O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mamurov Tursunboy

Mamurov TursunboyTarix fanlari doktori , professor, O‘zbekistonda xizmat  ko‘rsatgan  Xalq  ta’limi xodimi

    1931 yil 2 martda Namangan viloyati  Chortoq tumani Koroskon qishlog‘ida tavallud topgan. 1945 - 1947 yillarda jamoa xo‘jaligidagi  paxtachilik brigadasida ishlagan. 1948 - 1950 yillarda esa shu qishloqdagi  7 -  maktabning boshlang‘ich   sinflarida  o‘qituvchilik  qilgan. 1950 yili Chortoq  tumanidagi  8 - o‘rta maktabni bitirigach, Samarqand davlat  universitetiga  o‘qishga kirib, 1955 yilda tamomladi va tarixchi ixtisosligini oldi.
    Ilmiy - pedagogik faoliyatini 1955 yilda Farg‘ona davlat pedagogika institutida boshladi. Bu dargohda katta  o‘qituvchi, dotsent (1955 - 1975), kafedra  mudiri (1976-1993), fakultet dekani (1964 -  1966), institut kasaba uyushmasi  qo‘mitasi raisi (1970 - 1974), institut siyosiy qo‘mitasi byuro a’zosi (1970 - 1974, 1983 - 1986), professor - o‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish komissiyasi raisi (1986 - 1990) vazifalarida samarali faoliyat ko‘rsatgan.
    T.Mamurov 1961 - 1963 yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi instituta qoshidagi aspiranturada o‘qib, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va 1964 Yili tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. 1980 - 1982 yillari katta ilmiy xodim vazifasini bajarib, “O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi kadrlarini tayyorlash, tarbiyalash va joy – joyiga qo‘yish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida ishladi. 1983 Yili tarix fanlari doktori ilmiy darajasini oldi, 1984 yilda esa professor unvoniga sazovor bo‘ldi.
    1994 yildan boshlab Namangan muhandislik - pedagogika institutida ishlab kelmoqda. U O‘zbekistan tarixi kafedrasining mudiri (1994 - 1999), shu bilan birga, Respublika Oliy attestatsiya Komissiyasining tarix fanlari nomzodi dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha Andijon davlat universiteti qoshidagi ilmiy Kengash a’zosi (1994 - 2000) bo‘lib faoliyat yuritgan. 2000 yildan buyon shu kafedraning professori lavozimida ishlab kelmokda.
    2015 yilda uning “O‘zbekistan tarixi fanini o‘rganishga yangicha yondashuv”  kitobi nashrdan chiqdi.
    Olimning serqirra ilmiy va pedagogik faoliyati xukumatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. U “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi”, “Shavkatli mehnati uchun”, “Ko‘p yillik mexnatda o‘rnak ko‘rsatgani uchun”, “O‘zbekistan Respublikasi xalq maorifi a’lochisi” unvon va medallariga sazovor bo‘lgan.
    Professor T.Mamurov 200 ga yaqin ilmiy, o‘quv – uslubiy qo‘llanmalar va 7 ta yirik monografiya muallifidir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar6



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5