O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Muxitddinova Badea

Muxitddinova Badea     Olim bo‘lishni igna bilan quduq qazishga o‘xshatadilar. Ayniqsa, bu qiyos mumtoz adabiyot  tadqiqotchilariga  juda mos  keladi. Chunki  bugun, hozir ro‘y berib turgan voqealarni  tadqiq  qilish  u qadar qiyin emas. Lekin o‘tmishdagi  voqealarni  o‘rganish,ularga xolis baho berish kishidan o‘zgacha bir aqlu zakovatni talab etadi.
    Olima, muallima Badea Muslihiddinovna ana shunday o‘ziga xos zavqi va mas’uliyati bor soha - mumtoz adabiyot bilan shug‘ullanadi.
    U 1978 yil 2 may sanasida Samarqand shahrida ziyoli oilada tavallud topadi. Badea 1985 - 1994 yillar oralig‘ida Samarqand shahar, Temiryo‘l tumanidagi 51 - o‘rta maktabda o‘qidi. So‘ng Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetiga o‘qishga kirdi.
    1999 yilda universitetning bakalavr yo‘nalishini, 2001 yilda esa magistratura yo‘nalishini tugatdi.
    Uning otasi Muslihiddin Muhiddinov o‘zbek adabiyoti bo‘yicha respublikamizdagi yirik mutaxassislardan biri sanaladi.
    Badea ham otasi izidan bordi. Talabaligidayoq ilmiy izlanishlarni boshlab yubordi. Magistraturani tugatgach, 2001 yilda o‘zbek adabiyoti tarixi mutaxassisligi bo‘yicha kunduzgi aspiranturada o‘qishini davom ettirdi. Yana bir adabiyot bilimdoni, marhum akademik B.Valixo‘jaev va filologiya fanlari doktori Dilorom Salohiy rahbarligida “Sayidahmad Vasliy Samarqandiy merosi va uning adabiy muhitdagi o‘rni” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bordi. 2009 yilda dissertatsiyani muvaffaqiyatli yakunlab, filologiya fanlari nomzodi ilmiy unvoniga ega bo‘ldi.
    Adabiyotdagi har bir ijodkor shaxs o‘z ijodi bilan davr ruhining manzaralarini beradi. O‘sha davr hayoti, aholining orzu - armonlari to‘laligicha adabiyotda aks etadi. Badea Muhiddinova ham o‘z tadqiqotlarida XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Samarqand adabiy muhitining nomdor vakillaridan biri Sayidahmad Vasliy Samarqandiy shaxsi, uning asarlarining mavzusi, badiiy mahorati, g‘oyaviy ko‘lamini olimona nigohdan o‘tkazib, taqdim etdi.
    Tadqiqotining yakuni sifatida Saidahmad Vasliyning “Nazm us-silsila” asarining tarjimasi va qirqqa yaqin ilmiy maqolalar respublikaning ilmiy, adabiy nashrlarida, shuningdek, SamDUga tegishli jurnal, to‘plamlarda chop etildi.
    “Sayidahmad Vasliy ijodida yetuk inson siymosi”, “Sayidahmad Vasliy Samarqandiyning lirik dunyosi”, “Sayidahmad Vasliy Samarqandiy taraqqiyparvar olim”, “Sayidahmad Vasliy Samarqandiy - maorif jonkuyari" kabi maqolalarda ijodkorning ilm olish, maktab, o‘qish - o‘qitish tizimi haqidagi barcha zamonlar uchun zarur bo‘lgan qarashlar keng yoritilgan.
    Badea Muhiddinova ilmiy ishlari doirasidagi maqola va ma’ruzalari bilan mamlakatimizda va Samarqand viloyati ko‘lamida o‘tkazilgan ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
    Olima 2001 yildan buyon o‘zi o‘qigan universitetning “O‘zbek tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi” kafedrasida o‘qituvchilik qildi. Kafedra mudiri professor Ibodullo Kamolov bilan hamkorlikda ishladi, ustoz maslahatlaridan bahramand bo‘ldi.
    2011 yildan esa “O‘zbek tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri vazifasini bajardi, 2012 yildan esa shu kafedra mudiri rahbari sifatida faoliyat olib bormoqda.
    Mening ilmiy faoliyatimda hamisha o‘rnak oladigan ustozim - otam yonimda. Otamning o‘nlab monografiya, o‘quv - metodik qo‘llanmalari mumtoz adabiyot tadqiqotchilari, talabalar uchun asosiy manbalardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Men tarixga hurmat bilan munosabatda bo‘lgan, adabiy merosni o‘rganish vatanparvarlik tuygusini kamolga yetkazishning asosiy vositalaridan biri deb bilgan va shu yo‘lda fidokorona mehnat qilayotgan otam Muslihiddin Muhiddinovga izdosh ekanimdan faxrlanaman, - deydi Badea Muslihiddinovna.
    U oilasi, ikki nafar farzandi, ishi va o‘ziga qadrdon mavzusi - mumtoz adabiyot olami bilan o‘zini hamisha ma’naviy boy va saodatli ayol deya his qiladi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar5



Filologiya80