Ayol qanchalik ma’naviyati yuksak, ilmli bo‘lsa, u nafaqat jamiyatning obro‘si, faxri, balki oilasining ham yuzi, g‘ururidir. Bu o‘rinda qiz bolaning nafaqat voyaga yetkazagan ota - onasining o‘rni, balki u kelin bo‘lib tushgan xonadon kattalari, ayniqsa, uni tushinib, qo‘llab - quvvatlovchi turmush o‘rtog‘ining daldasi naqadar muhim. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Xorijiy filologiya fakulteti chet el adabiyotshunosligi kafedrasining dotsenti Jalilova Xurshida Mirxoliqovna ham oilasining sarishta bekasi bo‘lish bilan birga ikki farzandning mehribon onajonisi.
Xurshida Jalilova 1990 yil ushbu universitetning rus filologiyasi fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlab, chet el adabiyotshunosligi kafedrasi asniran - turasiga kirgan. 1995 yildan chet el adabi - yotshunosligi kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, kafedra dotsenti vazifasini, 2010 - 2011 yillarda chet el adabiyotshunosligi kafedrasi mudiri vazifasini bajardi. Xurshida Jalilova “Sayohatnoma janrining ma’naviy-ma’rifiy xususiyatlari (XVIII asr G‘arbiy Yevropa ma’rifatchilik adabiyoti va Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti misolida)” mavzusidag‘i dissertatsiyasi uchun - adabiy aloqalar, qiyosiy adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Shuningdek olima xalqaro, respublika va universitet miqyosidag‘i ilmiy - amaliy anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etib kelmoqda, 45 ta ilmiy maqola va 2 ta uslubiy qo‘llanma muallifi.
Hozirgi kunda dotsent Jalilova Xurshida Mirxoliqovna tarjima nazariyasi va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi dotsenti bo‘lib, tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti (Buyuk Britaniya va AQSh adabiyoti), adabiyot nazariyasi, ilmiy izlanish asoslari kabi nazariy fanlardan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni olib boradi. O‘zining ko‘p yillik pedogogik faoliyati davomida ko‘plab kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilib kelmoqda. Jalilova Xurshida Mirxoliqovna O‘zbekiston Milliy universitetining “Olima” xotin-qizlar uyushmasining xorijiy filologiya fakulteti bo‘limi raisi. Ushbu uyushma doirasida tashkil etilgan “Yosh olima” ilmiy to‘g‘aragi rahbari.
Olima qiyosiy adabiyotshunoslik, adabiy aloqalar va tarjimashunoslik bo‘yicha ilmiy faoliyatini davom ettirmoqda, shuningdek adabiyot nazariyasi, Buyuk Britaniya va AQSh adabiy jarayoni bo‘yicha o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlamoqda. Dotsent Xurshida Jalilova universitet ma’naviyat- ma’rifat ishlarida faol qatnashadi. Uning tashabbusi va rahbarligi ostida xorijiy filologiya fakultetida ilk bor “Talabalar bahori haftaligi” o‘tkazildi. Ushbu haftalik doirasida iqtidorli talabalar, magistrantlar va yosh olimlarning tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslikning nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlang‘an “Filologiya masalalari yoshlar talqinida” deb nomlangan ilmiy - amaliy anjumani muntazam o‘tkazilib, ilmiy maqolalar to‘plami chop ettiriladi.