O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Jabborova Jamshida

    Ba’zan ijodkor inson ayollar xaqida hikoya qilmoqchi bo‘lsa, to‘lib toshib-ketadi. Hatto hamma o‘ylaganlarini oqqa tushira olmaganidan achinib ham ko‘yadi. Bu lavhani yozayotganimizda bizda ham shunday bo‘ldi. Jamshida Naimovnani ko‘rib, ikki og‘iz gaplashganimizdan so‘ng, mehrimiz yanada ziyoda bo‘ldi. Uning teran aqlu zakovati, fikr doirasining kengligi, nafaqat o‘z sohasini sevish, balki adabiyot va san’atni ardoqlash, bu kabi fazilatlari haqida uzoq gapirish mumkin. Uning ko‘nglidagi Vatan tuyg‘usi, buni ochiq aytmasa-da, ko‘zlarida, nigohlarida barq urib turadi.
    Jamshida Naimovna uchun eng aziz tuprog‘i, ona Vatani. Shu vatan deb ishlaydi, uning kelajagi, ravnaqi deb ta’lim beradi. O‘qitayotgan fani iqtisodiyot bilan bog‘liq bo‘lsa-da, ana shu ixtisoslik orqali yoshlarga u yurt mehrini, muhabbatini baxshida etadi. Chunki O‘zbekiston iqtisodiyotining rivoji, Vatanning kamoloti xalqimizning turmush darajasi yuksalmog‘ining dalolatidan.
    Jabborova Jamshida Naimovna 1958 yil 5 fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1965—1975 yillarda Toshkentdagi 81-o‘rta maktabda o‘qib, uni oltin medal bilap tugatdi. 1975 yilda Toshkent Xalq xo‘jaligi institutining plan-iqtisod fakultetining xalq xo‘jaligini planlashtirish mutaxassisligiga o‘qishga kirib, 1979 yilda uni imtiyozli diilom bilan tugatdi va iqtisodchi mutaxassisligiga ega bo‘ldi. 1979—1986 yillarda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutinipg «Siyosiy iqtisod» kafedrasida o‘kituvchi bo‘lib ishladi.
    1987—1991 yillarda Samarqand Davlat pedagogika institutining «Siyosiy iqtisod» kafedrasida katta o‘qituvchi bo‘lib ishladi va 1991 yilda Toshkent Xalq xo‘jaligi institutining kunduzgi bo‘lim aspiranturasiga qabul qilindi. 1993 yilda ToshDU (hozirgi Milliy universi tet)da «Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida qo‘shimcha mahsulotlarning o‘sish omillari va qo‘shimcha maxsulotlarni taqsimlashni takomillashtirish» mavzusida — «Siyosiy iqtisod» ixtisosligi bo‘yicha nomzodliq dissertatsiyasini himoya qildi.
    1998 yildan hozirgi qunga qadar Toshqent Moliya instituti «Umumiqtisodiy nazariya va iqtisodiy pedagogika» kafedrasida avval katta o‘qituvchi, dotsent, professor lavozimlarida ishlab kelmoqda.
    Uning pedagogik faoliyati davomida hammuallifliqda ikkita darsliq, ikkita o‘quv qo‘llanma, ikkita uslubiy qo‘llanma, o‘nlab ilmiy maqola va ma’ruzalari chop etilgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar70



Tabiiy fanlar10



Filologiya5