Geografiya fanlari nomzodi, dotsent
1939 yil 27 oktyabrda Farg‘ona viloyatining Oxunboboev tumanida tug‘ilgan. Tumandagi 17 - o‘rta maktabni tugatgandan so‘ng , 1957 yilda Farg‘ona pedagogika institutining geografiya – biologiya bo‘limiga o‘qishga kirdi. Institutni 1962 yilda bitirib, tumandagi 46 - o‘rta maktabda geografiya o‘qituvchisi bo‘lib ishladi.
1963 - 1965 yillarda armiya xizmatida bo‘ldi. 1967 yildan geografiya kafedrasida ish boshladi. 1975 - 1977 yillar M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining iqtisodiy geografiya kafedrasida aspiranturani tamomlab, 1979 yilda “Farg‘ona viloyatida agrar sanoat kompleksini takomillashtirish yo‘llari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini geografiya fanlari doktori professor T.M. Kalashnikov rahbarligida muvaffaqiyatli himoya qildi.
1979 - 1981 yillarda fakultet kasaba uyushmasi raisi sifatida faoliyat olib borgan. 1981 yildan tibbiyot - geografiya fakultetida dekan muovini lavozimida ishlagan.
Iqtisodiy geografiya bo‘yicha maruza matnlari tuzish va uni takomillashtirish, o‘qitishda texnika vositalaridan foydalanishga oid ilmiy ishlarni olib borgan. O‘zbekiston hamda Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligi va ubilan bog‘liq sanoat tarmoqlarini maqsadga muvofiq joylashtirish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan 50 dan ortiq maqola va risolalar muallifidir.