O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Matg‘oziyev Akbarjon

Matg‘oziyev AkbarjonFilologiya fanlari doktori, professor

     1934 yil 27 avgustda Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik  tumanida tug‘ilgan. Maktabni  bitirgandan keyin  Qo‘qon  pedagogika  bilim  yurtida , so‘ngra Farg‘ona davlat  pedagogika  institutida tahsil oldi. 1956 yili oliy o‘quv yurtini imtiyozli  diplom bilan  tugatgach, 1962 yilgacha Oliariq , Uchko‘prik tumanlaridagi  maktablarda  o‘qituvvchilik  qildi. 1962 yildan  to umrining  oxiriga qadar  Farg‘ona davlat  universitetida  o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent, professorlik lavozimlarida, kafedra mudiri, dekan, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorlik vazifalarida mehnat qildi. O‘zbek tiliga, uning tarixiga bo‘lgan qiziqish uni ilmiy-ijodiy mehnatga yetakladi, 1963 - 1966 yillari UzR FA Til va adabiyot institutining kunduzgi aspiranturasida o‘qidi. 1966 Yili “Uzbek tilida ergashtiruvchi bog‘lovchilarning taraqqiyot tarixi” mavzusida nomzodlik  dissertatsiyasini o‘z  vaqtida muvaffaqiyatli himoya qildi.
    1977 yili e’lon qilingan “XIX asr o‘zbek tilining morfologiyasi” nomli ilmiy monografiyasi mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. 1980 yilda A.Matg‘oziev “Eski o‘zbek tili morfologiyasi bo‘yicha tadqiqot” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlash sharafiga muyassar bo‘ldi. Ushbu tadqiqot ishida zahmatkash olim turkiy tillar, xususan, eski o‘zbek tilining so‘z turkumlari bo‘yicha, ularning tasnif asoslari, lug‘aviy va grammatik xususiyatlari yuzasidan dastlabki nazariy fikrlarni o‘rtaga tashladi. Ayniqsa, XIX asr o‘zbek tili morfologik xususiyatlariga doir qarashlari ham sinxron, ham diaxronaspektda tahlil qilinganligi bilan qimmatlidir. Ushbu nazariy fikrlar bugungi kunda ham o‘zining ahamiyatini yo‘qotgan emas.
    Olimning 50 bosmataboqqa yaqin ilmiy, ilmiy – ommabop va uslubiy asarlari, 100 dan ortiq ilmiy maqolalari e’lon qilingan. O’nlab kitoblarga taqrizlar yozgan va muharrirlik qilgan. Ustoz xalqimiz tarixiga oid nodir asarlarni avlodlarga yetkazishda ham samarali isholib bordi. 1988 yili xalq og‘zaki ijodining ajoyib namunasi bo‘lgan “Hotamnoma” asarini nashrga tayyorladi. Bir necha yil davomida “Farg‘ona vodiysi o‘zbek shevalari folklori, yozma manbalarini o‘rganish” mavzusi bo‘yicha ilmiy laboratoriyaga rahbarlik qildi. Mirzo Olim Mushrif qalamiga mansub “Ansob us – salotin va tavorixul – xavoqin” nomli Qo‘qon tarixiga oid qo‘lyozma asarni nashrga tayyorladi. Uning rahbarligida qator nomzodlik va magistrlik dissertatsiyalari himoya qilingan . Olimning “Qadimgi turkiy til”,” Umumiy tilshunoslik”,  “Til tarixi”, “O‘zbek  yozma  matnining taraqqiyot  bosqichlari” kurslari  bo‘yicha  tayyorlagan  va o‘qigan ma’ruzalari  yuqori  ilmiy saviyasi bilan ajralib turadi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya80