O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mirsoatov Turg‘un

Mirsoatov Turg‘unTarix fanlari doktori, professori 

     1934 yil 31 martda Toshkent shahrining  Qortosh mahallasidda tavallud topgan. Marg‘ilon  shahridagi 47 -  maktabni tugallagandan so‘ng , 1952 yili Nizomiy nomidagi  Toshkent pedagogika institutining tarix fakultetiga  o‘qishga kirib, 1956 yilda uni muvaffaqiyatli  tugalladi.
    Ish faoliyatini  Marg‘ilondagi 21 -  o‘rta maktabda tarix fani o‘qituvchisi lavozimidan boshladi. 1964 - 1967 yillarda Sankt – Peterburgda aspiranturada tahsil oldi. Bu yillar davomida ustozlari S.A.Semyonov, G.F.Korobkovalardan arxeologiyaning sir - asrorlari, uslublarini har tomonlama o‘rgandi va qadimgi davrlarda foydalanilgan tosh qurollarning yasalish texnikasini tadqiq etish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib bor di. 1970 yilda “Neolit davrida Uchtut konlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1970 - 1988 yillar mobaynida Samarkand Arxeologiya institutida ishladi va ilmiy faoliyatining davomida hozirgi Navoiy viloyatidagi Uchtut konlarini tadqiq qildi. Ko‘p yillik qazishmalar natijasini berib, birinchi marta neolit davri jamoalarining tosh davridayoq shaxta usulida tosh qurollari tayyorlash uchun xomashyo olganliklarini aniqladi. Ushbu yangilik O‘zbekiston arxeologiyas irivoji uchun qo‘shilgan o‘ziga xos hissa bo‘ldi. Ana shu tadqiqotlar samarasi sifatida T.Mirsoatov 1989 yilda “Xozyaystva oxotniche -rybolovyx plemen sredneazi atskogo mejdurechya epoxi mezolita i neolita” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini  yoqladi.
    1989 yildan boshla bilmiy - pedagogik faoliyatini Fargona davlat universitetining tarix fakultetida davom ettirdi. Bu davr mobaynida xalqlar tarixi, O‘zbekiston tarixi, Vatan tarixi kafedralarida mudirlik qildi. Faoliyati mobaynida A.Mirzaqulov, Z.Xatamov, A.Salmonov va boshqa qators hogirdlarni tayyorladi.
    Uning ilmiy ishlarida 17 yil davomida (1964-1980) Buxoro viloyatining Qoratog‘ tizmalari yonbagirlarida 40 ta chaqmoqtosh konlari ochganligi haqida batafsil bayon etilgan.
    T.M.Mirsoatov ikkita ilmiy monografiya (“Drevnыe shaxty Uchtuta”, “Gornie razrabotki epoxi v kamnya”) va 100 danortiqilmiy, ilmiy – uslubiy maqolalar muallifidir. Uning maqolalari Varshavada (1971), Berlin (1976) va Parijda (1989) chop etilgan. Shuningdek, xorijiy mamlakatlarda “Arxeologiya fani yutuqlari” ga bag‘ishlab o‘tkazilgan konferentsiyalarda ma’ruzalari bilan (Berlin, 1975) qatnashgan. Oliy o‘quv yurti talabalari uchun S.Mirsoatova bilan ham mualliflikda “O‘rta Osiyo arxeologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmasini nashrdan chiqardi.
    Arxeologiya institutida safdoshlari  -  akademiklar A.Muhammadjonov, A.Askarov, O‘.Islomov, Yu.Buryakov, T.Xodjaev, M.Qosimov, A.Abdurazzoqovlar bilan birgalikda olib borgan ilmiy ishlari arxeologiya fani taraqqiyotiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi.
    Taniqli arxeolog, tarixchi olim, O‘zbekiston arxeologiya maktabi asoschisi T.Mirsoatov  2002 yil  62 yoshida   vafot   etdi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5