O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Karriyeva Yaqutxon Karimovna

Karriyeva Yaqutxon  Karimovna    Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetining “Tashqi iqtisodiy faoliyat” kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori Karriyeva Yaqutxon Karimovna mamlakatimizni yanada gullab yashnashi yo‘lida mexnat qilishga qodir bo‘lgan malakali, bilimli mutaxassislarni tayyorlash va tarbiyalash borasida sidqidildan mexnat qilib kelyapti. U O‘zbekistonda logistika tamoyillariga asos solgan olimadir. Ilmiy ishlarining asosiy yo‘nalishlari iqtisodiy tizimlar faoliyatini optimallashtirish, marketing - menejment, transport va logistikaga bag‘ishlangan bo‘lib, mustaqillik yillarida samarali ilmiy faoliyat olib borib, mamlakatimizda ushbu fanlarning rivojlanishiga va yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga katta hissa qo‘shgan.
  2005 - 2009 yillarda TDIU va TDTU qoshidagi ixtisoslashgan kengash a’zosi, TDIU xotin - qizlar qo‘mitasi raisi muovini, 2004 - 2011 yillarda TDIU ilmiy kengashi a’zosi, 2009 yilda “O‘zbekiston - Amerika do‘stlik jamiyati” a’zosi bo‘lgan. U doimo izlanuvchi iqtisodchi olima bo‘lishi bilan bir qatorda o‘zining huquqiy bilimlarini ham oshira borib, 2006 yilda ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha TDYuI ni tugatgan va advokatlik litsenziyasiga ega. 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining xotin - qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan faxriy yorlig‘i, 2008 yilda TDIU rektori tomonidan faxriy yorlig‘i, 2011 yilda OO‘MTVning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.
  O‘tgan yillar davomida ilmiy ishlari yuzasidan Germaniya (Gamburg porti va Gyote universiteti), Frantsiya (Parij, Merlibax, Forbax shahrida), Turkiya (Anqara universiteti, Mersin porti), Misr Arab respublikasi (Qohira universiteti, Sayid porti), Birlashgan Arab amirliklari (Abu Dabi Zeyd porti)da bir qancha konferentsiya va simfoziumlarda qatnashgan. 2010 yilda OBSYe xalqaro tashkilotining “O‘zbekistonda Transport logistikasi sohasida milliy kadrlarning bilim va tajribasini oshirish” deb nomlangan loyihasiga ushbu soha bo‘yicha doktorlik ilmiy ishini yoqlagan olima sifatida rasman taklif qilingan va loyiha talablari asosida “Osnovi i osobennosti transportnoy logistiki” nomli o‘quv - uslubiy qo‘llanma chop etilgan.
  Professor Karriyeva Yakutxon Karimovna shu paytgacha 5 ta monografiya, 3 ta darslik, 15 ta o‘quv ko‘llanma, 3 ta risola, 75 ta ilmiy ishlar, 67 ta uslubiy ishlar  muallifidir. Shuningdek, bir qancha   ilmiy maqola va tezislari xorijiy mamlakatlarda   chop etilgan. Uning 2006 - 2012 yillarda nashr qilingan “Xalqaro marketing”, “Xorijiy investitsiyalar”, “Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish”, kasb-hunar kollejlari uchun “Investitsiyalar va lizing asoslari “, “Zamonaviy xalqaro marketing”, “Investitsiyalar va lizing faoliyati”, magistraturada “Jahon bozori konyunkturasi   tahlili”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat, transport ta’minoti”, “Tashqi iqtisodiy faoliyatda kommunikatsiyalar  tizimi”, “Xalqaro transport  tashuvlari”, “Osnovi osobennosti transportnoy logistiki”, “Zamonaviy logistika” kabi fanlardan   o‘quv qo‘llanma, darsliklari, “Globallashuv jarayon da xalqaro transport logistik tizimi faoliyatining samaradorligi” kabi monografiyalari soha mutaxassislari uchun muhim qo‘llanma bo‘lib kelmoqda.
  Yakutxon  Karriyevaning 30 dan ziyod shogirdlari  yurtimizdagi nufuzli oliygohlarda hamda qator vazirlik va tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatib, transport  va logistika, tashqi iqtisodiy faoliyat, tashqi savdo  aloqalarining marketing va menejment asoslari bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
  Professor Yakutxon  Karimovna o‘z kasbi va ilm  –  fan  fidoyisi, mehribon va jonkuyar  ustoz, bilimli va kamtarin olima, yuksak  madaniyat va hurmatga  sazovor inson. Oilali, nabiralari va farzandlari uchun mehribon ona.
  Professor Yakutxon Karriyevaning asosiy ilmiy  ishlari:
  1. Xorijiy investitsiyalar. O‘quv qo‘llanm (IQTISODIYOT, 2010. Toshkent. 2010 y). 2. Xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashish samaradorligini aniqlash mezonlari O‘zbekistonda bojxona ishining  dolzarb muammolari; nazorat va amaliyot. Respublika ilmiy  amaliy anjumani (Toshkent, 2010 yil). 3. Tashqi  iqtisodiy faoliyatda transport  ta’minoti. Darslik  (TDIU, Toshkent, 2010). 4. Globallashuv jarayonida  xalqaro transport logistik tizimi faoliyaning samaradorligi (Monografiya, TDIU, Toshkent 2011). 5. Qishloq xo‘jaligida transport logistikasini qo‘llash masalalari. “Qishloq xo‘jaligi, raqobatbardoshlikni oshirish yo‘llari” xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya (T:.TDIU., 2014).
  Albatta zabardast olimaning ilmiy faoliyati  haqida ko‘plab yozish mumkin. Asosiysi professor Yakutxon Karriyeva iqtisod sohasiga, ilm – fan rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan fidoyi olimalardan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5