O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mavrulov Abduhalil Abdulhayvich

Tarix fanlari doktori, professor A. Mavrulov 1954-yil 9-avgustda Namangan viloyatida tavallud topgan. Millati o‘zbek. 1976-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan.

Olim 1976–1977-yillarda Toshkent viloyati pedagogika institutida o‘z faoliyatini boshlagan. 1979-yildan Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutida avval o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent, kafedra mudiri lavozimlarida mehnat qilgan. 1994-yildan 2012-yilgacha institutning ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab keldi.

A. Mavrulov 1993-yilda «Hozirgi bosqichda O‘zbekiston madaniyati: umumiy holati, muammolari, rivojlanish yo‘llari (70-yillarning o‘rtalari — 1990-yil)» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

O‘zbekiston madaniyati, madaniyatshunoslik, madaniyat nazariyasi — olimning ilmiy yo‘nalishi hisoblanadi.

2006–2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Falsafa, huquq va tarix fanlari bo‘yicha Ekspert komissiyasi a’zosi, hozirda O‘zbekiston Respublikasi FA Tarix instituti huzuridagi ixtisoslashgan (kengash) a’zosi.

Olimning ilmiy rahbarligida 12 nafar tadqiqotchi fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. A. Mavrulov xorijiy ilmiy aloqalarda ham faol ishtirok etmoqda. Uning ilmiy rahbarligida iordaniyalik ikki nafar tadqiqotchi fan nomzodi ilmiy darajasini himoya qilishgan. Xorijiy davlatlar, xususan Kiyev, Qozon, Chelyabinsk davлат madaniyat va san’at universitetlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.

«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligi» ko‘krak nishoni va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim a’lochisi» nishoni bilan taqdirlangan.

Ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlarining umumiy soni 150 dan ortiq.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar75



Tabiiy fanlar15



Filologiya5