O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Masharipova Barchinoy

    Barchinoy – Oybarchin  deganda  ko‘z  oldimizga  doimo  afsonalarda  kuylangan ,  o‘z  Alpomishining  mehr - muhabbati, sadoqatiga sazovor bo‘lgan, ammo bir necha yillar o‘z vafodorining yo‘liga ko‘z tikib, hijron dardidan qalbi tilka - pora bo‘lgan jafokash, bir xokisor ayol, lekin iroda, bardoshi tog‘dan - da mustahkam onaizor, yor keladi. Biroq bu o‘tgan kunlar bugun bizning zamonaviy ayollarimiz uchun afsonaga aylangan. Negakim, bugungi Oybarchin - Barchinoylar o‘z davrining qahramoniga aylanishib, jasoratli, o‘ktam va shijoatli ayol sifatida katta davralarning to‘rida, juda ulkan minbarlarda so‘zlab, barchani qoyil koldirmoqdalar. Hikoyamiz qahramoni  Barchinoy Masharipova ham bizning bugungi kunimizning eng faol, ayollarning faxri - g‘ururiga, minbarlarning guliga aylangan baxti kulgan, tolei porloq, haqiqiy Barchinoyidir.
    Barchinoy Masharipova aslida vodiylik ayol. U 1959 yil 9 iyunda Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumani Vodil qishlog‘ida oddiy xizmatchi oilasida dunyoga kelgan. Maktabni oltin medalga bitirib, 1981 yilda Moskva davlat pedagogika oliygohini imtiyozli diplom bilan tugatgach, shu yili u Xorazmning Bog‘ot tumanida yashovchi kursdoshi Baxtiyor bilan o‘z hayotini bog‘lab, ko‘hna va hamisha navqiron Xorazm diyoriga kelinchak bo‘lib keldi.
    Bog‘otliklar o‘sha paytda vodillik juda go‘zal, ammo uyatchan, nihoyatda samimiy, oq ko‘ngilli, pokiza qalb, kamtarin va kamsuqum bu kelinchakni bir zumda xuddi o‘z hamyurtlaridek qabul qilib, unga mehr - muhabbat ko‘rsatishdi.
    Yuzlari oydek to‘lishgan, hurkak ko‘zlari hali bu yurtning odamlariga o‘rganolmasdan lolu hayron yurgan Barchinoy ham oradan hech qancha vaqt o‘tmasidan bog‘otliklar bilan tezda til topishib oldi. Ayniqsa, o‘z faoliyatini boshlagan 15 - son umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasida ham aynan o‘sha paytda rus tili va adabiyoti o‘qituvchisiga zarurat bor edi. Yosh tirishqoq va izlanuvchan pedagog B. Masharipova bu yerda ropparosa 9 yil ishlab, pedagoglik mahoratini oshirib olgach, unga 1990 - yilda tumandagi 7 - son maktab direktori vazifasini ishonib topshirishdi.
    Xorazm xalqi bilan qorishib ketib, ular bilan xuddi ming yillardan buyon ahil va inoq, qon-qardoshlarday bo‘lib ketgan Barchinoy Masharipova maktab direktori va¬zifasini ham ko‘ngildagidek uddalab, shu yurt bolalarini xuddi o‘z farzandlaridek ardoqlab tarbiyaladi. Undagi bunday go‘zal fazilat va g‘ayrat - shijoat o‘sha paytda tuman hokimi Shakarjon Xo‘janiyozovaning ham nazaridan chetda qolmadi. Natijada opa uni 1995 yilda tuman hokimi o‘rinbosari, xotin - qizlar qo‘mitasi raisi etib ishga qabul qildi.
    B. Masharipovaga bu yuksak lavozimda ishlash dastlab ancha qiyinchiliklar tug‘dirgan bo‘lsa - da, u o‘ziga topshirilgan mas’uliyatli vazifani astoydil uddalash uchun tu¬man xotin - qizlari bilan hamjihatlikda ish olib borib, nihoyatda qisqa muddatda ulkan muvaffaqiyatlarni amalga oshira oldi. Eng muhimi, u o‘sha paytda tumandagi barcha xotin - qizlarni o‘z atrofiga birlashtirib, ularni faol hayot sari unday oldi. Ularning muassasa, tashkilotlarda o‘z davrining jonkuyar, fidoyi ayoli bo‘lib yashashlari va ishlashlariga zamin yaratib berdi. Boquvchisini yo‘kotgan oilalar, yakka va yolg‘izlar holidan xabar olib, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatdi.
    Rahbarning ishlash uslubi, tashkilotchiligi ham ana shunda - da. Ayniqsa, rahbar ayol uchun o‘z oilasidan, 3 nafar farzandi tarbiyasidan ortib jamiyatda o‘z o‘rnini va rolini ko‘rsatib shunchaki ishlab emas, balki barcha havas qiladigan, kechayu kunduz tinim bilmasdan fidokorona mehnat qilib ishlashning o‘zi bo‘lmaydi, albatta. Mehnatsevarligi, kuyunchakligi bilan barchani qoyil qoldirib ishlaydigan bu ayolni o‘sha paytda bog‘otliklar shu jasorati va matonati tufayli juda hurmatlab, e’zozlaydigan bo‘lishdi. Chunki B. Masharipova o‘sha paytda ishlagan lavozimini suiiste’mol qilib kimgadir zug‘um qilishni sira ham xayoliga keltirmadi. Aksincha u Bog‘ot xalqi bilan ko‘p yillar ahillikda ishlab, ularning e’zoziga, sharafiga muyassar bo‘la oldi. Shu bois bo‘lsa kerak bog‘otliklar unga katta ishonch bildirib, 1995 - 1999 va 2004 - 2009 yillarda ikki marotaba viloyat Kengashi deputat qilib saylashdi. U ana shu davr ichida viloyat mehnatkashlarining ishonchini kozonib hakikiy xalk deputat sifatida o‘zini namoyon eta oldi. Shuningdek, u shu o‘tgan yillar ichida “Oila, ayollar va yoshlar” masalalari bo‘yicha doimiy komissiya rahbari sifatida ham tumanda samarali faoliyat olib borib, oilalarda sog‘lom muhit yaratishga, yoshlarni xayotda o‘z o‘rnini topib, kelajagi porloq yoshlar bo‘lib voyaga yetishishlari uchun jon kuydirdi.
    Endilikda xorazmliklarning faxri, g‘ururiga aylangan Barchinoy Masharipova 2009 yildan hozirga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputat sifatida O‘zbekistan Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat  - notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab - quvvatlash jamoat fondi faoliyatini yaxshilash va yoshlarni ushbu fond atrofiga birlashtirishda fidoyilik ko‘rsatib kelmoqda.
    O‘zbekistan Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida O‘zbekistonning qonunlari va farmoyishlarini chiqarishda Xorazmdan yetishib chiqqan haqiqiy xalq deputat Barchinoy Masharipovaning munosib hissasi borligidan xorazmliklar faxrlanishadi. Uning o‘z xalqiga bo‘lgan mehr-muhabbati, sadoqatiga qoyil qolishadi. Chunki bugungi kunda oddiy o‘zbek ayoli erkaklar bilan bir safda turib, butun bir O‘zbekistan xalqi, yurti takdiriga emakdosh bo‘lib, buyuk kelajak sari dadil qadam tashlamoqda. Insonlarning baxti - saodati uchun o‘zini burchli sezib, O‘zbekistan Respublikasi   Oliy  Majlisi binosida ertayu kech o‘tirib ko‘zlari nurini oq qog‘ozlarga to‘kib, yurt, Vatan, xalq taqdiri haqida ulug‘vor rejalar tuzib, munavvar va ozod hayotni o‘z xalqi bilan baham ko‘rish istagida jon kuydirib mehnat qilmoqda.
 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5