O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Karimova Dilorom

     Dilorom  Amanovna Karimova o‘zi  mehnat  qilayotgan jamoa, Navoiy davlat  pedagogika institutida  “yoshlarning  g‘amxo‘r  murabbiysi”, degan  tarifga sazovor bo‘lgan.Bunga uning yosh avlodga o‘z fanidan mukammal bilim berishga ishtiyoq bilan kirishganigina emas, balki ularni yetuk shaxs sifatida shakllanishlarini o‘ziga xos uslublar bilan rivojlatirishga harakati ham sababchidir.
    Istiqbol sohiblarining sevimli ustozi Dilorom Amanovna kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
    U 1968 yilda Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida tug‘ilgan, 1985 yilda tumandagi 15 - umumta’lim maktabini a’lo baholarga tamomlab, shu yili Samarqand davlat universitetining kimyo fakultetiga o‘qishga kirdi.
    Dilorom universitetni ham imtiyoz bilan yakunladi va 1990 yilda Qiziltepa tumanidagi 13 - maktabga ishga keldi. Yosh mutaxassis o‘zi egallagan bilimlardan o‘quvchilarini ham bahramand etib, ularni kelajakda idrokli, hozirjavob, ma’naviyatli yoshlar maqomiga erishishlari yo‘lida jonkuyarlik bilan mehnat qildi.
    U oilasi bilan Navoiy shahriga ko‘chib o‘tgandan so‘ng esa, ma’lum yillar, ya’ni 1995 - 2004 yillarda Navoiy azot ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, Navoiy davlat konchilik institutining “Kimyo va kimyoviy texnologiya” kafedrasida o‘qituvchi vazifalarida ishladi.
    Ilm yo‘lidagi intilishi D.Karimovani 2004 yilda Navoiy davlat pedagogika institutiga olib keldi. Bu yerda u “Kimyo va ekologiya” kafedrasi o‘qituvchisi, shu kafedraning katta o‘qituvchisi va dotsent lavozimlarida faoliyat yuritdi. Dilorom Amanovna talabalar bilan muntazam ravishda mustaqil ishlar bo‘yicha, ya’ni fan bo‘yicha iqtidorini namoyon etish borasida mahorat bilan shug‘ullanadi, ularni ilmiy tadqiqotlarga undaydi.
    “Ustoz – shogird” an’analari ham milliy qadriyatla -  rimizning bir ko‘rinishi D.Karimova ana shundan kelib chiqib, tinmay yoshlar faolligini oshirib boradi, ularga ilmiy rahbarligi barobarida, turli ilmiy, ma’naviy tad - birlarni tashkil etishda jonkuyarlik qiladi. U o‘z ilmiy tadqiqotlarini ham samarali davom ettirib, 2010 yilda “Kompozitsion polimer sorbitlar ishlab chiqarish, undan sanoatning zararli gazlarini tozalashda foydalanish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi va 2012 yilda dotsentlik unvonini oldi.
    Hozirda salohiyatli olima “Poliolifenlarning anomal sharoitda termik barqarorligini o‘rganish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha izlanmoqda.
    Dilorom Amanovna Karimovaning qator o‘quv va uslubiy qo‘llanmalari amaliyotga tatbiq etilgan. Uning biologiya fanlari doktori A.Ilyasov va dotsent G.Shamsiddinovalar ham muallifligidagi “Gidroekologiya” o‘quv qo‘llanmasi nashr etish uchun Uzbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Muvofiqlashtiruvchi kengash guvohnomasini oldi va bu qo‘llanma nashr etildi hamda ushbu qo‘llanma “Yilning eng yaxshi darsligi” deb topildi. D.Karimovaning kimyo fanlari doktori O.M.Yoriev bilan yozgan o‘quv qo‘llanmasi ham 2014 yilda ana shunday e’tirof egasi bo‘ldi.
    “Mening yutuqlarimda turmush o‘rtogim texnika fanlari nomzodi Kamolov Ixtiyor Ramazonovichning va institutimiz ma’muriyatining hissasi beqiyos, - deydi Dilorom Amanovna, - bu menga hayot tuhfasi bo‘lsa kerak”.
    O’z ilmi bilan dillarga yog’du taratayotgan xushfe’l olimaning oila rishtasi mustahkam. Turmush o‘rtogi bilan hamdam, hamnafas, jamoadosh. Ota - onasidan ibratli tarbiya olgan qizlari yetuk mutaxassis. Dilnavoz “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining, Ulug‘bek nomli davlat va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga sazovor bo‘ldi hamda “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni oilan taqdirlandi. Gulhayo ham 2013 yilda talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan fan olimpiadasining respublika bosqichida 1- o‘rinni egallab, Ulug‘bek stipendiyasi sohibi bo‘ldi. Diloromxon uch nafar nabiralar buvijonisi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5