O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Maxmudbekov Shuxrat

Tarix fanlari doktori, professor Sh. Mahmudbekov 1949-yil 10-avgustda Toshkentda tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1971-yil Toshkent davlat universiteti sharq fakultetining arab filologiyasini tamomlagan. Olim 1971–1973-yillarda Misr Arab Respublikasida xizmatda bo‘lib, tarjimon lavozimida ishladi. 1973–1977-yillarda sobiq SSSR FA Sharqshunoslik instituti aspiranturasida tahsil olgan. Sh. Mahmudbekov “Положение рабочего класса и рабочее движение в Египте (1952-1970 гг.)” mavzusida nomzodlik, 1991-yilda esa “Классы и политические партии Египта в борьбе за независимость (1918-1970 гг.)” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi. 1977-yildan 1988-yilgacha ToshDU sharq fakulteti xorijiy sharq mamlakatlari tarixi kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi va 1986-yildan dotsent lavozimida xizmat qilgan. 1993-yilda unga professor ilmiy unvoni berildi. Olim 1992–1994-yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Umumiy tarix kafedrasining mudiri bo‘lgan, ayni paytda kafedra professori. Ilmiy yo‘nalishi — xorijiy sharq mamlakatlari tarixi, rivojlangan G‘arb va Sharq mamlakatlarining davlat tuzumi hamda iqtisodi. Olim ToshDShI qoshida tashkil etilgan tarix, falsafa va siyosatshunoslik fanlari bo‘yicha ixtisoslashgan ilmiy kengashning a’zosi. Sh. Mahmudbekov 2 monografiya va 20 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar70



Tabiiy fanlar15



Filologiya5