O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Karimov Baxodir

Karimov BaxodirFilologiya fanlari doktori

     1966 yilning 7 fevralida Tozayormish qishlog‘ida ziyoli oilasida tug‘ildi.
    O‘zbek adabiyotshunosligining kenja avlodiga mansub iste’dodli olim va adib Bahodir Karimov qishloqdagi 30 - o‘rta maktabda ta’lim va tarbiya oldi. Otasi Nurmataka fizika o‘qituvchisi bo‘lishiga qaramasdan, adabiyotga ixlos qo‘ygani uchun o‘zbek mumtoz va zamonaviy shoirlarining ko‘pgina she’rlarini yod bilar va shogirdlariyu farzandlari davrasida ayta olardi. Oiladagi qizg‘in mutolaalar, qolaversa, maktabda tajribali muallimlarning adabiyot ilmiga qiziqtirishlari tufayli bo‘lsa kerak, Bahodir boshqa fanlardan ko‘ra  adabiyotga ko‘proq mehr qo‘ydi. U she’rlarni qunt bilan yodlar, adabiy kechalarda faol ishtirok etar, ba’zan ayrim sahna asarlaridan parchalar qo‘yilganida bosh rollarni ham ijro qilardi. Adabiyot va san’atga benihoya hurmat va ixlos 1983 yilda o‘rta maktabni bitkazgan Bahodirni Toshkent Davlat (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekistan Milliy) universiteta o‘zbek filologiyasi fakultetiga kirish uchun imtihon topshirishga da’vat etdi. Biroq, baxtgaqarshi, u o‘sha yili konkursdan o‘ta olmadi. So‘ngra ikki yil harbiy xizmatda bo‘lib qaytgach, yana shu o‘zi ixlos qo‘ygan dargohga kirish uchun imtihon topshirib, talabalikka qabul qilinadi.
    Uqish davrida ilg‘or talabalardan bo‘lgani, ilmiy ishga qiziqqanini universitetning o‘sha paytdagi rektori, akademik T.J.Jo‘rayev, filologiya fakultetining o‘sha davrdagi dekani, professor Begali Qosimovlar o‘z tavsifnomalarida ta’kidlaydilar. U professor Ozod Sharafiddinov, Umarali Normatov, Norboy Xudoyberganov, Laziz Qayumov, Begali Qosimov, Shavkat Rahmatullaev, Iristoy Qo‘chqortoev, Miraziz Mirtojiev, Tal’at Solihov kabi taniqli olimlardan saboq oldi.
    1991 yilda universitetni imtiyozli diplom bilan bitkazib, mazkur oliy o‘quv yurti aspiranturasining kunduzgi bo‘limiga o‘qishga kirgach, Bahodir ilmiy tadqiqot ishlariga astoydil sho‘ng‘ib, dastlabki natijalarini Respublika gazeta va jurnallarida e’lon qila boshladi. 1994 Yili universitetning “Hozirgi o‘zbek adabiyoti” kafedrasiga o‘qituvchilikka o‘tishi munosabati bilan aspiranturaning sirtqi bo‘limida tahsilini davom ettirdi.
    Aspirantura tugatishi bilanoq, 1995 yilning 7 iyunida O‘zbekistan Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot instituti xuzuridagi ilmiy kengash yigilishida “Vadud Mahmudning 20 - yillar adabiy tanqidchiligidagi o‘rni” mavzusida akademik Baxtiyor Nazarov rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
    20 - yillar o‘zbek adabiyotshunosligi juda murakkab ekani ko‘pchilikka ma’lum. Oktyabr inqilobidan keyingi milliy adabiyotimiz taraqqiyotiga kommunistik mafkura g‘ov bo‘lgani, oldindan belgilab qo‘yiladigan muayyan yo‘nalish, qolipda ijod qilmagan olimu adiblar boshiga ne - ne kulfatlar tushgani ma’lum. O‘zbek xalqi va o‘zbek milliy adabiyoti taraqqiyoti uchun fidoyilik ko‘rsatgan zukko qalam sohiblari Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon kabi o‘nlarcha adabiy siymolar “millat dushmanlari” deya begunoh qoralanib, qatag‘on yillari qurboni bo‘lishgan. Ana shunday ajoyib qalam sohiblaridan – adabiy tanqidchilardan biri Vadud Mahmud hayoti va ijodi haqida o‘zbek olimlari, ayrim xorijlik olimlar 20 - yillar o‘zbek adabiyoti, adabiy tanqidchiligi haqida yozgan ilmiy tadqiqotlarida qisman to‘xtalgan bo‘lishsa ham, Bahodir Karimovgacha bu mavzuda keng ko‘lamda tadqiqot olib borilmagan va maxsus ilmiy monografiya yozilmagan edi. Yosh tadqiqotchi ilmiy ishida munaqqidning 20 – yillardagi ijodiy qismatini odil va halol o‘rganish, o‘sha davr adabiy tanqidchiligidagi o‘rnini ko‘rsatish, ijodini jiddiy tekshirib, xolis ilmiy baho berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi va shu maqsadiga erishdi.
    Respublikaning yirik adabiyotshunos olimlari bu ilmiy tadqiqot ishining muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladilar.
    Bahodir Karimov 1996 - 1999 yillarda doktoranturada tahsil oldi. So‘ngra “Jahon adabiyoti va nazariya” kafedrasi mudiri lavozimida ishlash jarayonida “XX asr o‘zbek adabiyotshunosligida talqin muammosi (qodiriyshunoslik misolida)” degan mavzu ustidagi izlanishlarini davom ettirdi. Buning natijasi o‘laroq 2002 yilda filologiya fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. Uning keng ko‘lamli ilmiy ishiga Matyoqub Qo‘shjonov, Baxtiyor Nazarov, Sobir Mirvaliev, Bahodir Sarimsoqov, Umarali Normatov, Abduqodir Hayitmetov va boshqa yirik olimlar yuqori baho berishdi.
    1999 yildan o‘zi tahsil olgan universitetning o‘zbek filologiyasi fakulteti “Jahon adabiyoti va nazariya” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab keladi. 2003 - 2006 yillari fakultet dekani bo‘ldi. 2001 yildan universitet qoshida tashkil etilgan Oliy Adabiyot kursini boshqarib, ko‘pgina adib va shoirlar yetishib chiqishiga hissa qo‘shdi.
    Bahodir Karimov 2005 yilning 21 - 28 noyabrida Anqarada bo‘lib o‘tgan ilmiy anjumanda ishtirok etdi. O‘sha yili Germaniyaning Leyptsig shahrida o‘tkazilgan “Ijodiy jamoalarning Butun jahon I kongressi”da qatnashib, “Oliy adabiyot kursining bugungi aholi va istiqboli” mavzusida nemis tilida ma’ruza qildi. Uning tashkilotchiligi bilan 2005 yili Pekindagi Markaziy Millatlar Universitetida muzakoralar o‘tkazilgach, u yerda xitoylik talabalar uchun o‘zbek tili bo‘limi ochildi.
    2005 yildan O‘zbekistan Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Uning g‘oyasi va tashabbusi bilan “XX asr o‘zbek she’riyati antologiyasi” (2007), “XX asr o‘zbek hikoyasi antologiyasi” (2009) hamda “XX asar adabiyotshunosligi antologiyasi” (2011)  nashr qilindi.
    Ilmiy faoliyatini badiiy ijod bilan chambarchas bog‘lab, “Jadid munaqqidi Vadud Maxmud”, “Qodiriyqadri”, “Cho‘lpon va tanqid”, “Yangilanish sog‘inchi”, “Abdulla Qodiriy: tanqid, taxdil va talqin”, “Adabiyotshunoslik metodologiyasi”, “Bunda bir hikmat bor”, “Nega...”, “...Odam” kabi bir qancha adabiy tanqidiy monografiyalari va publitsistik risolalari, o‘quv qo‘llanmalari, ikkiyuzga yaqin maqolalari bilan keng kitobxonlar hamda ilmiy jamoatchilik e’tiboriga sazovor bo‘ldi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya80