1973 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib borayotgan Mahliyo Mirsoatova pedagogik faoliyati, rahbarliqdan tashqari olima sifatida ilm borasidagi izlanishlari, uning ortidagi yutuqlari bilan ham ko‘zga ko‘ringan. U 10 dan ortiq ilmiy - uslubiy ishlar muallifi. Respublika matbuotida 300 dan ortik maqolalari bilan qagnashib keladi. U ilmiy izlanishlar olib borish bilan bir qatorda, talabalik yillaridan boshlab, “Mulkdor”, “Toshkent oqshomi” gazetalarida muxbir, bo‘lim muharriri, “O‘zbekiston ilmiy - ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi”da boshlovchi muharrir, “O‘zbekkino” Milliy Agentligi Badiiy Kengashi a’zosi, “Barlos nress” ijodiy uyi direktori, “Sinema” jurnali bosh muharriri lavozimlarida ishlagan.
Mahliyo Mirsoatova Oliy ta’lim tizimida jurnalist kadrlar tayyorlash va tajribasini oshirish o‘quv jarayonini tahlil qilish, o‘quv sifatini oshirish va darsda yangi pedogogik texnologiyalarni joriy etish borasida katta ishlar olib bormoqda.
Bakalavriyat va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish borasidagi ishlarda faol qatnashib kelmoqda.
O‘quv rejalari, fanlar bo‘yicha dasturlarni taxlil qilib, bakalavriyat va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha (6 ta yo‘nalishda) ishlab chiqish va ularni muvofiqlashtirish borasida tavsiyalar bergan.
Olima “Sport jurnalistikasi va tajriba oshirish” bo‘yicha ishchi guruhi bilan o‘quv dasturini ishlab chiqishda faol qatnashgan. Sport jurnalistikasi yo‘nalishida tajriba oshirish kurslari kontseptsiyasini tuzish va uni amalga tadbiq etishda ishtirok etgan.
Mahliyo Mirsoatova talabalarni amaliyot o‘tashlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, oliy o‘quv yurtining bu boradagi me’yoriy huquqiy hujjatlari holatining bajarilishi bo‘yicha ishchi guruhida faoliyat olib boradi va joylarga borib o‘rganadi, ayni paytda bu yo‘nalishni rivojlantirish, takomillashtirish bo‘yicha o‘zining taklif va tavsiyalarini beradi.
Hozirda u kinotelepublitsistikaning o‘ziga xos xususiyatlarini nomachilik kontekstida ilmiy o‘rganish borasida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. Fakultetni o‘quv - ilmiy, uslubiy va ma’naviy - ma’rifiy yo‘nalishlarini boshqarishda yangicha ruh va izlanishlar qilmoqda. Fakultet ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha ham qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Fakultetning tajribali dotsenti sifatida o‘quv jarayonini sifatli tashkil qilish, ta’limni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, o‘quv mashg‘ulotlarida yangi pedagogik va informatsion texnologiyalardan keng miqyosda foydalanish, talabalarni yangi o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlash borasiga katta e’tibor qaratmoqda.
Mahliyo Mirsoatova fakultet professor - o‘qituvchilari tarkibida bakalavriat va magistratura mutaxassisligi va tajriba oshirish bo‘yicha davlat va ta’lim standartlari, namunaviy o‘kuv dasturlarini ishlab chiqish va ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etishda xalqaro tajribalardan keng foydalanish borasida tashabbuskorlik bilan jamoani yangi ilmiy - amaliy ishlarga boshlayapti.
Fakultet rahbari sifatida amaliyot va nazariya uyg‘unligi uchun qator amaliy hamkorlik loyihalarini amaliyotga joriy etdi. Fakultet tarixida ilk bor “Mahorat maktablari” tashkil etildi. Bugungi kunda 15 dan ortiqmahorat maktablarida talabalar kasb sirlarini o‘rganishmokda. 2014 o‘quv yilida talabalarni tahririyatlardagi himoyalari fakultetda ekspriment tarzida o‘tkazildi. Bu tajriba ham amaliyotchi jurnalistlar tomonidan iliq kutib olindi va jarayon an’anaga aylandi. Viloyatlarda amaliyot o‘tash bo‘yicha ham yangi tajriba muvaffaqiyat qozondi. 15 nafardan ortiq yosh kadrlar fakultet jamoasiga qo‘shildi. Mahliyo Mirsoatova “Sharq memuar prozasi va kinopublitsistika: tafovut va mushtarak nuqtalar” mavzuida doktorlik dissertatsiyasi ustida izlanish olib boryapti.
Mahliyo Mirsoatova oilali, ikki farzandning onasi.