O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Masuda Xo‘jaeva

Masuda Xo‘jaeva

    Xo‘jaeva Ma’suda Erkin qizi yilning 5 noyabrida Toshkent shahrida tavallud topgan. Maktabni a’lo baholarga tamomlagan Ma’suda 1952 yilda Oxunboboev nomidagi tibbyot bilim yurtining feldsher-akusherlik fakultetiga o‘qishga kiradi. O‘shanda uni bilganlar kelajakda shu jamalak soch kizcha yetuk olima bo‘lishi, fan uchun qimmatli ma’lumotlar kashf etishini, uning qo‘lidan yuzlab bemorlar shifo topishini xayollariga ham keltirishgan bo‘lsa kerak. Ma’suda urushdan keyingi og‘ir yillarda, odamlarning horg‘in kayfiyati, qiyin turmushini ko‘rib, ko‘nglining mayli bilan shifoqorlikni tanlagan desaq xato bo‘lmas. Xullas, u 1956 yil ushbu bilim yurtini imtiyozli diplom bilan tamomlaydi. Yo‘llanma bilan Andijon Tibbiyot institutiga o‘qishga yuboriladi. Institutni tamomlagan qahramonimiz Andijon shahar deputatlar komissiyasining sog‘liqni saqlash bo‘limida faoliyat olib boradi. 1962 yil Toshkentning kelajagi umidli, aql-hushli, ko‘rkam yigiti Ziyodulla Xo‘jayevga turmushga chiqadi. Ish faoliyatini esa 21-shifoxonada daha shifokori sifatida boshlaydi. 1965 yilning avgust oyida uni shu shifoxonaning VKK bo‘yicha bosh vrach yordamchisi etib tayinlashadi. 1971 yilning sentyabr oyida esa tanlov orqali Toshkent Davlat tibbiyot oliy o‘kuv yurtnning «Tuberkulyoz» kafedrasiga, ikki yillik klinik ordernaturasiga kirib, ilmiy ish boshladi. 1973 yil shu kafedraning aspiranturasiga kirib, 1975 yil nomzodlik dissertatsiyasini yozib tugatdi. 
    Bu orada u assistent sifatida talabalarga saboq bera boshladi. Yoshlar — yoshda, qizg‘in suxbatlar, baxs-muzokaralar bilan darslar o‘tdi. U o‘qish va izlanishdan charchamadi. 1979 yilda esa Moskva shahrida nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qildi. Ilm bilan amaliyotni yonma-yon olib borishni maqsad qilgan Ma’suda Xo‘jaeva 1985 yil dotsent unvonini oldi. Kiev Tibbiyot oliy o‘quv yurtida malaka oshirib, sil bilan og‘rigan bemorlarni samarali davolash uchun uchta yangi usul qo‘llay boshladi. Bu — orgonoterapiya, ultratovush terapiyasi, hamda limfoterapiyadir. 1984 yil uning fidokorona mehnatini «Mehnat veterani» medali bilan sharaflashdi. Bu Ma’sudaning kuchiga kuch qo‘shdi go‘yo. U qator yillar davomida lazer nurlari yordamida tuberkulyozning epidemiologik havfli formasini davolash bilan shug‘ullandi. Keyinchalik ushbu usul bemorlarda qo‘llanilib, juda yaxshi natijalarga erishildi. M.Xo‘jaeva Toshkent Davlat tibbiyot institutida 22 yil davomida faoliyat yuritdi, minglab talabalarga ustozlik qildi, o‘ttizga yaqin ilmiy ishi chop etilgan. Uning shogirdlari ham ibratli mehnat qilmoqdalar, ba’zilari mas’ul lavozimda, qaysilaridir fan nomzodlari, o‘zlari ham tajribali ustoz sifatida faoliyat olib borishadi.
    Mehnatidan, g‘ayratidan, xayrli orzularidan ko‘ngli rohat topgan, el salomatligi yo‘lida fidoyilik qilgan Ma’suda Xo‘jaeva o‘zi singari ilmsevar besh qizini voyaga yetkazdi. Turmush o‘rtog‘i bilan birga ularning orzu-havaslarini ko‘rdi...



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar5



Filologiya85