O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mavlonov Otkir Maxmasobirovich

Tarix fanlari doktori Mavlonov O‘ktam Maxmasobirovich 1962-yil 19-noyabrda Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, Ko‘kdala j/x, Sufi qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1989-yilda Toshkent Davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan. Olim O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi DJQA “O‘zbekiston davlatchiligi tarixi va taraqqiyot strategiyasi” kafedrasi professori bo‘lib ishlagan. 1 ta shogirdi tarix fanlari nomzodi. O‘zbek davlatchiligi, davlat boshqaruvi, Markaziy Osiyoning qadimgi davr va o‘rta asrlardagi iqtisodiy-madaniy aloqalari, Markaziy Osiyo xalqlari harbiy san’ati тарихи (tarixi), Markaziy (O‘rta) Osiyoning tarixiy geografiyasi — olimning ilmiy yo‘nalishi hisoblanadi. 1995-yilda “Qashqadaryo vohasining XVII–XIX asrlardagi savdo va madaniy aloqalari” mavzusida nomzodlik, 2009-yilda “O‘rta Osiyoning aloqa va savdo yo‘llari: shakllanishi va rivojlanish bosqichlari” doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. Ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlarining umumiy soni 60 dan ortiq.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5