O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Kattaxo‘jayeva Ifodaxon Eshonxo‘ja qizi

Kattaxo‘jayeva  Ifodaxon  Eshonxo‘ja qiziKattaxo‘jayeva  Ifodaxon  Eshonxo‘ja qizi

    Kattaxo‘jayeva  Ifodaxon  Eshonxo‘ja qizi, 1939 yilda Toshkentda  tug‘ilgan , kutubxonashunos olima, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi.
    Ifodaxon o‘rta maktabni tugatib, Nizomiy nomidagi pedagogika  oliygohining rus tili va adabiyoti fakultetida o‘qib yurgan kezlari edi. Uylariga mehmon bo‘lib  kelgan amakisi  taniqli olim - psixologiya darsligi  muallifi  Xo‘jaahmadxo‘ja  Asqarxo‘jayev bilan turli  mavzularda  ruscha  suhbatlashdi. Jiyanining  javoblaridan  chehrasi yorishdi. Barakalla, deb peshonasini  silab ham qo‘ydi. Biroq ketar  chog‘ida uni  asta  yoniga chaqirib dedi: “Ona  qizim, rus tilini ancha yaxshi o‘zlashtiribsiz endi ona tilingizni  ham chuqur  o‘rganing. O‘z  tilingiz jozibasi, nozik qochirmalari, jilolarini  tushunib, o‘z o‘rnida ishlata  olsangizgina  rusiyzabon  o‘quvchilaringiz nazarida mukammal mutaxassisga aylanasiz. Ular  qalbida  nafaqat o‘z tiliga balki o‘zbek tiliga nisbatan ham hurmat uyg‘ota olasiz. Ilojini  qilsangiz  o‘qishni  o‘zbek tilida  davom ettiring. Ana shunda  onangiz  Sharifaxon  otin  nazokat  bilan o‘qigan  g‘azallar yuragingizda alanga oladi”  Bu  taklifdan  onasining  ko‘zida  porlagan  shodlikni  ko‘rgan   Ifodaxon  amakisi o‘gitiga   amal qildi. O‘qishni  institutda  yangi  ochilgan  kutubxonachilik  fakultetining o‘zbek  bo‘limiga  ko‘chirdi. Ifodaxon shunday to‘g‘ri  yo‘lni  ko‘rsatgan  amakisidan  hali  hamon  minnatdor.  Chunki , shu yo‘l  bilan  u zamonasining mashhur olimlari   Maqsud Shayxzoda, Bo‘riboy  Ahmedov, Asil Rashidovlar  suhbatidan bahramand bo‘ldi. Shogird sifatida ulardan  juda  ko‘p  bilimlarni o‘rgandi. Ularning  har bir  ma’ruzasi  Ifodaxon  respublikamizda birinchilardan  bo‘lib kutubxonashunoslik sohasini egalladi. U o‘z oldida  odamlarning  kitobxonligini  bir ilm darajasiga ko‘tarishdek murakkab ammo  sharafli vazifa  turganini   yuragidan  his qilib, institutni tugatdi. Maktab kutubxonasida  ana shu  maqsad  bilan  ish  boshlagan qizni  ko‘p o‘tmay  Fanlar Akademiyasining  fundamental kutubxonasiga  ishga  taklif  qilishdi.
    U zarur adabiyotlarni  qidirib kelgan  yoshlarga   bajonidil  yordam  berar, bo‘sh  paytida  o‘zi ham  sohasiga doir kitoblarni  sinchiklab o‘qirdi. Ifoda Eshonxo‘jayevna  qadrdon  fakultetiga  o‘qituvchi bo‘lib qaytgach  ham shogirdlari qalbida  adabiyotga mehr  uyg‘otishni, asosiy vazifa deb  bildi.
    1975 yil Toshkent  davlat madaniyat instituti  ochilganda  esa juda  quvondi. Yoshiga   yetmagan  qizalog‘i  bo‘lishiga  qaramasdan yangi  institutga ishga keldi. Kutubxonachilik  kafedrasi mudiri  Osiyo  Qosimova   Ifodaxonning  bilimi,  g‘ayratini  ko‘rib, uni ilmiy ish qilishga  da’vat  etdi. Katta  oilaning  kelini, uch farzandning onasi  bo‘lgan  Ifoda  tunda  shirin  uyqudan  kechish evaziga  mukammal o‘quv  qo‘llanmalari, dasturlarini yaratdi. Ilmiy kitoblar chop  ettirdi.
    Opaga  bu tajribasi  mustaqillikdan  keyin ayniqsa asqotdi. Respublikamizda axborot qidiruv tizimini hozirgi kun talabiga  javob  beradigan, yangidan  ishlangan, mukammallashtirilgan katta nashr tizimiga  bosh - qosh  bo‘lish I.Kattaxo‘jayeva zimmasiga  yuklatildi. Bu  O‘zbekiston  Respublikasining  kutubxona - bibliografik  klassifikatsiyasi:  ya’ni  birinchi  navbatda  ommaviy kutubxonalar   uchun jadvallar edi. Respublikadagi  minglab  kutubxonalar  va uning rahbarlari  ishini  yengillashtirgan  jadval  axborot  tizimining  barcha  sohalarida  ko‘p keldi. 650 betli  jadvalni yaratish  uchun  axborot klass  tizimining  yakunida  Ifodaxon  hammualiflar  bilan  7 yil mehnat qildi.  Bundan tashqari yana  bolalar  kutubxonalari  va boshqa  maxsus  axborot  tizimlarida  qo‘llaniladigan klassifikatsiya tayyorlandi. “Agar biz olimlar  mehnati  qadrlanib, zarur  shart - sharoitlarni  yaratib  berilmaganda  bunday ulkan ishni  amalga oshirish mumkin emas edi”, - dedi opa hayajon  bilan.               Endi ular oldida yana bir vazifa paydo bo‘ldi - Yangi ishlangan klassifikatsiya  jadvallarini  respublika  miqyosida axborot  tizimlarida joriy qilish  uchun  malakali  kutubxonachilar  kerak edi. Tuzuvchilar  respublika  bo‘yicha  hozirgi kunda axborot  kutubxona  faoliyati  uchun yangi kutubxona  klassifikatsiyasi  nashrdan  chiqdi. Kutubxonachilar   malakasini   oshirish  jadvallarni  axborot  tizimida  joriy  qilish  maqsadida  o‘quv  kurslari  tashkil qilish  ishlarini  olib borishdi.
    Ifodaxon nihoyatda  jamoatchi, faol muallima sifatida ustozlarining ham, talabalarning ham  mehrini qozongan edi. U 25 yil institut  murabbiylar   uyushmasiga  raislik qildi.  Har  bir talabani  o‘z farzandiday  bildi. Mehnatlari zoe ketmadi, u dotsent lavozimiga  ega bo‘ldi. Respublikada xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi  sharafli unvoni berildi.
    Ifodaxon opa shuncha  jamoat ishlari, ilmiy  izlanishlar  yukini yelkasida dast  ko‘tarib,  biror  marta  og‘rinmagan.  Aksincha  har bir ishidan zavqlanib  bajargan, huzurlangan. Unga  bu fazilat  6 farzandni  oq yuvib, oq tarab  voyaga  yetkazgan,    har birini oliy  ma’lumotli  bo‘lishida  o‘z mehri, daldasi bilan qanot  bag‘ishlagan  onajonidan  meros.
    O‘z vaqtining ziyoli otinoyisi bo‘lgan Sharifa aya  farzandlari uchun tibbiyot  texnikumini  tugatib, shifokorlik ilmini ham egallagan ekanlar. “Rafiqasidagi  oqillik kamtarlik, mehnatkashlik  50 yil  davomida  bir - birimizni  tushunib, bir-birimizni qo‘llab yashab  kelyapmiz”, - deydi opaning  umr  yo‘ldoshi, texnika  fanlari nomzodi, paxtachilik  sanoatimizning  ko‘zga  ko‘ringan  mutaxassisi  Rustamxon  aka Kattaxo‘jayev. Men, - deydi  u  kishi  qizlari Gulshanaxon  va  Saidaxonlarga, -  sizlarni  ham xuddi onangizga  o‘xshashingizni  istayman.
    Aytish mumkinki, bu oila farzandlari  ota - onalari  ishonchini  oqlayapti. O‘g‘illari Ravshanxon iqtisodchi, 2 o‘g‘ilning  otasi.  O‘g‘illari ham  Moskvadagi  institutlarda  tahsil  olishyapti. Gulshanoxon qizim psixologik 2  farzandning onasi. Farzandlari ham tez - tez bobo - buvilari  huzuriga  kelib, ularning  duolarinri olishdi. Saidaxon  ikkita institutni bitirib, hozirda imtiyozli  iqtisodchi bo‘lib  ishlamoqda.
    Qo‘sha qarib, keksalik gashtini surayotgan Rustamxon aka va Ifoda  opalar bosib  o‘tgan  ibratli  umr yo‘li,  nabiralar  uchun  bir hayot maktabi  bo‘lishi  shubhasiz. Ifoda  Kattaxo‘jayeva ana shularni  o‘ylab, o‘z hayotidan, faoliyatidan ko‘ngli to‘lib, ilohim  nabiralarimiz kamolini  ko‘rish  ham nasib etsin, ular biz bilan  faxrlanishadi, biz ham  ular  bilan g‘ururlanib yuraylik, deb  Ollohga iltijo qiladi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya10