O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Musayev Nuriddin Umirzoqovich

Tarix fanlari doktori, professor N.U. Musayev 1949-yil 17-martda Samarqand viloyatining Xatirchi tumanidagi Yonbosh qishlog‘ida tavallud topgan. Millati o‘zbek. 1972-yilda Toshkent davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1965-yili o‘rta maktabni tugatgandan keyin kolxozda hisobchilikdan boshlagan. Olim 1972–1974-yillari harbiy xizmatda bo‘lgan. Harbiy xizmatdan qaytgach, 1974-yildan Respublika “Tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlash jamiyati”da yetakchi ilmiy xodim bo‘lib, 1975-yildan Ensiklopediya tahririyatida ilmiy muharrir, katta ilmiy muharrirlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

N.U. Musayev 1980-yildan Toshkent davlat politexnika instituti (hozirgi TDTU)da o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent, “Madaniyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha” bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 1997-yildan Toshkent davlat agrar universitetida dastlab “O‘zbekiston tarixi”, keyinchalik “Gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, 2011-yildan professor lavozimida ishlab kelmoqda. 1999-yildan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi 07.00.01 — “O‘zbekiston tarixi” ixtisosligi bo‘yicha tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun K.067.02.12 raqamli Ixtisoslashgan kengash a’zosi.

Olim 1989-yili “Agrosanoat integratsiyasini rivojlantirishda O‘zbekiston kompartiyasining roli” mavzusida nomzodlik диссертациясини (dissertatsiyasini), 2000-yilda “XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda sanoat ishlab chiqarishining vujudga kelishi va rivojlanishi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Olimning beshta shogirdi nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan.

N.U. Musayev xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda ma’ruzalari va maqolalari bilan muntazam ishtirok etib keladi.

N.U. Musayevning ilmiy yo‘nalishi — o‘zbek xalqi davlatchiligi, O‘rta Osiyo dehqonchilik madaniyati tarixini tadqiq etish va Turkistonda sanoat ishlab chiqarishining vujudga kelishi va rivojlanishi hisoblanadi.

N.U. Musayevning 110 ga yaqin ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari chop etilgan bo‘lib, shulardan asosiylari quyidagilardan iborat:



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar75



Tabiiy fanlar10



Filologiya5