O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Nabiyeva Karimaxon

Nabiyeva Karimaxon    Qaxramonimiz – O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti zamonaviy pedagogik texnologiyalari kafedrasi dotsenti Karimaxon Nabiyeva  bilan suhbatimiz juda mazmunli kechdi.
    1947 yili Toshkent viloyati Zangiota tumanida tug‘ilganman,- deydi olima.Oilada yetti farzandlarning ikkinchisiman. Besh o‘g‘ilning orasida o‘sganim uchunmi, ro‘zg‘orning katta-kichik barcha yumushlarini bemalol bo‘ynimga olardim. Otam Nabi Saidvaliev mexanik bo‘lgan.Kuz,bahor fasllari yerni chopib qo‘yinglar deb tayinlardi. Ukalarim kun bo‘yi ter to‘kib ishlardi . Otam “Chuqurroq chopmabsizlar, endi u boshidan bu boshigacha boshqatdan boshlaysizlar”, - derdi. Tabiiyki, ukalarimning  jaxli chiqar,  lekin hech birimiz yurak yutib otamning ko‘ziga tik qarolmasdik.  O‘shanda rahmatli otam bolalarim bo‘sh qolib yomon yo‘llarga kirib ketmasin deb shunday yo‘l tutganini hozir anglayapmiz. Otam o‘zi tibbiyot institutida uchinchi kursgacha  o‘qib ocharchilik yillari sabab o‘qishni tashlashga majbur bo‘lgan ekan.Yuragida armon bo‘lgani uchun hammamizning  oliy malumot olishimizga jiddiy etibor  bergan.Onaizorim Norposh aya (o‘qituvchi bo‘lgan): “Har qanday vaziyatda ham  halollikni shior qilib yashanglari”, - deb qulog‘imizga qo‘rg‘oshindek quygani - kuygan edi... Birinchi sentyabrda maktabga kiyib borish uchun  oyoq kiyimim  bo‘lmaganini  farzandlarimgaaytib bersam, ularga ertakday tuyuladi. O‘shanda uchinchi sinfni bitirgan akamning kitoblarini ko‘tarib maktabga yalangoyoq chiqqanman. Tuman kutubxonasi uyimizga yaqin bo‘lgani uchun , xat –savodim erta chiqqan. Til bilmasam-da, rus tilidagi  kiotblarni hijjalab o‘qib, tushunmaganimni kutubxonachi opoydan so‘rardim. Birinchi sinfga chiqmasdan o‘nlalab  sherlarni yod bilardim.matematika va ingliz tili sevimli fanlarim edi. Yoshgina rus ayoli –ingliz tili o‘qituvchim mendagi qiziqishni payqab  Chet tillar pedagogika institutiga taklif qildi.... Shunday qilib, shu institutning  tarjimonlik fakulteti talabasi bo‘ldim. Qishlog‘imiz qizlari ichida birinchilardan bo‘lib men institutda o‘qiganman. Institutni imtiyozli bitirgach, kafedrada ishga olib qolishdi. Ikki yildan so‘ng  Moskva lingvistika universitetining aspiranturasiga  o‘zbekistonlik  yosh mutaxassis qizlardan biri sifatida kirib o‘qish  nasib etdt. Uch yilda nomzodlik dissertatsiyamni yoqladim. Soham bahonasida juda ko‘p yurtlarni ko‘rdim. Angliyada malaka oshirdim. Qaysi mamalakatga safar qilgan bo‘lsam, bir yotoqxonada yashagan xorijlik do‘stlarimni o‘zimizning milliy taom–palov bilan mehmon qilib rosa qoyil qoldirganman. .Yillar yugurik... Umr- oqar daryo... Talabalar bilan ishlayotganimga ham 45 yil bo‘lyapti. 1976 yildan hozirga kungacha O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti lavozimida ishlab kelyapman. 2003-2010 yillar mobaynida O‘z DJTU MAGISTRATURA BO‘LIMI “Til va tarjima” kafedrasi  mudiri lavozimida ishlab ko‘plab magistr talabalarga ilmiy rahbarlik qildim. 2003-2012 yillar oliygox qoshidagi ixtisoslashgan kengash  ilmiy kotibi vazifasini ham bajardim.  50 dan ortiq ilmiy ishlarim : 3 ta darslik (hammualliflikda), 2 ta o‘quv qo‘llanma (hammualliflikda) ; 1ta  metodik qo‘llanma, 32 ta maqola va 18 ta tezislarim chop etilgan. Ilmni o‘ylab turmushga kech chiqdim. Shukurki, oilam ko‘pchilik havas qiladigan darajada edi. Na iloj, taqdirimda bor ekan, umr yo‘ldoshim Sadulla aka ichki ishlar sohasida xizmat qilardi, kutilmaganda yurak xuruji tufayli olamdan o‘tdi. Qizlarim Gulnora (tarjimon) va Gulchehra (magistr) ni ham ota , ham ona bo‘lib voyaga yetkazdim. Ikkalasi ham mening izimdan ketishdi. To‘ng‘ich kuyovim Anvarjon ( O‘ztelekom injeri) bilan birga nabiralarim Azamjon va  Abdurahmonjonni katta qilishyapti. Qolaversa, quvonchli-tashvishli kunlarimda  qo‘llaridan  kelgancha yaxshilik qilgan jigargo‘shalarim: akam Qurbonjon , ukalarim Madijon , To‘laganjon, Rahimjon, Olimjon, Zarifaxon singlimni kunu tun duo qilaman.
    Karimaxon Nabiyevaning  hikoyalarini tinglab bunday tabarruk insonning hayoti hali ko‘pchilikka katta maktab bo‘lishini his qildim. Karimaxon opa, yetgan manzilingiz YAXSHILIK bo‘lsin!
 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar40



Tabiiy fanlar10



Filologiya40