O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mahmudova Naima

Mahmudova Naima    Vatan farovonligi yo‘lida, xalqning sihat - salomatligi yo‘lida kuch - g‘ayratini ayamagan va ayamayotgan Naima Maxmudovna 30 - yillarning mashxur shoiri va jamoat arbobi Mahmud Xodiyev — Botuning qizidir. Maorif xalq komissarining o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan shoir barcha aybsizlar qatori hibsga olinganida endigina yigirma olti yoshga to‘lgan edi. Naimaxonning onasini ham dushmanning ayoli sifatida o‘n yilga qamadilar. Ikki yoshli qizaloq buvisi To‘xtaxon aya va bobosi Maqsud ota qo‘lida qoldi.
  O‘rta maktabni 1944 yilda tamomlagan qiz O‘rga Osiyo Davlat universitetining tayyorlov, so‘ng yangigina ochilgan  Sharq fakultetiga o‘qishga kirdi. Uni odamlar dardiga davo bo‘lishdek katta burch o‘ziga tortardi. Shundan bo‘lsa kerak, bu o‘qishni tashlab, 1945 nilda Toshkent Davlat Tibbiyot institutiga o‘tdi. Uni 1951 yilda tamomladi. Nanmadagi ishtiyoqni ko‘rib, institutning asab kasalliklari kafedrasi qoshidagi klinik ordinaturada qoldirishdi. Afsuslar bo‘lsinkim, Naima Maxmudovaga bu yerda bir kun ishlash xam nasib etmadi. Kimningdir esiga uning “xalk dushmani”ning qnzi ekani tushib qolgandi. Yosh shifokor “Meni eng uzoq jonlarga Ishga yuboringlar” deb ariza yozdi. Uni Xiva shahriga jo‘natdilar. U Sibir azoblarini yengib qaytgan onasi bilan qiynala - kiynala manzilga yetib bordi. Avvaliga nevropatolog bo‘lib ishladi. So‘ng... Deyarli xar kuni yangi - yangi kasal turlariga duch kelardi. Bilmaganini ko‘pni ko‘rgan ustozidan so‘rar, tunn bilan kitob varaqlardi. Soxa vrachlari kamlnigi uchun u vaqti kelsa, bolalar shifokori, vaqti kelsa terapevt, vaqti kelsa... akusher - ginekolog bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay uni asab kasalliklari mutaxassisligini chuqurroq egallash uchun Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutiga o‘qishga yubordilar. Qarangki, o‘qish davrida u o‘z baxtini topdi. Urgut rayon kasalxonasn bosh vrachi Umar Qurbonov ham malakasini oshirish uchun kelgandi. Xivaga qaytish orzusi orzuligicha qolib, kelinchak bo‘lib u Urgut sari yo‘l oldi. Naima Maxmudovna kasalxona qoshidagi poliklinikada ishladi. Gohi yayov, goxi otda bemorlar oldiga bordi va yordam berdi. Ko‘p o‘tmay uni rayon sanenidemiologiya xizmati bosh vrachi etib tayinlashdi. Unnng davrida rayonda turln yuqumln kasalliklarga qarshi xaqiqny kurash boshlandi. Tunu kun SES xodimlari tinim bilmadilar. Vodoprovodlar qurildi. Natijada bu hududda yuqumli kasalliklar, u tufayli yuz beradigan yo‘qotishlar ancha kamaydi. 1958 yilnnng noyabrida uni Samarqand viloyati SESiga bosh vrach etib tayinlashdi. Uning kuch - gayrati va shijoatidan, mexru muhabbatidan butun viloyat baxramand bo‘ldi. Oddiygina misol: Besh kun ichida viloyatning 90 foiz bolalari polimilitga qarshi vaktsina qabul qilib ulgurdilar. Yuqumli kasallar manbalari tugatildi.
  1963 yilda Naima Mahmudova respublika sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu davrda u bolalar va onalar salomatligi yo‘lida arzigulik ishlar qildi. Pediatriya va akusher - ginekologiya ilmiy - tekshirish instituti qurilish va ochilishi tashabbuskori bo‘ldi. Toshkent Pedpatriya Tibbiyot institutini tashkil etish masalasini kun tartibga kirgizdi. Bu 0rada nomzodlik disserta - tsiyasini yoqladi. 2 monografiyasi, ilmiy jurnallarda ancha - muncha ilmiy maqolalari e’lon qilishdi.
  1971 yilda Naima Maxmudova O‘zbekiston Kasaba uyushmasi raisi o‘rinbosari, 1977 yilda  esa uning raisi etib saylandi. Uning faoliyat doirasi yanada kengaydi. Endi u e’tiborini barcha mexnat ahlining sog‘lomlashtirilishiga qaratdi.
  Orada, 1975 yilda Naima Maxmudova doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Bu ilmiy ishi ham avvalgisidek, bolalar sog‘lig‘i bilan bilan bog‘liq edi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan vrach Naima Mahmudova baribir sokin xayot yo‘lini tanlay olmasdi. Shuncha bilimi va iktidori bilan uyida o‘tira olmasdi. U O‘rta Osiyo Meditsina Pediatriya instituti (hozirgi Toshkent Pediatriya Tibbiyot instituti)ga ishga o‘tdi. Hozir u shu institutda kafedra mudiri.
  Naima Maxmudova “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohibasidir.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5