O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Jo‘raboyev Mashrabjon

Pedagogika fanlari nomzodi

    1930 yil 9 sentyabrda  Marg‘ilon  shahrida  tug‘ilgan. Marg‘ilon  shahridagi  1- maktabni  1948 yilda  tugatib,  Farg‘ona  davlat pedagogika  institutining  geografiya fakultetiga  o‘qishga kirgan. Oliy o‘quv  yurtini  1952 yilda  tamomlagandan so‘ng , Marg‘ilon  shahridagi  1- maktabga  ishga yuborilgan. 1959 - 1960 yillarda Oxunboboyev  tumanidagi  xalq talimi  bo‘limida  ilmiy bo‘lim  mudiri, bosh inspektor , pedagogik  kabinet  mudiri  lavozimlarida ishlagan.
  Farg‘ona  pedagogika  institutida 1960 yil sentyabr oyidan boshlab o‘qituvchi lavozimida ish  boshladi. 1969 yil 18 sentyabrda  Toshkent  davlat  universiteti geografiya  fakulteti  qoshidagi  katta ilmiy  Kengashda  M. Jo‘raboyev professor  X. Xasanov  rahbarligida “Geografiya darslarida  predmetlararo aloqa” mavzusida nomzodlik  dissertatsiyasin yoqladi.
  M.Jo‘raboyev o‘rta va oliy maktab geografiyasini  o‘qitish metodikasiga  etibor  qaratgan  bo‘lib,  bu sohada  samarali  ishlarni amalga oshirdi. U O‘zbekistonning qishloq  maktablarida  geografiya o‘qitishda  predmetlararo  aloqani amalga  oshirish  yo‘llari  ko‘rsatib  berildi. Bu metoddan  foydalanish  maktablarda geografiya  o‘qitish saviyasi  o‘sishiga ,  o‘quvchilarning  fanga   bo‘lgan qiziqishlari  va  o‘zlashtirishlariga ijobiy  tasir ko‘rsatdi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5