Murodova Dildora Axmedovna 1955 - yilning 16 iyunida Toshkent shahrida tug‘ildi. 1978 yilda Toshkent Davlat konservatoriyasini musiqashunos mutaxassisligi bo‘yicha tamomladi. U ishladi, ammo aspirantura degan so‘z Dildoraxonga sira tinchlik bermadi. Shu bois u musiqa san’ati mutaxassisligi bo‘yicha Moskva Davlat konservatoriyasiga (1982) o‘qishga kirdi. “O‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘istonda opera janrining vujudga kelish va rivojlanish mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi (1989). Dildora Aqmedovna yana ikki izlanish bo‘yicha kitoblar kashf ettirdi: “Opera va muzika dramasi. Janrlar munosabatlariga doir”. M. 1995; “Afsona va ertaklarda O‘rta Osiyo operasining evolyutsion muammolari” (1997). Musiqa ta’limi, musiqa madaniyati bo‘yicha yozilgan, shuningdek o‘zbek kompozitorlari haqidagi ko‘plab maqolalari o‘zimizda va chet tillarda nashr etilgan.
Dildora Aqmedovna 1990—1998 yillarda Toshkept konservatoriyasi aspirantlar bo‘limining mudiri, 1998 — 2000 yillarda O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining san’atshunoslik instituti yosh olimlar kengashining raisi, so‘ng ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari vazifalarida ishladi. 2000 — 2002 yillar Toshkent Davlat konservatoriyasining 1 - prorektori lavozimida ishlagan bo‘lsa, shu kecha - kunduzda konservatoriyaning ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektoridir.
Musiqa san’ati tashviqoti Dildora Ahmedovna ijodiy faoliyatinnng yana bir yo‘nalishidir. U radio, televideniye orqali yoki kontsertlar oldidan so‘zlaganda badiiy so‘z ustasiga aylanib ketadi, tinglovchilarni o‘ziga mahliyo qila oladi. Ayniqsa xalqaro hamkorlik doirasida o‘tkaziladigan kontsert dasturlarini olib borayotganida notiqning ijod bulog‘i qaynaydi. Zaldagilar faqat u yoki bu mamlakat kompozitorining musiqalarinigina tinglab qolmas, balki shu yurt, qolaversa, o‘sha ijodkor haqida ma’lumot oladilar. D.Murodova jahon musiqa madaniyati arboblari xotiralariga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan kontsertlar tashkilotchisi hamdir. Lyudvig van Betxoven xotirasiga bag‘ishlangan “Prometey festival”, Sergey Raxmaninovga bag‘ishlangan “Raxmashshov kechalari”, Fyodor Shalyapinga baxshida “Rus romansi kechasi” shu tashabbus mevalaridir.
Qalb keng bo‘lsa, u yangilikka intilaveradi, insonni yangilikka chorlayveradi.