDH davlatlari- ning gidrogenizatsiya zavodlarida keng qo‘llanildi.
    Moylar gidrogenizatsiyasi jarayoni, mexanizm to‘g‘risida qarashlarni izchillik bilan rivojlantirib, u bu jarayonda geometrik, pozitsion va triglitseridli izo-merizatsiya borligini tajribada aniqlab berdi. Bunda yog‘ kislotalari molekulasidan qo‘shbog‘lar asosan bitta megilen guruhga ham metil, ham karboksil guruh tomon ko‘chib borishini ko‘rsatib berdi.
    Anna Ivanovna professor A.L. Markman bilan birgalikda yog‘larni to‘yinmaganlik darajasini tavsiflovchi «to‘yinmaganlik soni» deb ataluvchi yangi ko‘rsatkichni taklif etdi va bu hozirda yog‘lar kimyosi va texnologiyasida keng qo‘llanilib kelmokda. Olima xodimlari bilan birgalikda gossipurpurinni gossipol bilan aralashmasi mikdorini va quyi molekulyar yog‘ kis- lotalarni aniqlash usullarini ishlab chiqdi.
    Uning xodimlari bilan hamkorlikdagi ilmiy ish- lari, yovvoyi holda o‘suvchi va mada- niylashtirilgan o‘simliklarning vegetativ va generativ a’zolari lipidlari tuzilishini va tar- kibini o‘rganishga bag‘ishlangan. 
    U  birinchi marta kanop o‘simligini fosfolipidlarini o‘rganib, kanop lipidlarida fosfatidiletanolami- ning fosfoanalogini topdi.
    Akademik Anna Ivanovna Glushenkovaning qator ishlari famatsevtika sanoati va qishloq xo‘jaligi chiqindilari lipidlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. U hamkorlari bilan birgalikda kartoshka palagi lipid- lari asosida yarani bitkazuvchi «Lipazol» vositasini ishlab chiqdi. Farmatsevtika sanoati chiqindilarini o‘rganish borasida esa ulardan ajratib olingan biolo- gik faol moddalar asosida «Limonchiki» va «Guzal» shamnunlari yaratildi.
    Glushenkova ishlarining o‘ziga xosligi, yangiligi va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati 40 ta mualliflik guvohnomasi va patentlarda tasdiqlangan.
    Taniqli olimaning ijodiy izlanishlari va uning ilmiy maktabi natijalari «Gidrogenizatsiya jirov», «Gossipol, yego proizvodnie i ix ispolzovanie», «Li- pid semyan saflora i trex vidov krambe, vыrashennыx v usloviyax solevogo stressa» nomli monografiyalarda va 400 dan ziyod ilmiy maqolalarda umumlashtiril- gan. Anna Ivanovna yosh kadrlarni tayyorlashga kapa ahamiyat beradigan olima. Uning sa’yharakati bilan 1 ta fan doktori va 12 ta fan nomzodi tayyorlangan. O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi institutida ishlab turib, Toshkent kimyo-texnologiya instituti yog‘lar texnologiyasi kafedrasida ham talabalarga taxsil berishni davom ettirdi.
    Hozirgi kunda Anna Glushenkova jamoat ishlariga katta hissa qo‘shib kelmokda. U Institutda chop etilib, AQShda ingliz tiliga tarjima qilinadigan «Ximiya prirodnih soedineniy» jurnalining bosh muharriri o‘rinbosari, «Kimyo va texnologiya» jurnali tahrir hay’ati a’zosi. Anna Ivanovna «Olima» jamiyatining bunyod etilishida faol ishtirok etgan olimalardan biri va uning a’zosi.
    Glushenkova Anna Ivanovna O‘zR FA akademigi, texnika fanlari doktori, professor. U serxarakat ilmiy va ijtimoiy faoliyati uchun hukumat tomonidan «Xalqlar do‘stligi» ordeni, «Mehnat shuhrati» ordeni va "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi" unvon- lari bilan taqdirlangan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar70



Filologiya10